Tibbiyot sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-170-son)
05.05.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha tibbiyot tashkilotlari faoliyati ustidan yagona talablar va standartlar asosida samarali nazoratni taʼminlash, tibbiy faoliyatni litsenziyalash va akkreditatsiyalash tizimining shaffofligini oshirish hamda uni bosqichma-bosqich xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida, qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Quyidagilar aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
(a) 2030-yilga qadar 3 000 dan ortiq davlat tibbiyot muassasalarini litsenziyalash talablariga moslashtirish;
(b) barcha davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — tibbiyot tashkilotlari) uchun yagona talablar oʻrnatish;
(v) tibbiyot tashkilotlarining axborot tizimlarini yagona talablar asosida Raqamli sogʻliqni saqlash platformasiga integratsiya qilish;
(g) tibbiy xizmatlarni koʻrsatish jarayonlariga kamida 75 ta milliy akkreditatsiyalash standartlarini joriy qilish;
(d) koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar va ularning sifatini elektron tizim orqali nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish;
(j) tibbiyot tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash va akkreditatsiyalash tartiblarini takomillashtirish orqali koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish.
II. Tibbiy xizmatlar sifatini oshirish boʻyicha choralar
2. Belgilansinki, 2026-yil 1-iyuldan boshlab:
(a) Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tibbiy faoliyatni litsenziyalash boʻyicha ishchi organ sifatida Sogʻliqni saqlash vazirligi nomidan litsenziya berish hamda litsenziyalash bilan bogʻliq boshqa barcha funksiyalarni amalga oshiradi;
(b) tibbiyot tashkilotlarida tibbiy xizmat sifatini nazorat qilish boʻyicha alohida tuzilma faoliyatini yoʻlga qoʻyish litsenziya talab va shartlari etib belgilanadi;
(v) tibbiy faoliyatni litsenziyalash talab va shartlariga rioya qilinishi hamda tibbiy xizmat sifatini nazorat qilish boʻyicha:
(i) tekshiruv boshlangandan soʻng 24 soat ichida “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida roʻyxatga olish orqali Biznes-ombudsmanni xabardor etish tartibi joriy qilinadi;
(ii) tekshiruv oʻtkazayotgan nazorat qiluvchi organga nisbatan ilgari tekshirilgan faoliyat davri, predmeti va obyekti boʻyicha qayta tekshiruv oʻtkazilmasligiga oid talablar tatbiq qilinmaydi;
(iii) oʻtkaziladigan profilaktika tadbirlari tadbirkorlik subyektlariga tegishli obyektlarni koʻzdan kechirish orqali amalga oshirilishi mumkin;
(g) tibbiyot tashkilotlarini milliy akkreditatsiyadan oʻtkazish vakolati belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazilgan tibbiyot sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlariga ham beriladi.
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
(a) davlat tibbiyot muassasalariga litsenziya berish orqali ularda litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish tizimi joriy etiladi. Bunda quyidagi muddatlarda litsenziya olinishi majburiy etib belgilanadi:
(i) respublika darajasidagi davlat tibbiyot muassasalari — 2027-yil 1-aprelga qadar;
(ii) hududiy darajadagi davlat tibbiyot muassasalari — 2028-yil yakuniga qadar;
(iii) tuman (shahar) darajasidagi davlat tibbiyot muassasalari — 2030-yil yakuniga qadar;
(b) 2028-yil 1-apreldan boshlab Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasiga milliy yoki Sogʻliqni saqlashda sifat boʻyicha xalqaro jamiyati (ISQua) tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazilgan tashkilotlarning akkreditatsiyasi (keyingi oʻrinlarda — xalqaro akkreditatsiya)dan oʻtmagan respublika darajasidagi davlat tibbiyot muassasalari va nodavlat tibbiyot tashkilotlari bilan tibbiy xizmatlar xaridi boʻyicha shartnoma tuzish taqiqlanadi;
(v) xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan tibbiyot tashkilotlari akkreditatsiya jarayonlari (tashqi baholash va oʻtkazilgan inspeksiya natijalari) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Markazga kiritib boradi;
(g) milliy yoki xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan tibbiyot tashkiloti litsenziyasining amal qilish muddati milliy yoki xalqaro akkreditatsiyaning amal qilish muddatiga mos ravishda litsenziyalovchi organ tomonidan avtomatik tarzda uzaytiriladi.
