6-modda. Valyuta operatsiyalari
“Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (556-II-son) · Sana: 11.12.2003 · Kuchini yo'qotgan
Valyuta operatsiyalariga quyidagilar kiradi:
valyuta boyliklariga boʻlgan mulk huquqining va boshqa huquqlarning oʻzga shaxsga oʻtishi hamda valyuta boyliklarini toʻlov vositasi sifatida ishlatish bilan bogʻliq operatsiyalar;
valyuta boyliklarini Oʻzbekiston Respublikasida olib kirish va joʻnatish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish va joʻnatish;
xalqaro pul joʻnatmalarini amalga oshirish;
rezidentlar va norezidentlar oʻrtasida milliy valyutadagi operatsiyalar.
Valyuta operatsiyalari joriy xalqaro operatsiyalarga hamda kapital harakati bilan bogʻliq valyuta operatsiyalariga boʻlinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sof quyma oltin muomalasi tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
