Avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarining ishini takomillashtirish va respublika isteʼmolchilarini neft mahsulotlari bilan taʼminlashni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (397-son)
18.09.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika isteʼmolchilarini neft mahsulotlari bilan taʼminlash va ularni sotishda qoidabuzarliklarning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
4. Belgilab qoʻyilsinki:
AYQSH xodimlari belgilangan tartibda texnika va yongʻin xavfsizligi boʻyicha malakasini oshirish, tayyorlash, qayta tayyorlash va bilimlarini tekshirishdan oʻtishlari lozim.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari vakolatli davlat organlari bilan birgalikda AYQSHlarni sanitariya, ekologiya, yongʻin xavfsizligi va savdo qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazorat qiladilar va toʻliq javob beradilar.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasining, shuningdek xususiy avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari egalarining avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari hududiy uyushmalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, quyidagilar uyushmalar faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarining ish tartibi boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va ularni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etish;
xususiy avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari egalarining talab qilinadigan neft mahsulotlari hajmlari toʻgʻrisidagi takliflarini koʻrib chiqish hamda ularni yetkazib berish yuzasidan “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi boʻlinmalari bilan shartnomalar tuzish boʻyicha takliflar kiritish;
xususiy avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari egalari manfaatlarini himoya qilish va ularni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashida, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida ifodalash;
xorijiy investitsiyalarni hamda vatanimiz yuridik va jismoniy shaxslari mablagʻlarini avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari tarmogʻini rivojlantirish va rekonstruksiya qilishga jalb etish.
6. Vazirlar Mahkamasining Yoqilgʻi-energetika hamda Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish komplekslari, hududiy ishchi guruhlari rahbarlari bir oy muddatda avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari hududiy uyushmalarining taʼsis konferensiyalarini tayyorlasinlar va oʻtkazsinlar, qonunchilikda belgilangan tartibda rahbar va ijro etuvchi organlarini saylashda koʻmaklashsinlar.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi zarur tartibni hamda avtomobil yonilgʻisi kuyish shoxobchalarining mazkur qarorga 1-ilovada bayon qilingan talablarga muvofiq faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun ichki ishlar organlari va boʻlinmalarining masʼuliyatini oshirsin.
10. Hukumatning ayrim qarorlarga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan taʼminlashni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 7-sentabrdagi 382-son qarorining 1-bandidan, shuningdek mazkur qaror bilan tasdiqlangan Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandidan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida” soʻzlari chiqarib tashlansin.
11. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Yonilgʻi-moylash materiallarini sotishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1994-yil 6-maydagi 240-son qarori bilan tasdiqlangan Avtoyonilgʻi quyish shoxobchalarining ishlash qoidalarining 8 va 20-bandlari;
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan taʼminlashni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 7-sentabrdagi 382-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi nizomga ilova;
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 11-sentabrdagi 433-fm farmoyishiga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Qarorning bajarilishi toʻgʻrisida 1998-yil noyabrda va 1999-yil yanvarda axborot berilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 18-sentabr,
397-son
