Ish joylaridagi shovqin, tebranish, infratovush va ultratovush darajalariga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini (0111-26-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida (5-son)
24.03.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 28-aprelda hisobga olindi, hisob raqami 399]
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ish joylaridagi shovqin, tebranish, infratovush va ultratovush darajalariga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0111-26-son SanQvaN) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Rais B. YUSUPALIYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 24-mart,
5-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisining oʻrinbosari B. MAXMADALIYEV
2026-yil 17-mart
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
2026-yil 13-mart
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
2026-yil 10-mart
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2026-yil 2-mart
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2026-yil 24-martdagi 5-son qaroriga 1-ILOVA
Ish joylaridagi shovqin, tebranish, infratovush va ultratovush darajalariga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0111-26-son SanQvaN)
Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (bundan buyon matnda sanitariya qoidalari deb yuritiladi) ish joylaridagi shovqin, tebranish, infratovush va ultratovush darajalariga oid sanitariya-gigiyena talablarini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur sanitariya qoidalarida quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
infratovush — inson qulogʻi eshita olmaydigan, chastotasi 20 Hz dan past boʻlgan tovush toʻlqinlari;
doimiy infratovush — tovush darajasi 1 min davomida oʻlchanganda 10 dB(A) dan ortiq oʻzgarmaydigan, “Lin” shkalasida va oʻlchash asbobining “sekin” (S) rejimida oʻlchanadigan infratovush;
doimiy boʻlmagan infratovush — 1 min davomida oʻlchaganda tovush darajasi 10 dB(A) dan koʻproq oʻzgaradigan infratovush;
shovqin — turli chastotali va kuchli tovush toʻlqinlarining tartibsiz aralashmasidan hosil boʻlgan, inson eshitish tizimi hamda organizmiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan akustik tebranish;
doimiy shovqin — 8 soatlik ish kuni davomida tovush darajasi 5 dB(A) dan ortiq oʻzgarmaydigan shovqin;
doimiy boʻlmagan shovqin — tovush darajasi vaqt davomida 5 dB(A) dan ortiq boʻlmagan uzluksiz oʻzgarib turadigan shovqin;
keng maydonli shovqin — tovush chastotalari bir oktavadan kengroq oraliqda tarqalgan uzluksiz shovqin;
kontakt ultratovush — inson tanasi ultratovush manbai bilan bevosita aloqada boʻlganda yuzaga keladigan ultratovush (ishlab chiqarish detallarini ushlab turuvchi moslamalar, ultratovush suyuqliklari, tibbiy diagnostika asboblari, sanoat defektoskoplarining oʻlchash kallaklari, fizioterapevtik yoki jarrohlik ultratovush apparatlari nurlantiruvchi asboblari);
tebranish — jismlarning muvozanat holati atrofida maʼlum davriylik bilan takrorlanib turadigan mexanik harakati;
mahalliy tebranish — inson tanasining ayrim yuzalariga (qoʻl, oyoq yoki bilak) bevosita oʻtadigan tebranish;
ultratovush — inson qulogʻi idrok eta oladigan chastotadan (20 kHz) yuqori boʻlgan tovush toʻlqinlari;
umumiy tebranish — tanaga tayanch yuzalari orqali uzatiladigan tebranish.
2-bob. Ish joylaridagi shovqin darajalariga qoʻyiladigan talablar
2. Ish joylaridagi keng maydonli shovqin darajasi GOST 12.1.003-2014 “Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi. Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
3. Ish joylaridagi doimiy boʻlmagan shovqin darajasi GOST ISO 9612-2016 “Akustika” talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
4. Ish joylaridagi shovqin darajasini oʻrganishda quyidagi koʻrsatkichlar inobatga olinishi lozim:
shovqinning ekvivalent tovush darajasi (ish kuni (smena) davomida xodimga taʼsir etuvchi daraja 8 h (soat) ish kuniga (smena) nisbatan oʻlchangan yoki hisoblangan);
“sekin” (S) va “impuls” (I) rejimli vaqt tuzatishlari bilan oʻlchangan A tovushining maksimal darajalari (belgilangan vaqt oraligʻida standart vaqt tuzatishi bilan oʻlchangan tovush darajasining eng yuqori qiymati);
vaznlangan tovush bosimining eng yuqori darajasi (dBS — oʻlchash vaqtidagi eng yuqori oʻlchangan qiymat);
ish joylaridagi doimiy shovqin darajasi 31,5; 63; 125; 250; 500; 1000; 2000; 4000 va 8000 Hz chastotalardagi oktava tasmalaridagi tovush bosimi darajasidan oshmasligi.
5. Ish joylarida (impulsli shovqin bundan mustasno) doimiy va doimiy boʻlmagan shovqinning oktava polosalaridagi tovush bosimi, tovush va ekvivalent tovush darajalari mazkur sanitariya qoidalarining 1-ilovasiga muvofiq boʻlishi lozim.
