Avtotransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish yuzasidan Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga elektron murojaat qilishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida (208-son)
28.04.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 30-apreldagi 155-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish yuzasidan Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga elektron murojaat qilishning maʼmuriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish yuzasidan elektron murojaat qilish tartibi;
avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqittt yuzasidan murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
2026-yil 1-iyundan boshlab avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Ioʻl harakati xavfsizligi xizmatiga (keyingi oʻrinlarda — YHXX) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki YHXXning mobil ilovasi (keyingi oʻrinlarda — mobil ilova) yoxud davlat xizmatlari markazlari orqali elektron murojaat qilish imkoniyati yaratiladi;
jismoniy va yuridik shaxslar avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish yuzasidan YHXXga anʼanaviy (ogʻzaki yoki yozma) tarzda murojaat qilishlari ham mumkin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 31-mayga qadar avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish yuzasidan elektron murojaat qilish uchun zarur boʻlgan axborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qilish choralarini koʻrsin.
4. Uzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.A. Tashpulatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 28-aprel,
208-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 208-son qaroriga ILOVA
Avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish yuzasidan Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga elektron murojaat qilishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish yuzasidan Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga elektron murojaat qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Davlat xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining mobil ilovasi (keyingi oʻrinlarda — mobil ilova) yoxud davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladi.
3. Ushbu Reglament Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (keyingi oʻrinlarda — Kodeks) 291-moddasining birinchi qismi “a” kichik bandi hamda uchinchi qismida koʻrsatilgan holatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Kodeksning 291-moddasi birinchi qismi “a” kichik bandi hamda uchinchi qismida koʻrsatilgan asoslarga koʻra jarima maydonchasiga joylashtirilgan avtomototransport vositalarini ularni ushlab turish sababi bartaraf etilgunga yoki maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilgunga qadar saqlab turishi mumkin.
4. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati va uning hududiy boʻlinmalari;
murojaat qiluvchi — avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish yuzasidan YIDXP yoki davlat xizmatlari markazi yoxud mobil ilova orqali elektron murojaat qilayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
murojaat qiluvchining maʼlumotlari — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan joyi va sanasi, pasporti (ID-kartasi) seriyasi va raqami, JSHSHIR, yashash manzili, yuridik shaxsning nomi, STIR, joylashgan yeri (pochta manzili).
5. Avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish yuzasidan YIDXP yoki davlat xizmatlari markazlari yoxud mobil ilova orqali vakolatli organga ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq elektron shaklda murojaat qilinadi.
2-bob. Avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish yuzasidan elektron murojaat qilish tartibi
6. Murojaat qiluvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXP yoki mobil ilovadan roʻyxatdan oʻtadi.
Murojaatlar YIDXP yoki mobil ilova orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda murojaatlar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari yuborilganda, navbatdagi ish kuni murojaatlarning vakolatli organga yuborilgan va vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.
7. Murojaat qiluvchi YIDXP yoki mobil ilova orqali murojaat qilganda, mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng murojaat qiluvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (“One-ID” va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
8. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun toʻlov undirilmaydi.
3-bob. Avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish yuzasidan murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi
9. Soʻrovnomaga kiritilgan murojaat qiluvchi maʼlumotlarining haqqoniyligi vakolatli organ tomonidan avtomatlashtirilgan tizim orqali tekshiriladi.
Murojaat qiluvchining maʼlumotlari haqqoniyligi tasdiqlangan takdirda, vakolatli organ tomonidan bir ish kuni ichida murojaat qiluvchiga murojaati koʻrib chiqish uchun qabul qilingani toʻgʻrisidagi xabarnoma YIDXP yoki mobil ilova orqali avtomatik ravishda yuboriladi.
Soʻrovnomada avtomototransport vositalarining davlat raqami belgisi, avtomototransport vositalarini boshqarish vakolatini beruvchi tegishli hujjatlari hamda qoʻshimcha hujjatlardagi (avtomototransport vositasini qabul qilish-topshirish dalolatnomasi va boshqalar) maʼlumotlar notoʻgʻri koʻrsatilgan taqdirda, vakolatli organ tomonidan bir ish kuni ichida murojaat qiluvchiga soʻrovnomadagi xatoliklarni bartaraf etish uchun besh ish kunidan iborat muddat berilgani toʻgʻrisidagi xabarnoma YIDXP yoki mobil ilova orqali avtomatik ravishda yuboriladi.
Belgilangan muddatda soʻrovnomadagi xatoliklar bartaraf etilmagan takdirda, soʻrovnomani koʻrib chiqish rad etiladi va bu haqda murojaat qiluvchiga YIDXP yoki mobil ilova orqali avtomatik tarzda javob qaytariladi.
10. Vakolatli organ murojaatni koʻrib chiqish jarayonida murojaat qiluvchining avtomototransport vositasini jarima maydonchasiga joylashtirish sabablari va ushlab turish asoslari bartaraf etilganini yoki maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilib, qonuniy qaror qabul qilinganini tekshiradi.
Murojaatni koʻrib chiqish natijasiga koʻra, murojaat qiluvchining avtomototransport vositasini jarima maydoniga joylashtirish asoslari va ushlab turish asoslari bartaraf etilgani yoki maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilib, qonuniy qaror qabul qilingani tasdiqlanganda, murojaat qiluvchiga YIDXP yoki mobil ilova orqali bir ipt kuni ichida avtomototransport vositasini jarima maydonchasidan olib chiqish mumkinligi haqida xabarnoma yuboriladi.
Murojaatni koʻrib chiqish davomida murojaatda koʻrsatilgan avtomototransport vositasini jarima maydonchasiga joylashtirish sabablari va ushlab turish asoslari bartaraf etilmagan yoki maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilmagan boʻlsa, bu hakda murojaat qiluvchiga xabarnoma YIDXP yoki mobil ilova orqali bir ish kuni ichida yuboriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
11. Murojaat qiluvchi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan amaldagi qonunchilik hujjatlariga asosan shikoyat berish huquqiga ega.
Amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq maʼmuriy xuquqbuzarlikka oid ish hujjatlari (qarorlar) bekor qilingan taqdirda, mazkur ish boʻyicha yetkazilgan zararni qoplash masalasi yuzasidan tegishli sudga murojaat qilishlari mumkin.
12. Murojaat qiluvchi vakolatli organ xodimlarining xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
13. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish yuzasidan Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga elektron murojaat qilishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Avgomogotransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish yuzasidan Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga elektron murojaat qilish
SXEMASI
Avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish yuzasidan Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga elektron murojaat qilishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
