Suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanlarida sel va toshqin xavfi mavjud boʻlgan hududlarda toʻplanib qolgan qum-shagʻal materiallarini tozalash ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlarni qabul qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (3821-son)
22.04.2026
Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 22-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3821]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-son “Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi hamda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi qaror qiladi:
1. Suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanlarida sel va toshqin xavfi mavjud boʻlgan hududlarda toʻplanib qolgan qum-shagʻal materiallarini tozalash ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlarni qabul qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suv хoʻjаligi vaziri SH. XAMRAYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 1 aprel,
01/32-6-son
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi A. ABDUXAKIMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 14 yanvar,
4-son
Favqulodda vaziyatlar vaziri B. KUDRATXODJAYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 30 dekabr,
27-son
Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B. ISLAMOV
Toshkent sh.,
2025-yil 29 dekabr,
15-son
Kelishildi:
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
2026-yil 14 mart
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2026-yil 20 yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 1-apreldagi 01/32-6-son, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2025-yil 30-dekabrdagi 27-son, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining 2026-yil 14-yanvardagi 4-son hamda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025-yil 29-dekabrdagi 15-son qaroriga ILOVA
Suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanlarida sel va toshqin xavfi mavjud boʻlgan hududlarda toʻplanib qolgan qum-shagʻal materiallarini tozalash ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlarni qabul qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanlarida sel va toshqin xavfi mavjud boʻlgan hududlarda toʻplanib qolgan qum-shagʻal materiallarini tozalash ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) tomonidan bajarilgan ishlarni qabul qilib olish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanlari — daryolar, soylar, jilgʻalar, tabiiy koʻllar oʻzanlari, suv va sel-suv omborlari;
uchastka — suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanlarini qum-shagʻal materiallaridan tozalash hamda mazkur faoliyat natijasida hosil boʻladigan materiallarni qazib olish huquqi yuzasidan tuzilgan shartnomada belgilangan geografik koordinata nuqtalari bilan chegaralangan tozalanishi lozim boʻlgan hudud;
bajarilgan ishlarni qabul qilib olish — suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanlarini qum-shagʻal materiallaridan tozalash hamda mazkur faoliyat natijasida hosil boʻladigan materiallarni qazib olish huquqi yuzasidan tuzilgan shartnoma asosida ularni tozalash ishlarini amalga oshirgan tashkilot tomonidan bajarilgan ishlarni oʻrganish, baholash va qabul qilish jarayoni;
vakolatli organlar — Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining hududiy boshqarmalari hamda balansda saqlovchi hududiy suv xoʻjaligi tizimi tashkilotlari;
shartnoma — suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanlarini qum-shagʻal materiallaridan tozalash hamda mazkur faoliyat natijasida hosil boʻladigan materiallarni qazib olish huquqi yuzasidan tuzilgan shartnoma;
qabul qilish komissiyasi (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasining (bundan buyon matnda davlat muassasa deb yuritiladi) soʻroviga koʻra vakolatli organlar tomonidan belgilangan masʼul xodimlardan shakllantiriladigan, bajarilgan ishlarni koʻrib chiqish, ularning hajmi va sifatini baholash hamda qabul qilishni amalga oshiruvchi guruh.
2. Bajarilgan ishlarni qabul qilib olish mazkur Nizom, shartnoma, loyiha hujjatlari, topografik materiallar va davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasiga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Komissiyani shakllantirish
3. Shartnomaning amal qilish muddati tugashiga kamida ikki oy qolganda davlat muassasasi tomonidan vakolatli organlarning hududiy boshqarmalariga, shuningdek balansda saqlovchi hududiy suv xoʻjaligi tizimi tashkilotlariga komissiya tarkibiga kiritish uchun nomzodlar koʻrsatish toʻgʻrisida yozma yoki elektron shaklda soʻrov yuboriladi.
Soʻrovda quyidagilar koʻrsatiladi:
shartnoma tuzilgan uchastkaning nomi va joylashgan manzili;
shartnomaning raqami va amal qilish muddati;
komissiya tarkibiga tavsiya etiladigan nomzodlarga qoʻyiladigan talablar;
nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish muddati.