6. “S” va “I” rejimli tuzatishlari bilan oʻlchangan A vaznlangan tovushning maksimal darajalari mos ravishda 110 dB(A) va 125 dB(A) dan oshmasligi kerak.
7. Vaznlangan tovush bosimining eng yuqori darajasi 137 dBS dan oshmasligi zarur.
8. Mehnat jarayonining ogʻirligiga koʻra ish joylarida shovqinning ruxsat etilgan darajalari mazkur sanitariya qoidalarining 2-ilovasi 1-jadvaliga muvofiq boʻlishi lozim.
9. Shovqin darajalarini oʻlchash 1 yoki 2-sinf aniqlikdagi integrallovchi yoki integrallovchi-oʻrtachalashtiruvchi shovqin oʻlchagichlar orqali amalga oshirilishi, bunda shovqin oʻlchagichlar oktava va uchinchi oktava filtrlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
10. Ish joylaridagi shovqinning xodimlarga salbiy taʼsirining oldini olish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim:
xodimlarning shovqin darajasi mazkur sanitariya qoidalarida belgilangan normalardan oshadigan hududlarga kirishiga yoʻl qoʻymaslik;
har qanday oktava diapazonida oktava tovush bosimi darajasi 135 dB va undan yuqori boʻlgan ish oʻrinlarida ishlash yoki qisqa vaqt boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik;
shovqinning minimal darajasini taʼminlaydigan asbob-uskunalar bilan ishlash haqida xodimlarni xabardor qilish;
shovqin darajasi mazkur sanitariya qoidalarida belgilangan normalardan yuqori boʻlgan hududlarda ogohlantiruvchi belgilar va toʻsiqlardan foydalanish;
kam shovqin hosil qiluvchi asbob-uskunalar va ish jihozlarini tanlash;
odamlar boʻladigan joylarga akustik toʻlqinlarning kirib borishini mazkur sanitariya qoidalarida belgilangan normalargacha kamaytirish uchun himoya ekranlari, qurilish materiallari va boshqa qoʻshimcha vositalardan foydalanish;
xodimlarni shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlash;
eshitish sezgirligi yoʻqolishining dastlabki belgilarini oʻz vaqtida aniqlash maqsadida 80 dB dan yuqori shovqin taʼsirida ishlovchi xodimlarni Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) muvofiq davriy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.
11. Ish joylarida shovqin darajasini hisoblash hamda aniqlashda quyidagilar inobatga olinishi kerak:
ish kuni (smena) davomida taʼsir qiluvchi shovqinning ekvivalent tovush darajasi;
mehnat faoliyati turlari va ish joyini oʻzgartirishni hisobga olgan holda shovqinning taʼsir qilish vaqti boʻyicha yoʻl qoʻyiladigan tovush darajasining haqiqiy ekvivalent qiymati;
ish joylaridagi tovushning oʻrtacha yoki ekvivalent darajalarini dB da oʻlchash va aniqlash natijalari, fon shovqinining tovush darajalari;
ish joylaridagi har bir tovush darajasining taʼsir vaqti va fon tovush darajasining taʼsir vaqti;
mehnat faoliyatining har bir turini bajarish yoki ish kuni (smena) davomida tovushning yoʻl qoʻyiladigan darajasi turlicha boʻlgan ish joylarida boʻlish vaqti;
taʼsir koʻrsatish davomiyligi 8 h (soat) boʻlgan mehnat faoliyatining har bir turi yoki ish oʻrni uchun yoʻl qoʻyiladigan tovush darajalarining normalari.
12. Ish kuni (smena) davomida taʼsir etuvchi tovushning ekvivalent darajasi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
bu yerda:
vaqt mobaynida taʼsir etuvchi tovushning oʻrtacha yoki ekvivalent darajasi dB(A);
tovush darajasining umumiy taʼsir vaqti (min);
— ish kunining (smena) davomiyligi (min).
13. Ish kuni (smena) davomida shovqinning taʼsir vaqti, mehnat turi va ish joylari oʻzgarishini hisobga olib, tovushning haqiqiy (ekvivalent) ruxsat etilgan darajasi quyidagi formulalar asosida aniqlanadi:
a) doimiy ish joylarida tovush darajasi fon tovushidan 10 dB(A) yoki undan ortiq boʻlsa, tovush darajasi quyidagi formula va umumiy taʼsir etish vaqtiga qarab tovush va tebranishning ruxsat etilgan darajalariga kiritiladigan tuzatma ushbu sanitariya qoidalarining 2-ilovasi 2-jadvali asosida hisoblanadi:
bu yerda:
— ish joylarida 480 daqiqalik (min) ruxsat etilgan tovush darajasi dB(A);
— umumiy taʼsir vaqti boʻyicha tovushning meʼyoriy darajasiga kiritiladigan tuzatma dB(A);
b) ish joylari yoki mehnat turi oʻzgarsa va tovush darajalari turlicha boʻlganda quyidagi formula qoʻllaniladi:
bu yerda:
— impuls rejimidagi ish joylarida 480 daqiqalik (min) ruxsat etilgan ruxsat etilgan tovush darajasi dB(A);
— “I” ish joyida ish kuni (smena) davomida boʻlishning umumiy vaqti (min);
— ish kuni (smena) umumiy davomiyligi (min).
