4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari
“Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (556-II-son) · Sana: 11.12.2003 · Kuchini yo'qotgan
Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari (bundan buyon matnda rezidentlar deb yuritiladi) quyidagilardir:
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari;
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
Oʻzbekiston Respublikasining hududida roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxslar;
Oʻzbekiston Respublikasining immunitet va diplomatik imtiyozlardan foydalanadigan xorijdagi diplomatiya hamda boshqa vakolatxonalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlarining chet eldagi, xoʻjalik yoki boshqa tijorat faoliyati bilan shugʻullanmaydigan vakolatxonalari.
