Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasiga qisman oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (398-son)
21.09.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1997-yil 20-maydagi 248-son qaroriga 1z-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi faoliyatiga mutasaddilik qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Industriyani rivojlantirish kompleksi (Oʻ. T. Sultonov)ga yuklansin.
Industriyani rivojlantirish kompleksi apparati tuzilmasiga qoʻshimcha ravishda 1 nafar bosh mutaxassis, 1 nafar yetakchi mutaxassis lavozimlari kiritilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 21-sentabr,
398-son