14. Shovqin yuklamasining oshib ketish koʻrsatkichi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
bu yerda:
— ekvivalent tovush darajasi dB(A);
— haqiqiy ruxsat etilgan tovush darajasi.
15. Ish joylarida shovqin yuklamasining oshib ketish koʻrsatkichini aniqlash natijalari ushbu sanitariya qoidalarining 2-ilovasi 3-jadvaliga hamda tovush darajasini oʻlchash natijalari esa 4-jadvaliga muvofiq kiritilishi lozim.
16. Xodimlar himoya vositalaridan (shovqinga qarshi qistirmalar, quloqchinlar yoki shlemlar) foydalanganda, shovqin yuklamasining oshib ketish koʻrsatkichini ushbu himoya vositalarining samaradorligi hisobga olingan holda kamaytirib baholanishiga yoʻl qoʻyiladi.
17. Shovqin yuklamasining oshib ketish koʻrsatkichi ushbu sanitariya qoidalarining 3-ilovasida keltirilgan hisoblash usuli orqali aniqlanadi.
3-bob. Ish joylaridagi tebranish darajalariga qoʻyiladigan talablar
18. Ish joylaridagi umumiy tebranishlar quyidagi chastota diapazonlarida aniqlanishi lozim:
past chastotali umumiy tebranishlar uchun 2 va 4 Hz;
oʻrta chastotali umumiy tebranishlar uchun 8 va 16 Hz;
yuqori chastotali umumiy tebranishlar uchun 31,5 va 63 Hz.
19. Ish joylaridagi mahalliy tebranishlar quyidagi chastota diapazonlarida aniqlanishi lozim:
past chastotali mahalliy tebranishlar uchun 8 va 16 Hz;
oʻrta chastotali mahalliy tebranishlar uchun 31,5 va 63 Hz;
yuqori chastotali mahalliy tebranishlar uchun 125, 250, 500 va 1000 Hz.
20. Ish joylaridagi tebranishning normalangan koʻrsatkichi sifatida ish kuni (smena) uchun ekvivalent tuzatilgan tebranma tezlanishning qiymati A (8 h), m/s2 yoki Lₐ (8 h), dB boʻlishi kerak.
21. Ish joylaridagi umumiy tebranishlar inson organizmiga taʼsir qilganda koordinata oʻqlari yoʻnalishlari mazkur sanitariya qoidalarining 4-ilovasiga, ish joylaridagi mahalliy tebranishlar inson organizmiga taʼsir qilganda koordinata oʻqlari yoʻnalishlari mazkur sanitariya qoidalarining 5-ilovasiga muvofiq boʻlishi lozim.
22. Ish kuni (smena) davomidagi ekvivalent tebranma tezlanish quyidagi formulalar boʻyicha aniqlanadi:
bu yerda:
To — ish kunining (smena) davomiyligi (8 h);
Ti — tebranma taʼsirning i-intervali davomiyligi (h);
a2w,Ti — i-intervalida oʻlchangan tebranma tezlanish qiymati, m/s2.
bu yerda:
— ish kunining (smena) davomiyligi (8 h);
— tebranma taʼsirning i-intervali davomiyligi (h);
— tebranma taʼsirning i-intervalida oʻlchangan ekvivalent tuzatilgan tebranma tezlanish darajasi (dB).
Agar ish kunining (smena) davomiyligi 8 h (soatdan) kam boʻlsa, mazkur bandda keltirilgan formulalar boʻyicha hisoblashda To da ish vaqtining yigʻindisini ish kunining (smena) haqiqiy davomiyligiga haftasiga 40 h (soat)ga teng deb qabul qilish zarur.
23. Ish joylarida tebranish yoʻnalishiga koʻra (Wh, Wk, Wd) ekvivalent tebranma tezlanishning ruxsat etiladigan chegaraviy qiymatlari ushbu sanitariya qoidalarining 6-ilovasiga muvofiq belgilanishi lozim.
24. 480 daqiqalik taʼsir uchun oktava chastotalar boʻyicha umumiy tebranishning toifalardan kelib chiqib ruxsat etilgan darajalari mazkur sanitariya qoidalarining 7-ilovasi 1 — 5-jadvallariga, mahalliy tebranishning ruxsat etilgan darajalari esa 6-jadvaliga muvofiq boʻlishi lozim.