III. Yagona talablar asosida tibbiy axborot tizimini joriy qilish
4. Belgilab qoʻyilsinki, 2027-yil 1-apreldan boshlab:
(a) tibbiy faoliyatni litsenziyalashda tibbiyot tashkilotlarining axborot tizimlarini Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan yagona talablarga (standartlarga) moslashtirgan holda Raqamli sogʻliqni saqlash platformasiga majburiy tartibda bepul integratsiya qilish orqali maʼlumot almashinuvini taʼminlash shartlari kiritiladi;
(b) tibbiyot tashkilotlari tomonidan aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini, shuningdek, litsenziya talab va shartlariga amal qilinishini Markaz tomonidan axborot tizimida masofaviy baholab borish orqali nazorat qilish yoʻlga qoʻyiladi.
5. Sogʻliqni saqlash vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda:
(a) barcha tibbiyot tashkilotlari axborot tizimlariga qoʻyiladigan yagona talablarni (standartlarni) tasdiqlasin;
(b) tashxislash va davolash standartlari hamda klinik protokollarning elektron shaklidan foydalanish imkonini beruvchi maʼlumotlar bazasini yaratsin va uning doimiy yangilanib borilishini taʼminlasin.
IV. Markaz faoliyatini samarali tashkil etish
6. Sogʻliqni saqlash vazirligi 2028-yil yakuniga qadar Markaz Sogʻliqni saqlashda sifat boʻyicha xalqaro jamiyati (ISQua) xalqaro tashkiloti tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlasin.
7. Sogʻliqni saqlash vazirligi Markazning asoslantirilgan hisob-kitoblariga asosan Markaz faoliyatini samarali tashkil etish, tibbiyot tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish boʻyicha axborot tizimini ishlab chiqish, kadrlar tayyorlash, xorijiy mutaxassislarni jalb etish uchun 2026-yilda vazirlikka ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlar hisobidan Markazga 20 milliard soʻm ajratsin.
8. Sogʻliqni saqlash vazirligi akkreditatsiya va litsenziyalash boʻyicha xalqaro standartlar asosida kadrlarni tayyorlash maqsadida 2026-2027-yillarda Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan hamda “El-yurt umidi” jamgʻarmasining maqsadli stajirovka dasturlari orqali Markazning 20 nafar, tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan shugʻullanish istagini bildirgan va oʻz dasturini taqdim qilgan tibbiyot sohasida faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarning 5 nafar xodimining xalqaro akkreditatsiya tashkilotlarida malaka oshirishini tashkil etsin.
9. Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani Parkent koʻchasi 51-uy manzilida joylashgan binosining umumiy foydalanish maydoni 2 000 kv.m dan iborat birinchi, ikkinchi va uchinchi qavatlari Markazga operativ boshqarish huquqi asosida bepul berilsin.
10. Markazga oʻz faoliyatini jahon standartlariga muvofiqlashtirish, belgilangan vazifalarni samarali bajarish uchun malakali ekspertlar, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, ekspertlik va tahliliy xizmatlarni “taklif soʻrovi” xarid qilish tartib-taomili orqali xarid qilish huquqi berilsin.
V. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
11. Tibbiyot sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
12. Sogʻliqni saqlash vazirligi uch oy muddatda tibbiy faoliyatni litsenziyalashning yangilangan talab va shartlarini nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda bemor xavfsizligi hamda klinik protokollarga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish hamda litsenziya talabgorlari uchun tizimlashtirilgan tartibni joriy etish nazarda tutilsin.
13. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi:
(a) Tibbiyot va farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda ishchi guruh tashkil etsin hamda tibbiyot tashkilotlarini loyihalashtirish, qurish va foydalanishga topshirishga oid shaharsozlik hamda sanitariya qoidalari va meʼyorlarini qayta koʻrib chiqib, ularni oʻzaro uygʻunlashtirish va xalqaro talablarga moslashtirish choralarini koʻrsin;
(b) Adliya vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda tibbiyot tashkilotlarini loyihalashtirish, qurish va foydalanishga topshirish boʻyicha shaharsozlik hamda sanitariya qoidalari va meʼyorlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlashga qaratilgan mexanizmlarni joriy etishni hamda loyiha hujjatlarini ekspertiza qilishda davlat tashkilotlari masʼuliyatini oshirishni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
14. Sogʻliqni saqlash vazirligi uch oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish hamda qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib sogʻliqni saqlash vaziri E.E. Adilov belgilansin.