4. Vakolatli organlarning hududiy boshqarmalari hamda balansda saqlovchi hududiy suv xoʻjaligi tizimi tashkilotlariga davlat muassasasining soʻrovi kelib tushgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida komissiya tarkibiga kiritish uchun kamida bitta masʼul xodim nomzodini yozma yoki elektron ravishda taqdim etadi.
5. Komissiya tarkibiga nomzod etib quyidagi talablarga javob beruvchi xodimlar koʻrsatiladi:
egallab turgan lavozimiga koʻra tegishli sohada vakolatga ega boʻlishi;
suv xoʻjaligi, favqulodda vaziyatlar, ekologiya, togʻ-kon yoki tegishli texnik yoʻnalishlar boʻyicha amaliy tajribaga ega boʻlishi;
qabul qilinayotgan uchastkada bajarilgan ishlar yuzasidan bevosita moddiy manfaatdor boʻlmasligi.
6. Davlat muassasasi taqdim etilgan nomzodlarni umumlashtiradi hamda shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan uchastkada bajarilgan suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanlarini tozalash ishlarini qabul qilib olish maqsadida nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kelib tushgan kundan eʼtiboran ikki ish kuni ichida komissiya tarkibini shakllantiradi.
Komissiya, qoida tariqasida, toq sondagi aʼzolardan iborat boʻladi. Komissiya tarkibi kamida besh nafar aʼzodan shakllantiriladi.
7. Komissiya tarkibi, uning raisi va kotibi davlat muassasasi rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
8. Komissiya majlisi, agar uning tasdiqlangan tarkibining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.
3-bob. Dastlabki oʻrganish hamda komissiyaning vazifalari va huquqlari
9. Komissiya tarkibi tasdiqlangan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanlarida toʻplanib qolgan qum-shagʻal materiallarini tozalash ishlari yakunlanayotgan uchastkada bajarilgan ishlarning dastlabki oʻrganilishini amalga oshiradi.
10. Komissiya shartnoma muddati tugashi munosabati bilan uchastkani qabul qilish uchun oʻrganish oʻtkazilishi haqida tashkilotni oʻrganish oʻtkaziladigan kundan kamida uch ish kuni oldin yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
11. Dastlabki oʻrganish tashkilot rahbari yoki uning vakolatli vakili ishtirokida oʻtkaziladi.
12. Komissiya aʼzolari oʻz vakolatlari doirasida quyidagi vazifalarni bajaradi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hududiy boshqarmalari xodimlari:
tozalangan oʻzanning maksimal suv sarfini oʻtkazish qobiliyati loyiha hujjatlarida koʻrsatilgan parametrlarga muvofiqligini oʻrganadi;
bahor-yoz mavsumida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan sel va toshqin suvlarini betalafot oʻtkazish qobiliyatini oʻrganadi;
toʻkma damba hosil qilish yoki tiklash ishlari loyiha va texnik hujjatlarga muvofiq bajarilganligini oʻrganadi;
oʻzan tozalash ishlari loyiha hujjatlarida belgilangan koordinata nuqtalaridan chetga chiqmagan holda amalga oshirilganligini, shuningdek topografik hujjatlarda koʻrsatilgan sath belgilaridan past chuqurlikda qazish ishlari olib borilmaganligini oʻrganadi;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hududiy boshqarmalari xodimlari:
oʻzan tozalash va toʻkma damba tiklash ishlarining sifati va yetarliligini oʻrganadi;
sel oqimlari va toshqinlar mavsumida aholi punktlariga yaqin hududlar, qishloq xoʻjaligi yerlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini suv bosishi bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar bajarilganligini oʻrganadi;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hududiy boshqarmalari xodimlari qazib olingan qum-shagʻal materiallari hajmini aniqlash maqsadida marksheyderlik oʻlchov ishlarini amalga oshirishni tashkil etadi yoki bunday ishlarni tashkil etishda ishtirok etadi;
g) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi hududiy boshqarmalari xodimlari oʻzan tozalash ishlari davlat ekologik ekspertizasi ijobiy xulosasida belgilangan talablar, cheklovlar va shartlarga muvofiq amalga oshirilganligini oʻrganadi.
13. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
oʻzan tozalash ishlari loyiha hujjatlarida, topografik materiallarda va davlat ekologik ekspertizasi xulosasida belgilangan parametrlar doirasida bajarilganligini aniqlash uchun zarur oʻlchov, koʻrik va tekshiruv ishlarini amalga oshirish;
suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanini tozalash jarayonida qum-shagʻal materiallarini qazib olish bilan bogʻliq hujjatlar, maʼlumotlar, hisob-kitoblar, sxemalar, dalolatnomalar va boshqa materiallarni tashkilotdan hamda vakolatli organlardan soʻrash va olish.
4-bob. Kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish
14. Dastlabki oʻrganish natijalari boʻyicha komissiya tomonidan aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi.
15. Davlat muassasasi tomonidan maʼlumotnoma rasmiylashtirilgan kundan eʼtiboran ikki ish kuni ichida unda koʻrsatilgan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida tashkilotga yozma yoki elektron talabnoma yuboriladi.
16. Tashkilot talabnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni shartnomaning amal qilish muddati tugagunga qadar bartaraf etishi shart.
Agar kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmasa, komissiya uchastkani qabul qilishni rad etish haqida asoslantirilgan xulosani rasmiylashtiradi.
Xulosa rasmiylashtirilgan kundan eʼtiboran ikki kun ichida tashkilotga yozma shaklda bevosita yoki elektron pochta orqali yuboriladi.
5-bob. Qayta oʻrganish va uchastkani qabul qilish
17. Shartnomaning amal qilish muddati tugagan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida Komissiya tomonidan talabnomada koʻrsatilgan kamchiliklarning bartaraf etilganligi joyiga chiqqan holda qayta oʻrganiladi.
18. Qayta oʻrganish natijalariga koʻra komissiya tomonidan mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq uchastkani qabul qilish toʻgʻrisida uch nusxada dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
19. Dalolatnomaning:
birinchi nusxasi — davlat muassasasida;
ikkinchi nusxasi — uchastkani qabul qilib oluvchi hududiy suv xoʻjaligi tizimi tashkilotida;
uchinchi nusxasi — oʻziga biriktirilgan uchastkada shartnoma asosida oʻzan tozalash ishlarini amalga oshirish huquqi berilgan tashkilotda saqlanadi.
20. Uchastka mazkur Nizom talablariga muvofiq qabul qilib olingan kundan eʼtiboran tegishli balansda saqlovchi suv xoʻjaligi tizimi tashkilotiga topshirilgan hisoblanadi.
6-bob. Apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish
21. Tashkilot uchastkani qabul qilish jarayoni va uning natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda, komissiya tomonidan qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 10 kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga apellyatsiya shikoyati berishga haqli.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirining buyrugʻiga asosan apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish uchun besh nafar aʼzodan iborat Apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Apellyatsiya komissiyasining tarkibini shakllantirish va tasdiqlash apellyatsiya shikoyati kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
23. Apellyatsiya komissiyasi tarkibi apellyatsiya berilgan uchastkani qabul qilish jarayonida ishtirok etmagan vakolatli davlat organlari xodimlaridan shakllantiriladi.
Tashkilot shikoyatni koʻrib chiqishda ishtirok etish huquqiga ega.
24. Apellyatsiya komissiyasi shikoyatni koʻrib chiqish sanasi va joyi toʻgʻrisida tashkilotni kamida 3 ish kuni oldin yozma yoki elektron shaklda xabardor qilishi lozim.
25. Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijalariga koʻra Apellyatsiya komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish;
apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish.
26. Qabul qilingan qaror apellyatsiya shikoyatini bergan tashkilotga yozma shaklda bevosita yoki elektron pochta orqali yuboriladi.
Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish muddati shikoyat kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kundan oshmasligi lozim.
27. Tashkilot Apellyatsiya komissiyasi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, ushbu qaror ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishga haqli.