25. Mahalliy tebranish taʼsiri mavjud ish sharoitlarida tebranish darajasi mazkur sanitariya qoidalarida belgilangan normalardan 12 dB (4 baravar), umumiy tebranish taʼsiri mavjud ish sharoitlarida esa 24 dB (8 baravar) oshganda ishlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
26. Yuqori tebranish taʼsirini kamaytirish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi kerak:
tebranishni kamaytiruvchi texnik choralarni (tebranishni muvozanatga keltirish, tebranish kuchayib ketadigan holatlarning (rezonans) oldini olish, tebranishni yutuvchi (demfer) yoki izolyatsiya qiluvchi tizimlarni joriy etish) qoʻllash;
maxsus poyabzal va qoʻlqoplarni tebranish chastotasi va darajasiga mos holda tanlash;
xodimlarni dastlabki va davriy majburiy tibbiy koʻriklardan oʻtkazish, fizioterapiya, qoʻl-oyoq massaji, issiqlik va suv muolajalarini qoʻllash.
27. Ish joylaridagi tebranishlarning ruxsat etilgan darajalari GOST 31319-2006 (ISO 14253:2003) va GOST 31192.2-2005 (ISO 5349-2:2001)larga muvofiq belgilanishi lozim.
28. 8 soatlik tebranish taʼsiri boʻlgan ish kuni (smena) uchun tebranma tezlanish darajasining ruxsat etilgan darajalari mazkur sanitariya qoidalarining 8-ilovasiga muvofiq boʻlishi lozim.
29. Ish joylaridagi tebranish yuklamasining oshib ketish koʻrsatkichini aniqlashda quyidagilar inobatga olinishi lozim:
tebranish spektrining oktava chastotalarida oʻlchangan qiymatlari;
chastota boʻyicha tuzatilgan ekvivalent tebranish darajalari;
ish kuni (smena) davomida tebranishning har bir turi uchun taʼsir vaqti;
8 soatlik taʼsir uchun ruxsat etilgan tebranish darajalari.
30. Ish joylarida bir toifadagi tebranishlarning ruxsat etilgan oktava darajasi quyidagi formula va umumiy taʼsir etish vaqtiga qarab tovush va tebranishning ruxsat etilgan darajalariga kiritiladigan tuzatma ushbu sanitariya qoidalarining 2-ilovasi 2-jadvali asosida hisoblanadi:
bu yerda, LRED — 8 soatlik taʼsir uchun ruxsat etilgan oktava darajasi.
31. Ish joylarida turli toifadagi tebranishlarning haqiqiy (ruxsat etilgan) oktava darajasi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
bu yerda:
— ish kuni (smena) davomida tebranish yoʻnalishiga (oʻqi) koʻra tebranish toifasining ruxsat etilgan darajasi (dB);
φ — tebranishning yoʻnalishi (oʻqi) — X, Y, Z;
i va j — turli tebranish toifalari;
— tebranishning taʼsir vaqti (min);
— ish kunining (smena) umumiy davomiyligi (min).
32. Tebranma tezlikning (tebranma tezlanish) bir toifadagi tebranish uchun haqiqiy qiymati quyidagi formulalar boʻyicha aniqlanadi:
bu yerda:
— tebranish darajalarini oʻlchash natijalari (dB);
— oʻlchash darajalarining soni.
33. Tebranma tezlikning (tebranma tezlanish) turli toifadagi tebranish uchun haqiqiy qiymati quyidagi formulalar boʻyicha aniqlanadi:
bu yerda, va — turli toifadagi vertikal yoki gorizontal tebranish tashkil etuvchisining oktava darajasi (dB).
34. Tebranish yuklamasining oshib ketish koʻrsatkichi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
bu yerda, — turli toifadagi tebranishning haqiqiy qiymati.
35. Tebranish yuklamasining oshib ketish koʻrsatkichi ushbu sanitariya qoidalarining 9-ilovasiga muvofiq hisoblanishi lozim.
4-bob. Ish joylaridagi infratovush darajalariga qoʻyiladigan talablar
36. Ish joylarida infratovush tebranishlari yuzaga kelish ehtimolini aniqlashda quyidagi belgilar inobatga olinishi lozim:
texnologik belgilar (past aylanishda ishlaydigan quvvatli uskunalar, katta hajmli yoki ogʻir xomashyoni qayta ishlash jarayonlari, gaz va suyuqlik oqimlari tebranishi hamda ogʻir texnika harakati);
konstruktiv belgilar (yirik dvigatellar, dinamik taʼsirga ega yopiq joylar (operator kabinalari) va oʻzi yurar yoki transport mashinalarining osma qismlari);
qurilish belgilari (shovqinni toʻsuvchi yirik inshootlar, tovush oʻtkazmaydigan hajmlar hamda past chastotalarda samarasiz izolyatsiya materiallaridan foydalanish).