16. Mazkur qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 5-may,
PQ-170-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PQ-170-son qaroriga ILOVA
Tibbiyot sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR REJASI
T/rChora-tadbirlar nomiAmalga oshirish mexanizmiIjro muddatiAmalga oshirish shakliMasʼul ijrochilar1.Aholiga tibbiy xizmatlar koʻrsatishda tibbiyot tashkilotlari uchun litsenziyalash va sifat nazoratini amalga oshirishning yagona talablarini oʻrnatish.1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:tibbiyot tashkilotlarining tibbiy faoliyatini nazorat qilish, huquqbuzarlik xavfi darajasini baholash, “sirli mijoz” va profilaktika tadbirlarini oʻtkazish;litsenziya talablarini qayta koʻrib chiqish, davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari uchun yagona talab va shartlarni joriy etish.2026-yil iyunNormativ-huquqiy hujjat loyihasiSogʻliqni saqlash vazirligi,Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi,Adliya vazirligi2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2026-yil iyul3. Tibbiyot sohasining rivojlanish tendensiyalarini inobatga olgan holda litsenziyalanadigan tibbiy faoliyatning kichik turlarini qayta koʻrib chiqib, yangilangan roʻyxatni hamda har bir faoliyatning kichik turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnika baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, tibbiy texnikaga boʻlgan eng kam talablar roʻyxatini tasdiqlash. Bunda tibbiy ixtisosliklar turlari 255 taga yetkazilishini nazarda tutish.2026-yil oktabrSogʻliqni saqlash vazirligi2.Tibbiy faoliyat uchun litsenziya berish bilan bogʻliq tartib-taomillarni takomillashtirish.Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tomonidan litsenziyalash bilan bogʻliq funksiyalar amalga oshirilishini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuniga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2026-yil oktabrNormativ-huquqiy hujjat loyihasiSogʻliqni saqlash vazirligi,Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi3.Hududlardagi davlat tibbiyot muassasalarini tibbiy faoliyat uchun litsenziya talab va shartlariga moslashtirish choralarini koʻrish.1. Hududlar va tuman (shahar)lar darajasidagi davlat tibbiyot muassasalarini ularning tibbiy faoliyat uchun litsenziya talab va shartlariga muvofiqligi boʻyicha xatlovdan oʻtkazish grafigini tasdiqlash va uning asosida har bir muassasa kesimida oʻrganishlar oʻtkazish.2027-yil aprelAmaliy chora-tadbirlarSogʻliqni saqlash vazirligi2. Xatlov natijasiga asosan tibbiyot muassasalarini 2030-yil yakuniga qadar tuman (shahar) kesimida litsenziya talab va shartlariga moslashtirish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Bunda tibbiyot muassasalari faoliyatini litsenziyalash uchun talab etiladigan mablagʻlarni hisoblash, aniq moliyaviy manbalarni va masʼullarni belgilash.2027-yil iyunSogʻliqni saqlash vazirligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari4.Tibbiyot tashkilotlarini bosqichma-bosqich milliy akkreditatsiyadan oʻtkazish.1. Statsionar davlat tibbiyot muassasalarini milliy akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlar tashkil etish hamda akkreditatsiya talablariga muvofiqligi boʻyicha xatlovdan oʻtkazish.2027-yil aprelAmaliy chora-tadbirlarSogʻliqni saqlash vazirligi,Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi2. Xatlov natijalariga koʻra aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish orqali davlat tibbiyot muassasalarini, moliyaviy manbalarini inobatga olgan holda, 2035-yilga qadar bosqichma-bosqich milliy akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2027-yil oktabrNormativ-huquqiy hujjat loyihasi5.Tibbiyot tashkilotlari tomonidan aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini, shuningdek, litsenziya talab va shartlariga amal qilinishini yagona elektron axborot tizimi orqali nazorat qilish.1. Tibbiyot tashkilotlari tomonidan aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini hamda litsenziya talab va shartlariga rioya etilishini elektron axborot tizimi orqali nazorat qilish boʻyicha “Tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish” axborot tizimini ishlab chiqish.2026-yil noyabrAmaliy chora-tadbirlarSogʻliqni saqlash