28. Ayni bir uchastka boʻyicha Apellyatsiya komissiyasiga takroran apellyatsiya shikoyati berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
7-bob. Yakuniy qoida
29. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanlarida sel va toshqin xavfi mavjud boʻlgan hududlarda toʻplanib qolgan qum-shagʻal materiallarini tozalash ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlarni qabul qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanini tozalash jarayonida qum-shagʻal materiallarini qazib olish ishlari tugallangan uchastkani topshirish-qabul qilish boʻyicha____-sonDALOLATNOMA20__-yil “___”________________________(tuzilgan joy)Suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanlarida sel va toshqin xavfi mavjud boʻlgan hududlarda toʻplanib qolgan qum-shagʻal materiallarini tozalash ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlarni qabul qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq tashkil etilgan qabul qilish komissiyasi tomonidan _______________ viloyati (shahri) _____________ tumani “_________” MFY hududidan oqib oʻtuvchi _________________ suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanidagi uchastka oʻzanni tozalash jarayonida qum-shagʻal materiallarini qazib olish ishlari tugallangan qismini qabul qilib olish komissiya tomonidan joyiga chiqqan holda oʻrganildi va quyidagilar aniqlandi:1. Bajaruvchi:______________________ (tashkilotlar) tomonidan suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanini tozalash va qum-shagʻal materiallarini qazib olish ishlari yakunlanganligi aniqlandi.2. Obyektning loyiha hujjatlari __________________ loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan va “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” davlat muassasasi tomonidan 20__-yil “ ” dagi __son xulosasi berilgan.3. Obyektda ishlar: “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” davlat muassasasi xulosasida belgilangan parametrlar asosida (yoki parametrlardan chetga chiqqan holda) amalga oshirilgan (tagiga chiziladi).4. Amalga oshirilgan loyiha hujjatlariga asosida: obyektda tozalanadigan suv xoʻjaligi obyektlari oʻzani uzunligi _____ m, eni ____ m va chuqurligi ____ metrni tashkil etadi.Oʻzan tozalash jarayonida mazkur parametrlar toʻliq bajarilishi shartligi belgilangan boʻlib, hududning geografik koordinatalari:1.40°19'25.14''C71°55'22.39''B5.2.6.3.7.4.8.5. Oʻzan tozalash ishlari olib borilgan vaqt: uchastkada suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanini tozalash jarayonida qum-shagʻal materiallarini qazib olish ishlariningboshlanish vaqti:“___”______ 20__-yil;yakunlanish vaqti:“___”______ 20__-yil.6. Holati: Loyiha hujjatlariga asosan uchastkada suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanini tozalash jarayonida qum-shagʻal qazib olish ishlari toʻliq (yoki qisman) yakunlanib, quyidagi parametrlarga erishildi.Texnik loyiha quvvatlari nomiOʻlchov birligi(m)Loyihaviy oʻlchamlariAmalda bajarilganligioʻzan uzunligienichuqurligi-7. Shartnoma doirasida atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilgan (amalga oshirilgan tadbirlar yoritiladi).8. Loyiha asosida belgilangan ishlar toʻliq yakunlanganligi munosabati bilan obyektda bajarilgan ishlarni tasdiqlovchi fotosuratlar, hisob-faktura va boshqa birlamchi ijro hujjatlari taqdim etiladi.Yuqoridagilardan kelib chiqib, _____________ viloyati (shahri) __________ tumani “________” MFYdagi ___________ suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanidagi uchastka belgilangan tartibda “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” davlat muassasasining ekologik ekspertizasi talablariga muvofiq bajarilganligi sababli ___________ viloyati (shahri) ___________ suv xoʻjaligi obyektini balansda saqlovchi tashkilotlarga topshirilishiga tayyor deb hisoblansin.Ilova: Amalga oshirilgan ishlar fotolavhalari.Komissiya raisi“Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi boʻlinma boshligʻi_______________________________(imzo)(F.I.O.)Qabul qilib olish komissiya aʼzolari:Suv xoʻjaligi tizim tashkiloti boshligʻi (oʻrinbosari)_______________________________(imzo)(F.I.O.)Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boʻlim boshligʻi_______________________________(imzo)(F.I.O.)Davlat ekologik nazorat inspeksiyasining inspektori_______________________________(imzo)(F.I.O.)Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hududiy boshqarmasi boʻlim boshligʻi_______________________________(imzo)(F.I.O.)Komissiya kotibi:“Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasining hududiy boʻlinmasi xodimi_______________________________(imzo)(F.I.O.)Topshirdi:Suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanlarida toʻplanib qolgan qum-shagʻal materiallaridan tozalash ishlarini amalga oshirgan tashkilot rahbari_______________________________(imzo)(F.I.O.)Qabul qilib oldi:Suv xoʻjaligi obyektining balansda saqlovchi tashkilot rahbari (oʻrinbosari)_______________________________(imzo)(F.I.O.)
