Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida (210-son)
28.04.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliyaviy hisob tizimini xalqaro talab va standartlarga muvofiq takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 15-sentabrdagi PQ-282-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlari tarkibi va ushbu xarajatlar qoplab beriluvchi shaxslar toifasi;
buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berish tartibi;
buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini moliyalashtirish manbalari.
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
2026-yil 1-iyulga qadar buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish uchun zarur hujjatlar va boshqa hujjatlarning namunaviy shakllari, blankalari ishlab chiqilishini taʼminlasin hamda Adliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasin;
2026-yil 1-iyunga qadar Adliya vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) elektron davlat xizmatini joriy qilish boʻyicha texnik hujjatni ishlab chiqsin hamda kelishish va tasdiqlash uchun Raqamli texnologiyalar vazirligiga kiritsin;
Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ariza beruvchilar taqdim etadigan hujjatlarning avtomatik ravishda belgilangan mezonlarga mos kelishini aniqlovchi va maʼlumotlarni saralovchi, shuningdek, YIDXPda davlat xizmati koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish imkonini beruvchi xizmatni ishga tushirsin, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralarning YIDXPga ulanishini va axborot tizimlarining oʻzaro integratsiya qilinishini taʼminlasin.
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni uch oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 28-aprel,
210-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 210-son qaroriga ILOVA
Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisida
VAQTINCHALIK NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (keyingi oʻrinlarda — talabgorlar) uchun imtihonlarni topshirish (keyingi oʻrinlarda — imtihon topshirish) xarajatlarini qoplash tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizom 2028-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.
Bunda 2028-yil dekabr oyida kelib tushgan arizalarni koʻrib chiqish hamda imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish 2029-yil 20-yanvarga qadar amalga oshiriladi.
3. Imtihon topshirish xarajatlari mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qoplab beriladi.
2-bob. Imtihon topshirish xarajatlarining tarkibi va ushbu xarajatlar qoplab beriluvchi shaxslar
4. Imtihon topshirish xarajatlari mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilangan buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlar va xalqaro buxgalter sertifikatlari roʻyxatiga asosan qoplab beriladi.
5. Imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan fuqarolarning imtihon topshirish jarayonidagi quyidagi xarajatlari qoplab beriladi:
dastlabki roʻyxatdan oʻtish xarajatlari (buxgalterlarning xalqaro sertifikatini beruvchi xalqaro tashkilotga jismoniy shaxsning aʼzo (talabasi) boʻlishi uchun dastlabki bir martalik toʻlov);
imtihon topshirish uchun roʻyxatdan oʻtish xarajatlari.
3-bob. Imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish tartibi
6. Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida dastlabki roʻyxatdan oʻtish xarajatlari toʻliq hajmda bir marta, shuningdek, imtihon topshirish uchun roʻyxatdan oʻtish xarajatlari talabgorlarga, imtihonni muvaffaqiyatli topshirganda, toʻliq hajmda har bir fan (kurs) boʻyicha bir marta qoplab beriladi.
7. Talabgorlarning dastlabki roʻyxatdan oʻtishi va imtihon topshirishi 2026-yil 1-maydan 2028-yil 31-dekabrgacha boʻlgan davrda amalga oshirilgan taqdirda, buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasidagi xarajatlari qoplab beriladi.
8. Imtihon topshirish xarajatlari xalqaro sertifikat imtihonini oʻtkazuvchi (xalqaro sertifikatni beruvchi) tashkilot tomonidan belgilangan toʻlov summasi miqdorida qoplab beriladi.
9. Imtihon topshirish uchun toʻlovlar chet el valyutasida belgilangan hamda toʻlovlar chet el valyutasida amalga oshirilgan boʻlsa, ushbu xarajatlar chet el valyutasida amalga oshirilgan operatsiya sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha milliy valyutada qayta hisoblanadi va qoplab beriladi.
10. Imtihon topshirish xarajatlari talabgorning shaxsiy bank kartasiga oʻtkazib beriladi.
11. Talabgor imtihon topshirish xarajatlarining qoplab berilishi boʻyicha quyidagi hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — Iqtisodiyot va moliya vazirligi) taqdim etadi:
mazkur Nizomga 3-ilovada keltirilgan dastlabki roʻyxatdan oʻtish va imtihon topshirish uchun roʻyxatdan oʻtish xarajatlarini qoplab berish toʻgʻrisidagi ariza;
biometrik pasport nusxasi yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari;
imtihon topshirish xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlar (toʻlov hujjatlari, invoys) nusxasi;
imtihonni muvaffaqiyatli topshirganligi toʻgʻrisidagi hujjat (diplom, sertifikat yoki transkript) nusxasi;
xizmat koʻrsatuvchi bank va bank kartasi rekvizitlari.
12. Mazkur Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan hujjatlar talabgor tomonidan davlat xizmatlari markazlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yoki Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratishning yagona elektron platformasi” (subsidiya.mf.uz) orqali taqdim etilishi mumkin.
13. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ariza tushgan kundan boshlab yetti ish kuni mobaynida imtihon topshirish xarajatlarining qoplab berilishi yoki qoplab berilishini rad etish (hujjatning haqiqiyligini oʻrganish holatlari bundan mustasno) toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha qaror qabul qilingandan soʻng besh ish kunida talabgorlarga ularning arizasida keltirilgan xarajatlari qoplab beriladi.