vazirligi,Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi,Raqamli texnologiyalar vazirligiSogʻliqni saqlash vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Adliya vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,Kadastr agentligi,Bojxona qoʻmitasi2. “Tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish” axborot tizimini:(a) barcha tibbiyot tashkilotlari axborot tizimlari hamda boshqa elektron platformalar bilan integratsiya qilish choralarini koʻrish;(b) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz), “Litsenziya” axborot tizimi (license.gov.uz), Yagona taʼlim xizmatlari portali (my.edu.uz), Yagona milliy mehnat tizimi (my.mehnat.uz), Raqamli sogʻliqni saqlash platformasi (e-health.uz, dmed.e-health.uz), Davlat kadastrlari yagona tizimi (sap.kadastr.uz, davreyestr.kadastr.uz), “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi (singlewindow.uz), Muvofiqlikni baholash va sertifikatlashtirish boʻyicha yagona elektron reyestr (conformity.uz), Davlat xaridlari maxsus axborot portali (xarid.uzex.uz), Elektron tender platformasi (etender.uzex.uz) hamda Oʻzbekiston milliy metrologiya institutining axborot tizimiga (e-metrologiya.uz) integratsiya qilish.2026-yil dekabr6.Markaz tomonidan litsenziya talab va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirish.1. Markaz faoliyatini jahon standartlariga muvofiqlashtirish, belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun xorijiy mutaxassis va ekspertlarni jalb etish.2026-yil iyunAmaliy chora-tadbirlarSogʻliqni saqlash vazirligi,Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi2. Markaz tomonidan litsenziya talab va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2026-yil avgust7.Markazning faoliyatini samarali tashkil etish.1. Markaz hamda uning hududiy filiallari faoliyatini zarur moddiy-texnika bazasi, shu jumladan, navbatchi avtotransport vositalari bilan taʼminlash choralarini koʻrish.2026-yil iyulAmaliy chora-tadbirlarSogʻliqni saqlash vazirligi,Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi2. Markazning tuzilmasini, funksiya va vazifalarini, huquq va majburiyatlarini belgilash boʻyicha nizomni tasdiqlash. Bunda:(a) Markazda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha nazorat tizimini tashkil etishni nazarda tutish;(b) Markaz xodimlarini KPI asosida ragʻbatlantiruvchi toʻlovlarni, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibini belgilash;(v) tibbiyot tashkilotlari faoliyatini monitoring qiluvchi xodimlar uchun munosib ish haqi toʻlovlarini belgilash koʻzda tutiladi.3. Markaz va uning hududiy filiallarini malakali kadrlar bilan toʻldirish.2026-yil iyun8.Markazning hududiy filiallarini zarur joy bilan taʼminlash.Markazning hududiy filiallarini joy bilan taʼminlash va ularni tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish choralarini koʻrish.2026-yil iyunAmaliy chora-tadbirlarQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,Sogʻliqni saqlash vazirligi9.Markazning Sogʻliqni saqlashda sifat boʻyicha xalqaro jamiyati (ISQua) tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlash.1. Markazni 2028-yil yakuniga qadar ISQua xalqaro tashkiloti tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash.Bunda Markazni akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.2026-yil iyulAmaliy chora-tadbirlarSogʻliqni saqlash vazirligi,Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi2. Markazini xalqaro ISQua tashkiloti tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazish.2026 — 2028-yillar10.Tibbiy faoliyatni litsenziyalash, akkreditatsiyalash va tibbiyot standartlari boʻyicha mustaqil ekspertlar maktabini yaratish.Tibbiy faoliyatni litsenziyalash, akkreditatsiyalash va tibbiyot standartlari boʻyicha ekspertlar hamda mustaqil ekspertlarni tayyorlash tizimini yaratish.Bunda Markaz xodimlari va tibbiyot tashkilotlari xodimlarini oʻqitish boʻyicha oʻquv dasturlarini tayyorlash, tegishli oʻquv qurollari bilan taʼminlash orqali simulyatsion markazni tashkil etish nazarda tutiladi.2027-yil aprelAmaliy chora-tadbirlarSogʻliqni saqlash vazirligi,Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi11.Tibbiy faoliyatni litsenziyalashda qoʻllanadigan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini qayta koʻrib chiqish.Tibbiy faoliyatni