37. Ish joylaridagi infratovushning ruxsat etilgan darajalarini belgilashda quyidagilar inobatga olinishi lozim:
oktava chastota diapazonlarida (2, 4, 8, 16 Hz) ish kuni (8 h ) davomida tovush bosimining ekvivalent darajasi (lₚ,₁/₁,eq,8 h, dB);
ish kuni (smena) uchun infratovushning umumiy ekvivalent darajasi (lₚ,zi,eq,tᵢ, dB);
S (“sekin”) vaqt xususiyatida oʻlchanganda infratovushning maksimal umumiy darajasi.
38. Tovush bosimining ekvivalent darajasi chastotalarning oktava diapazonlarida quyidagi formula bilan aniqlanadi:
bu yerda:
T — ish kunining (smena) davomiyligi (8 h);
— infratovush taʼsirining davomiyligi (h);
— maʼlum vaqt oraligʻida oʻlchangan tovush bosimining ekvivalent darajasi (dB).
39. Ish kuni (smena) uchun infratovushning ekvivalent umumiy darajasi quyidagi formula asosida aniqlanadi:
bu yerda:
— almashinuvchi ekvivalentli umumiy infratovush darajasi;
— maʼlum vaqt oraligʻida oʻlchangan ekvivalentli umumiy infratovush darajasi.
40. Ish joylarida ish kuni (smena) va qisqartirilgan ish kunida (haftasiga 40 h dan kam) infratovushning ruxsat etilgan darajalari mazkur sanitariya qoidalarining 10-ilovasi 1-jadvaliga muvofiq boʻlishi lozim.
41. Yuqori haroratda infratovushning salbiy taʼsirini kamaytirish uchun infratovush darajalariga kiritiladigan tuzatishlar mazkur sanitariya qoidalarining 10-ilovasi 2-jadvaliga muvofiq boʻlishi lozim.
42. Taxminiy baholashda 2 Hz gacha kuchaytirgich va 5 Hz gacha mikrofonli I sinf shovqin oʻlchagichning “Lin” va “A” shkalalari boʻyicha oʻlchovlaridan foydalanishga ruxsat etiladi.
43. Shovqinga nisbatan infratovush darajasini baholashda quyidagilar inobatga olinishi lozim:
Llin — LA < 10 dB - infratovush deyarli yoʻq;
Llin — LA < 20 dB - infratovush kam;
Llin — LA < 30 dB - yaqqol sezilarli.
44. Infratovushni oʻlchash doimiy ish joylarida (mashinalarni boshqarish operatorlari, pultlar, kabinalar) yoki xizmat koʻrsatish hududlarida, uskunalar odatdagi ish rejimida ishlayotganda amalga oshirilishi va oʻlchash nuqtalari ishlab chiqarish sexlarida bir-biridan 20 m, kabinalarda esa 3 m dan oshmagan masofada joylashtirilishi lozim.
45. Oʻlchash asbobining mikrofoni pol sathidan 1,5 m balandlikda, operatordan kamida 0,5 m uzoqda oʻrnatilishi, kabinalarda esa oʻlchash amalga oshirilayotganda oynalar iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda ochiq va yopiq holatda boʻlishi, mikrofon operator qulogʻidan 15 sm masofada joylashtirilishi lozim.
46. Doimiy infratovush “Lin” dB va “A” dB(A) shkalalarida hamda oktava spektri boʻyicha oʻlchash asbobining “sekin” (“S”) vaqt bilan oʻlchanishi lozim.
Doimiy boʻlmagan infratovushda oktava chastotalari boʻyicha ekvivalent darajalar aniqlanishi kerak.
Impulsli jarayonlarda maksimal qiymatlar oʻlchash asbobining “tezkor” vaqt bilan qayd etiladi, takrorlanuvchi impulslarda esa maksimal koʻrsatkichlar asosida qoʻshimcha ravishda hisoblanadi.
47. Infratovushning oktava darajalarini oʻlchashdagi eng kam va eng yuqori vaqt normalari mazkur sanitariya qoidalarining 10-ilovasi 3-jadvaliga muvofiq boʻlishi lozim.
Bunda oʻlchash doimiy (statsionar) jarayonlarda (kompressorlar) oʻlchash kamida 100 sekund (s), doimiy boʻlmagan jarayonlarda (transport harakati) esa kamida 300 sekund (s) mobaynida amalga oshirilishi lozim.
48. Oʻlchash paytida havo tezligi 0,5 m/s dan ortiq boʻlsa, shamoldan himoyalovchi ekran qoʻllanilishi, havo tezligi 5 m/s dan yuqori boʻlgandan esa oʻlchashlar oʻtkazilmasligi lozim.
49. Infratovushni oʻlchashda 2 Hz chastotali I sinf shovqin oʻlchagich va oktava filtrlari qoʻllanilishi lozim.
50. Infratovush darajasi ushbu sanitariya qoidalaridan yuqori boʻlsa, xodimlarga salbiy taʼsirni kamaytirish uchun tashkiliy va texnik choralar (mehnat va dam olish rejimini toʻgʻrilash, taʼsir vaqtini qisqartirish) qoʻllanilishi kerak.
