Reimbursatsiya dasturiga kiritiladigan kasalliklar va ularni davolashda beriladigan dori vositalari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida (3822-son)
24.04.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 24-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3822]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-161-son “Islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlash samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda vazirlik va idoralarning masʼuliyati va tashabbuskorligini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-son “Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-oktabrdagi 619-son “Kasalliklarni ambulator sharoitda davolashda dori vositalari xarajatlarini qoplash boʻyicha reimbursatsiya dasturi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hamda 2025-yil 19-iyundagi 382-son “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Reimbursatsiya dasturiga kiritiladigan kasalliklar va ularni davolashda beriladigan dori vositalari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq 2027-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. XUDAYAROV
Toshkent sh.,
2026-yil 23 aprel,
18-son
Kelishildi:
Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori Z. ERMATOV
2026-yil 23 aprel
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 23-apreldagi 18-son buyrugʻiga ILOVA
Reimbursatsiya dasturiga kiritiladigan kasalliklar va ularni davolashda beriladigan dori vositalari
ROʻYXATI
T/rDori vositalarning nomiDori vositalarning shakli1-bob. Onkologik kasalliklar1.Tamoksifentabletka (10 mg; 20 mg)2.Morfin gidroxloridinyeksiya uchun eritma (1% 1 ml)3.Omnoponinyeksiya uchun eritma (1% 1 ml)inyeksiya uchun eritma (2% 1 ml)4.Trimeperidininyeksiya uchun eritma (1% 1 ml; 2% 1 ml)5.Tramadolinyeksiya uchun eritma (5% 2 ml)kapsula (50 mg)6.Nalbufininyeksiya uchun eritma (10 mg/1 ml)2-bob. Ruhiy kasalliklar7.Lamotridjintabletka8.Karbamazepintabletka9.Benzobarbitaltabletka10.Valproat kislotasitabletkakapsulalarsiropichish uchun tomchilarbolalarga ichish uchun siropinyeksiya uchun eritma11.Klonozepamtabletka (2 mg)12.Aripiprazoltabletka13.Galoperidoltabletkainyeksiya uchun eritma14.Kvetiapintabletka15.Klozapintabletka16.Olanzapintabletka17.Flufenazin dekanoatinyeksiya uchun eritma18.Xlorpromazintabletkainyeksiya uchun eritma19.Risperidontabletka20.Tioridazintabletka21.Trifluoperazintabletkainyeksiya uchun eritma22.Amitriptilintabletkainyeksiya uchun eritma23.Venlafaksintabletka (37,5 mg)kapsulalar24.Paroksetintabletka (20 mg)25.Sertralintabletka (50 mg)26.Trazadintabletka (150 mg)27.Mirtazapintabletka (30 mg)28.Essitalopramtabletka (10 mg)3-bob. Meʼda-ichak tizimi kasalliklari29.Omeprazoltabletka (20 mg, 40 mg)4-bob. Oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalliklari30.Salbutamolaerozol (100 mkg/doza 7 gr 200 doza)31.Ambroksoltabletka (30 mg)5-bob. Endokrin tizimi kasalliklari32.Kaliy yodidtabletka (200 mkg)33.Tiamazoltabletka (5 mg)34.Levotiroksin natriytabletka (100 mkg)35.Qisqa taʼsirli insulin 100 XB/10 mlinyeksiya uchun eritma36.Qisqa taʼsirli insulin analogi 100 XB/3 mlinyeksiya uchun eritma37.Uzoq taʼsirli insulin 100 XB/10 mlinyeksiya uchun eritmakartridj va shpris-ruchka*38.Uzoq taʼsirli insulin analogi 100 XB/3 mlinyeksiya uchun eritmakartridj va shpris-ruchka*39.Aralash taʼsirli insulin 100 XB/10 mlinyeksiya uchun eritmakartridj va shpris-ruchka*40.Gliklazidtabletka (30 mg; 60 mg)41.Metformintabletka (500 mg; 1000 mg)42.Empagliflozintabletka (10 mg; 25 mg)43.Desmopressinburun tomchisi (100 mkg/ml 5 ml)burunga sepish uchun sprey (10 mkg/doza 5 ml)44.Gidrokortizonkoʻz mazi (0,5%; 1%; 2,5%)maz (0,1%)koʻz uchun suspenziya (0,1%)45.Prednizolontabletka (5 mg)6-bob. Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari46.Verapamiltabletka47.Izosorbid mononitrattabletka (20 mg; 40 mg)48.Izosorbid dinitratspreytabletka49.Atsetilsalitsil kislotasitabletka (75 mg; 150 mg)50.Klopidogreltabletka (75 mg)51.Bisoprololtabletka (2,5 mg; 5 mg; 10 mg)52.Amlodipintabletka (2,5 mg; 5 mg; 10 mg)53.Enalapriltabletka (2,5 mg; 5 mg; 10 mg; 20 mg)54.Atorvastatintabletka (10 mg; 20 mg; 40 mg; 80mg)55.Spironolaktontabletka (25 mg)56.Furosemidtabletka (40 mg)inyeksiya uchun eritma (1% 2 ml)7-bob. Qon yaratish aʼzolari kasalliklari57.Geparininyeksiya uchun eritma (5000 XB; 25000 XB; 12500 XB 1 ml; 2 ml; 5 ml; 10 ml*)58.Varfarintabletka (2,5 mg)59.Temir Fe (II) birikmalaritabletka (100 mg)kapsula (100 mg)60.Temir Fe (III) birikmalaritabletka (100 mg)kapsula (100 mg)61.Folat kislotasitabletka (1 mg; 5 mg)8-bob. Parazitar kasalliklar62.Albendazoltabletkasuspenziya9-bob. Ayollar reproduktiv tizimining yoshga bogʻliq oʻzgarishlardagi kasalliklar63.Drospirenon + Etinilestradioltabletka10-bob. Jigarning surunkali kasalliklari64.Ursodezoksixol kislotasikapsula (250 mg)11-bob. Markaziy asab tizimining degenerativ kasalliklari65.Inozin pranobeks**tabletka (500 mg)12-bob. Surunkali buyrak va jigar yetishmovchiligi kasalliklari66.Siklosporinkapsula (25 mg; 50 mg; 100 mg)67.Takrolimuskapsula (0,5 mg; 1,0 mg; 5,0 mg)68.Mikofenolat mofetiltabletka (250 mg; 500 mg)kapsulalar (250 mg; 500 mg)69.Mikofenol kislotasitabletka (180 mg; 360 mg)
Izoh:
* 15 yoshgacha boʻlgan bolalarda qandli diabetning 1-tipi aniqlanganda tayinlanadi;
** sklerozlanuvchi panensefalit (A81.1) tashxisi qoʻyilgan bemorlarga tayinlanadi.
Reimbursatsiya dasturi doirasida dori vositalarini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-oktabrdagi 619-son qarori bilan tasdiqlangan Kasalliklarni ambulator sharoitda davolashda dori vositalari xarajatlarini qoplash boʻyicha reimbursatsiya dasturi toʻgʻrisidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.