litsenziyalashda qoʻllanadigan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini qayta koʻrib chiqish doirasida:(a) davolash-profilaktika tashkilotlarining yertoʻlalaridan ilgʻor xavfsizlik usullari va zamonaviy texnologiyalarni qoʻllagan holda keng foydalanish imkonini beruvchi talablarni ishlab chiqish;(b) somatik va terapevtik yoʻnalishlarda bitta koʻrik xonasidan ikki yoki undan ortiq tibbiy ixtisosliklar doirasida oldindan tasdiqlangan grafik boʻyicha foydalanishga ruxsat berish.2026-yil dekabrIdoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasiSanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi,Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi12.Farmakologik va dori vositalari hamda tibbiy jihozlarning klinik tadqiqotlarini oʻtkazish uchun nodavlat tibbiyot tashkilotlariga qoʻyiladigan talab va shartlarni ishlab chiqish.1. Farmakologik va dori vositalari hamda tibbiy jihozlarning klinik tadqiqotlarini oʻtkazish tartibini qayta qoʻrib chiqish.Bunda quyidagilarni nazarda tutish:(a) nodavlat tibbiyot tashkilotlariga farmakologik va dori vositalari hamda tibbiy jihozlarning klinik tadqiqotlarini oʻtkazishga ruxsat berish;(b) klinik tadqiqotlarni oʻtkazish uchun nodavlat tibbiyot tashkilotlarining klinik bazalarga qoʻyiladigan talab va shartlarni belgilash.2026-yil avgustIdoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasiSogʻliqni saqlash vazirligi,Adliya vazirligi2. Klinik bazalar roʻyxatini shakllantirish.Belgilangan muddatlarda13.Tibbiy faoliyatni litsenziyalashda qoʻllanadigan qoidalar, normalar va normativlarni takomillashtirish.1. Nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan yuritiladigan birlamchi tibbiy hujjatlarni tasdiqlash va Sogʻliqni saqlash vazirligiga statistika maʼlumotlarini taqdim etish tartibini ishlab chiqish.2026-yil oktabrIdoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasiSogʻliqni saqlash vazirligi,Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi,Adliya vazirligi2. Tibbiy ixtisosliklar turlari nomenklaturasini takomillashtirish. Bunda kosmetologiya yoʻnalishidagi tibbiy xizmatlarni xalqaro tajriba asosida tartibga solish boʻyicha taklifni ishlab chiqish.2026-yil oktabr3. Tibbiy ixtisoslashuvning litsenziyalanadigan turlari boʻyicha shifokorlar lavozimini egallashi mumkin boʻlgan tibbiy mutaxassisliklar roʻyxatini qayta koʻrib chiqish va yangi tahrirda tasdiqlash.2026-yil dekabr4. Tibbiy xizmatlar reyestrini ishlab chiqib, unda oliy tibbiy maʼlumotga hamda oʻrta tibbiy maʼlumotga ega xodimlar va tibbiy maʼlumotga ega boʻlmagan xodimlar tomonidan ularni qayta tayyorlash orqali amalga oshirilishi mumkin boʻlgan tibbiy xizmatlar roʻyxatini tasdiqlash.2026-yil dekabr14.Sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modelini joriy qilish doirasida oilaviy poliklinikalar bino-inshootlariga qoʻyiladigan talablarni qayta koʻrib chiqish.1. Oilaviy poliklinika bino-inshootlarining namunaviy loyihalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida roʻyxatdan oʻtkazish.2026-yil iyulAmaliy chora-tadbirlarQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,Sogʻliqni saqlash vazirligi2. Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida oilaviy poliklinika bino-inshootlarining namunaviy loyihalari asosida qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash ishlarini tashkil qilib borish.2027-yildan boshlab15.Sogʻliqni saqlash tizimidagi davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarini bosqichma-bosqich xatlovdan oʻtkazish.1. Sogʻliqni saqlash tizimidagi davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarini bosqichma-bosqich xatlovdan oʻtkazish reja-jadvalini hamda vazirlikdagi va idoralararo ishchi guruhlar tarkibini tasdiqlash.2026-yil mayAmaliy chora-tadbirlarSogʻliqni saqlash vazirligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi2. Sogʻliqni saqlash tizimidagi davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarini bosqichma-bosqich reja-jadvalga muvofiq xatlovdan oʻtkazib borish.2026-yil yakuniga qadar3. Xatlov natijalarini bosqichma-bosqich tahlil qilib borish va tibbiyot muassasalarini tashkil etishni rejalashtirish tizimini isloh qilish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borish.Reja-jadvalga muvofiq