51. Texnologik jarayon yoki uskuna hosil qiladigan infratovushni kamaytirish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim:
loyihalash, qurilish va rejalashtirish bosqichlarida infratovush manbalarini kamaytirish yoki izolyatsiya qilish;
infratovush manbalarini alohida xonalarda joylashtirish;
texnologik jarayonni masofadan boshqariladigan kuzatuv kabinalaridan olib borish;
infratovush energiyasini yuqori chastotalarga oʻtkazuvchi maxsus dempferlovchi qurilmalarni texnologik zanjirga kiritish.
5-bob. Ish joylaridagi ultratovush darajalariga qoʻyiladigan talablar
52. Havo ultratovushi tovush bosimining ekvivalent darajasi (dB) boʻyicha 12,5, 16, 20, 25, 31,5, 40, 50, 63, 80 va 100 kHz oktava chastotalarida manba ishlayotganda oʻlchanishi lozim.
53. Kontakt ultratovush uchun vaqt boʻyicha oʻrtacha intensivlikning maksimal qiymati (Ispta) 11,2 — 80 kHz, 80 — 630 kHz, 0,63·10³ — 5,0·10³ kHz chastota diapazonlarida oʻlchanishi lozim.
54. Oʻlchovlar porshen turidagi gidrofon va ultratovush geli moyi orqali amalga oshirilishi lozim.
Bunda Ispta qiymati akustik bosim (p) boʻyicha quyidagi formula orqali aniqlanadi:
bu yerda:
p — oʻlchangan akustik bosim (Pa);
d — suvning zichligi (kg/m3);
c — undagi tovush tezligi (m/s).
55. Ish joylaridagi havo ultratovushining ruxsat etilgan darajalari mazkur sanitariya qoidalarining 11-ilovasi 1-jadvaliga va kontakt ultratovushining ruxsat etilgan darajalari 2-jadvaliga muvofiq boʻlishi lozim.
56. Havo ultratovushini oʻlchashda 1-sinf aniqlikdagi uch oktavali shovqin oʻlchagich-analizatordan foydalanilishi lozim.
57. Havo ultratovushi ultratovush toʻlqinlarini havoga tarqatadigan uskuna odatdagi ish rejimida ishlayotganda ishchi chastotasidan yuqori chastotalarda oʻlchanishi kerak.
58. Ish joylaridagi havo ultratovushini oʻlchash quyidagicha amalga oshirilishi lozim:
oʻlchash nuqtasi xodim tik turgan holda 1,5 m balandlikda, oʻtirgan holda esa bosh balandligida boʻlishi;
mikrofon ishchining qulogʻidan 5 sm masofada, oʻlchovni bajarayotgan shaxsdan esa kamida 50 sm uzoqlikda joylashtirilishi.
59. Ultratovush tebranishlarining inson organizmiga zararli taʼsirini kamaytirish uchun quyidagi choralar qoʻllanilishi lozim:
xodimning ultratovush manbai bilan bevosita aloqada boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik;
ultratovush manbalarini masofadan boshqarish;
havo ultratovushi manbalari ekranlar, gʻiloflar yoki boshqa himoya vositalari bilan ajratilishini taʼminlash;
mahsulot yuklash, tushirish yoki kontaktli moy surtish paytida ultratovush manbasini avtomatik oʻchirish;
kontaktli ultratovush bilan ishlashda xodimlarni maxsus himoya vositalaridan (rezina qoʻlqoplar, yengchalar yoki yengliklar) foydalanishini nazorat qilish.
Ish joylaridagi shovqin, tebranish, infratovush va ultratovush darajalariga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0111-26-son SanQvaN) 1-ILOVA
Ish joylarida (impulsli shovqin bundan mustasno) doimiy va doimiy boʻlmagan shovqinning oktava polosalaridagi tovush bosimi, tovush va ekvivalent tovush darajalari
Izoh. Tonal va impulsli shovqinning tovush bosimi darajalari, tovush darajalari hamda ekvivalent tovush darajalari jadvalda koʻrsatilgan qiymatlardan 5 dB ga past boʻlishi lozim.
Ish joylaridagi shovqin, tebranish, infratovush va ultratovush darajalariga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0111-26-son SanQvaN) 2-ILOVA
Mehnat jarayonining ogʻirligiga koʻra ish joylarida shovqinning ruxsat etilgan darajalari, dB(A)
Umumiy taʼsir etish vaqtiga qarab tovush va tebranishning ruxsat etilgan darajalariga kiritiladigan tuzatma
Shovqin yuklamasining normalardan oshish koʻrsatkichini aniqlash natijalari
Tovush darajasini oʻlchash natijalari
Ish joylaridagi shovqin, tebranish, infratovush va ultratovush darajalariga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0111-26-son SanQvaN) 3-ILOVA
Shovqin yuklamasining normalardan oshish koʻrsatkichini hisoblash usuli
Misol. Kompressor qurilmalari bilan ishlovchi mashinist lavozimida ishlovchi xodim uchun ikkita ish joyi mavjud:
mashina zali joylashgan ish hududi;
nazorat-boshqaruv pulti joylashgan operatorlik xonasi.
