Vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (3830-son)
06.05.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 6-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3830]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2026-yil 6-may,
17-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 6-maydagi 17-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 21-yanvardagi 6-mh-son qarori (roʻyxat raqami 2428, 2013-yil 18-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 8-son, 107-modda) bilan tasdiqlangan Pochta, kuryerlik joʻnatmalari pochta xavfsizligi yuzasidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada:
1) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Yoʻriqnoma pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan pochta, kuryerlik joʻnatmalarida odamlar hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli boʻlgan predmetlar va moddalarni aniqlash boʻyicha nazoratni tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.”;
2) 20-banddagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