14. Mazkur Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq boʻlmagan holda taqdim etilganda yoki taqdim etilgan hujjatlarni verifikatsiya qilish orqali ularda notoʻgʻri yoxud soxta maʼlumotlar mavjudligi aniqlanganda, imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish rad etiladi.
Bunda taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarni verifikatsiya qilish maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan imtihon oʻtkazgan tashkilotga hujjatning haqiqiyligi boʻyicha soʻrov yuborilishi mumkin.
15. Imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish rad etilgan taqdirda, Iqtisodiyot va moliya vazirligi rad etish sabablarini koʻrsatgan holda talabgorni uning shaxsiy kabineti orqali xabardor qiladi.
16. Imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish rad etilgan talabgor rad etishga sabab boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etgandan soʻng qayta ariza berishi mumkin.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
17. Imtihon topshirish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan qoplab beriladi. Imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida zarur boʻlgan mablagʻlar ajratilishini taʼminlaydi.
18. Talabgorlar ular tomonidan taqdim qilingan arizalar hamda ularga ilova qilingan hujjatlar va maʼlumotlarda koʻrsatib oʻtilgan axborotning ishonchliligi uchun javob beradi.
19. Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur Nizomda nazarda tutilgan xarajatlarni qoplab berish maqsadida talabgorlar toʻgʻrisida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlashi lozim.
20. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 1-ILOVA
Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish
SXEMASI
BosqichlarSubyektlarTadbirlarIjro muddati1-bosqichTalabgorlar, buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlarTalabgorlar buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlarga aʼzolik uchun dastlabki roʻyxatdan oʻtadi.Talabgorning xohishiga koʻra2-bosqichTalabgorlar, buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlarTalabgorlar buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihon topshirish uchun roʻyxatdan oʻtadi.Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida oʻtkaziladigan imtihonlar boʻyicha belgilangan roʻyxatdan oʻtish muddatlarida3-bosqichTalabgorlarImtihonni muvaffaqiyatli topshirganda ular tomonidan buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida dastlabki roʻyxatdan oʻtish va imtihon topshirish uchun roʻyxatdan oʻtish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha hujjatlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.Imtihonni muvaffaqiyatli topshirgandan soʻng talabgorning xohishiga koʻra4-bosqichIqtisodiyot va moliya vazirligiTalabgorlarga dastlabki roʻyxatdan oʻtish va imtihon topshirish uchun roʻyxatdan oʻtish xarajatlarini qoplab beradi.Hujjatlar koʻrib chiqilib, qaror qabul qilingandan soʻng 5 ish kunida
Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 2-ILOVA
Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlari qoplab beriladigan buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlar va xalqaro buxgalter sertifikatlari
ROʻYXATI
T/rBuxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlar nomiBuxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro buxgalterlar sertifikatlari nomiXalqaro sertifikatlar doirasidagi buxgalteriya hisobiga tegishli fan yoki kurslari nomi1.Association of Chartered Certified Accountants (ACCA)Association of Chartered Certified Accountants (ACCA)Moliyaviy hisobot “Financial Reporting (FR)”,Xalqaro moliyaviy hisobot diplomi “Diploma of International Financial Reporting (DipIFR)”,Audit va ishonch bildirish xizmatlari “Audit and Assurance (AA)”,Strategik biznes hisoboti “Strategic Business Reporting (SBR)”,Murakkab audit va ishonch bildirish xizmatlari “Advanced Audit and Assurance (AAA)”2.Certified Institute of Management Accountants (CIMA)Certified Institute of Management Accountants (CIMA)Moliyaviy hisobot va soliq solish “Financial Reporting and Taxation (F1)”3.Institute of Chartered Accountants in England and Wales (ICAEW)Associated Chartered Accountant (ACA)Audit va ishonch bildirish xizmatlari “Audit and Assurance”;Moliyaviy hisob va hisobot “Financial Accounting and Reporting”
Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 3-ILOVA
Oʻzbekiston RespublikasiIqtisodiyot va moliya vazirligiga_______________________________da yashovchi(yashash manzili)_____________________________________dan(ariza beruvchining F.I.O)________________________________________(telefon raqami)Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida dastlabki roʻyxatdan oʻtish va imtihon topshirish uchun roʻyxatdan oʻtish xarajatlarini qoplab berish toʻgʻrisidaARIZAMenga buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida dastlabki roʻyxatdan oʻtish va/yoki _____________________________________________________ imtihon topshirish uchun roʻyxatdan oʻtish xarajatlarini qoplab (buxgalteriya hisobiga tegishli fan yoki kurslar)berishingizni soʻrayman.Ish (oʻqish) joyi va lavozimi: ______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________(tashkilot nomi va lavozim)Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:1) biometrik pasport nusxasi yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari;2) imtihon topshirish xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlar (toʻlov hujjatlari, invoys) nusxasi;3) imtihonni muvaffaqiyatli topshirganligi toʻgʻrisidagi hujjat (diplom, sertifikat yoki transkript) nusxasi;4) xizmat koʻrsatuvchi bank va bank kartasi rekvizitlari.20___ yil “____” ___________Imzo __________________