Mashina zali joylashgan ish hududidagi tovushning oʻrtacha darajasi 92 dB(A) ni, operatorlik xonasidagi tovush darajasi esa 75 dB(A) ni tashkil etadi.
Agar mashinist ish kuni (smena) davomida mashina zalida jami 2 h (soat) (120 daqiqa), operatorlik xonasida esa 6 h (soat) (360 daqiqa) boʻlsa, shovqin yuklamasining meʼyorlardan oshish koʻrsatkichi quyidagicha aniqlanishi, bunda ish kuni (smena)ning umumiy davomiyligi 8 soat (480 daqiqa) deb olinadi:
a) oʻlchov natijalariga asosan ish kuni (smena) davomidagi ekvivalent tovush darajasini hisoblash:
b) ish kuni (smena) davomidagi haqiqiy ruxsat etilgan tovush darajasini hisoblash (mashina zali uchun 80 dB(A) va operatorlik xonasi uchun 75 dB(A):
v) shovqin yuklamasining oshib ketish koʻrsatkichini hisoblash:
Natijalar mazkur sanitariya qoidalarining 2-ilovasi 3-4-jadvallariga kiritiladi.
Ish joylaridagi shovqin, tebranish, infratovush va ultratovush darajalariga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0111-26-son SanQvaN) 4-ILOVA
Ish joylaridagi umumiy tebranishlar inson organizmiga taʼsir qilganda koordinata oʻqlari yoʻnalishlari
Izohlar:
a) tik turgan holatda:
Z oʻqi yuqoriga yoʻnalgan vertikal tebranishlarni;
X va Y oʻqlari tananing oldinga-orqaga va yon tomonga yoʻnalgan gorizontal tebranishlarni koʻrsatadi;
b) oʻtirgan holatda:
Z oʻqi yuqoriga yoʻnalgan vertikal tebranishlarni;
X oʻqi tananing oldinga-orqaga yoʻnalgan tebranishlarini;
Y oʻqi tananing oʻng-chap tomonga yoʻnalgan tebranishlarini koʻrsatadi.
Ish joylaridagi shovqin, tebranish, infratovush va ultratovush darajalariga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0111-26-son SanQvaN) 5-ILOVA
Ish joylaridagi mahalliy tebranishlar inson organizmiga taʼsir qilganda koordinata oʻqlari yoʻnalishlari
Izohlar:
a) silindrsimon yoki yon sirtni (masalan, dastak, tutqich) ushlab turganda:
Xp oldinga-orqaga yoʻnalgan tebranishlarni;
Yp yuqoriga-pastga yoki yon tomonga yoʻnalgan tebranishlarni;
Zp qoʻl kafti orqali kiruvchi yoki chiqayotgan tebranishlarni koʻrsatadi;
b) sharsimon sirtni (masalan, dumaloq tutqich yoki tugma) ushlab turganda Xp, Yp, Zp oʻqlari tebranishning uch asosiy yoʻnalishini — qoʻl kafti ichiga, yuqoriga va yon tomonga yoʻnalgan tebranishlarni koʻrsatadi.
Ish joylaridagi shovqin, tebranish, infratovush va ultratovush darajalariga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0111-26-son SanQvaN) 6-ILOVA
Ish joylarida tebranish yoʻnalishiga koʻra (Wh, Wk, Wd) ekvivalent tebranma tezlanishning ruxsat etiladigan chegaraviy qiymatlari
Izohlar:
Wh — chastotaviy tuzatma GOST 31192.1-2004 (ISO 5349-1:2001)ga muvofiq belgilanadi;
Wd, Wk — chastotaviy tuzatma GOST 31191.1-2004 (ISO 2631-1:1997)ga asosan belgilanadi;
Xm, Ym, Zm — mahalliy tebranishlarning X, Y va Z oʻqlari boʻyicha taʼsir yoʻnalishlari;
Xu, Yu, Zu — umumiy tebranishlarning X, Y va Z oʻqlari boʻyicha taʼsir yoʻnalishlari.
Ish joylaridagi shovqin, tebranish, infratovush va ultratovush darajalariga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0111-26-son SanQvaN) 7-ILOVA
480 daqiqalik taʼsir uchun oktava chastotalar boʻyicha umumiy tebranishning toifalardan kelib chiqib ruxsat etilgan darajalari: 1-toifa (transport vositalari uchun)
480 daqiqalik taʼsir uchun oktava chastotalar boʻyicha umumiy tebranishning toifalardan kelib chiqib ruxsat etilgan darajalari 2-toifa (transport-texnologik vositalar uchun)
480 daqiqalik taʼsir uchun oktava chastotalar boʻyicha umumiy tebranishning toifalardan kelib chiqib ruxsat etilgan darajalari 3-toifa (texnologik toifaning “a” turi uchun)
480 daqiqalik taʼsir uchun oktava chastotalar boʻyicha umumiy tebranishning toifalardan kelib chiqib ruxsat etilgan darajalari 3-toifa (texnologik toifaning “b” turi uchun)
480 daqiqalik taʼsir uchun oktava chastotalar boʻyicha umumiy tebranishning toifalardan kelib chiqib ruxsat etilgan darajalari 3-toifa (texnologik toifaning “v” turi uchun)
Mahalliy tebranishning ruxsat etilgan darajalari
Ish joylaridagi shovqin, tebranish, infratovush va ultratovush darajalariga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0111-26-son SanQvaN) 8-ILOVA
8 soatlik tebranish taʼsiri boʻlgan ish kuni (smena) uchun tebranma tezlanish darajasining ruxsat etilgan darajalari
Ish joylaridagi shovqin, tebranish, infratovush va ultratovush darajalariga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0111-26-son SanQvaN) 9-ILOVA
Tebranish yuklamasining oshib ketish koʻrsatkichini hisoblash usuli
Misol: Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2-GMZ sexi koʻprik krani boshqaruvchisi ish joyidagi tebranish yuklamasining normadan oshish koʻrsatkichini aniqlashda umumiy tebranishning ikki toifasi taʼsiri hisobga olinadi:
kran harakatlanayotganda — 2-toifa;
turgan kran mexanizmlari ishlayotganda — 3 “a” toifa.
Umumiy taʼsir vaqti: 2-toifa uchun 120 daqiqa, 3 “a”-toifasi uchun 360 daqiqa.
Bunda tebranish yuklamasining oshib ketish koʻrsatkichi quyidagi jadvalda keltirilishi lozim:
Oʻlchov natijalariga koʻra 2-toifa ish joylarida tebranish 8 Hz da 8 dB ga, 3a-toifasida esa 4 dB ga oshdi.
Bunda:
harakatlanayotgan kran 2-toifa boʻlib, t2=120 min, LRED (8 Hz) = 102 dB, L2(8 Hz) = 110 dB;
turgan kran 3 “a” - toifa boʻlib t2=360 min, LRED (8 Hz) = 93 dB, L2(8 Gs) = 97 dB;
ish kunining (smena) umumiy davomiyligi Tis=480 min.
Taʼsir etuvchi tebranish toifalarini hisobga olgan holda, 8 Hz chastotali oktava maydonidagi gorizontal yoʻnalish uchun tebranishning amalda ruxsat etilgan darajasi quyidagicha hisoblanadi:
Tebranish darajasi boʻyicha haqiqiy yuklama quyidagicha aniqlanadi:
Tebranish yuklamasining eng yuqori (maksimal) oshish koʻrsatkichi quyidagiga teng boʻladi:
Ish joylaridagi shovqin, tebranish, infratovush va ultratovush darajalariga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0111-26-son SanQvaN) 10-ILOVA
Ish joylarida ish kuni (smena) va qisqartirilgan ish kunida (haftasiga 40 h dan kam) infratovushning ruxsat etilgan darajalari
Yuqori haroratda infratovushning salbiy taʼsirini kamaytirish uchun infratovush darajalariga kiritiladigan tuzatishlar
Infratovushning oktava darajalarini oʻlchashdagi eng kam va eng yuqori vaqt normalari
Ish joylaridagi shovqin, tebranish, infratovush va ultratovush darajalariga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0111-26-son SanQvaN) 11-ILOVA
Ish joylaridagi havo ultratovushining ruxsat etilgan darajalari
Ish joylaridagi kontakt ultratovushining ruxsat etilgan darajalari
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2026-yil 24-martdagi 5-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan ayrim sanitariya qoidalari normalari va gigiyena normativlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan 2004-yil 15-oktabrda tasdiqlangan “Ish joylarida mehnat sharoitlarining shovqin va tebranish xavfliligini aniqlash va baholash” 0175-04-son SanQvaM.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan 2016-yil 1-fevralda tasdiqlangan “Ish joylarida ruxsat etilgan shovqin darajalarining sanitariya-gigiyena meʼyorlari” 0325-16-son SanQvaN.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan 2016-yil 1-fevralda tasdiqlangan “Ish joylarida umumiy va mahalliy tebranishning sanitariya-gigiyena meʼyorlari” 0326-16-son SanQvaN.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan 2016-yil 1-iyulda tasdiqlangan “Ish joylarida infratovush darajalarining sanitariya-gigiyena meʼyorlari” 0334-16-son SanQvaN.
