“1759-modda. Hakamlik sudlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish — Hakamlik sudlari faoliyati yanada takomillashtirilishi hamda budjet intizomi kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1141-son)
“1759-modda. Hakamlik sudlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish
Hakamlik sudlari faoliyati yanada takomillashtirilishi hamda budjet intizomi kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1141-son) · Sana: 21.04.2026 · Amalda
Hakamlik sudlarini qonunga xilof ravishda tashkil etish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Davlat organlarining, tashkilotlarining va muassasalarining, davlat ishtirokidagi korxonalarning, shuningdek fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining hakamlik bitimi taraflari boʻlishi, basharti jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari, davlat ishtirokidagi korxonalar, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan qonunga xilof ravishda hakamlik sudi qarorlarining ixtiyoriy ijro etilishi, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi yoki uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
2) 245-moddaning birinchi qismi “1758” raqamidan keyin “1759” raqami bilan toʻldirilsin;
3) 2452-moddaning ikkinchi qismi “Ushbu Kodeksning” degan soʻzlardan keyin “1759” raqami bilan toʻldirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 16-oktabrda qabul qilingan “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-64-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 541-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 5-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2024-yil, № 2, 105-modda, № 12, 1286-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 3-moddaning:
toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining nizomi — hakamlik sudini tashkil etgan nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan tasdiqlanadigan lokal hujjat boʻlib, u doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining huquqiy maqomini, tashkil etilishini, faoliyatini tartibga soladi, shuningdek uning mazkur hakamlik sudini tashkil etgan nodavlat notijorat tashkiloti hamda boshqa yuridik shaxslar bilan oʻzaro munosabatlarini belgilaydi”;
beshinchi xatboshisidagi “yuridik shaxs” degan soʻzlar “nodavlat notijorat tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshisidagi “nodavlat organ” degan soʻzlar “nodavlat tuzilma” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 5-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari, davlat ishtirokidagi korxonalar, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hakamlik sudlarini tashkil etishi hamda hakamlik bitimi taraflari boʻlishi mumkin emas”;
3) 6-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan tashkil etiladi va uning huzurida faoliyat koʻrsatadi.
Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi nodavlat notijorat tashkiloti doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudini tashkil etish haqida qaror qabul qilganida, doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining qoidalarini va kamida uch nafardan iborat hakamlik sudyalari roʻyxatini tasdiqlaganida tashkil etilgan deb hisoblanadi.
Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudini tashkil etgan nodavlat notijorat tashkiloti uning tashkil etilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar nusxalarini hakamlik sudi joylashgan yerdagi adliya organiga yuboradi”;
4) 9-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hakamlik sudlari maʼmuriy, oilaviy va mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi nizolarni, yer bilan bogʻliq, binolar va inshootlarga egalik huquqini belgilash, budjet tizimi budjetlaridan hamda davlat organlaridan, tashkilotlaridan va muassasalaridan, davlat ishtirokidagi korxonalardan, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan pul mablagʻlarini undirish bilan bogʻliq nizolarni, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa nizolarni hal etmaydi”;
5) 14-modda:
quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Hakamlik sudyalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan maxsus dastur asosida oʻquv kursidan oʻtishi hamda oʻz bilimlarini va kasbiy malakasini doimiy ravishda oshirib borishi kerak”;
birinchi — toʻrtinchi qismlari tegishincha ikkinchi — beshinchi qismlar deb hisoblansin;
beshinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “muomalaga layoqatsiz deb topilganligi toʻgʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud boʻlgan shaxs” degan soʻzlar “muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 15-moddaning ikkinchi qismidagi “yuridik shaxs” degan soʻzlar “nodavlat notijorat tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 35-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Hakamlik muhokamasida hakamlik sudyasi boʻlgan shaxs mazkur hakamlik muhokamasida taraflarning vakili sifatida ishtirok etishi mumkin emas”;
uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
8) 38-moddaning uchinchi qismidagi “35-moddasining uchinchi qismida” degan soʻzlar “35-moddasining toʻrtinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 40-moddaning ikkinchi qismidagi “35-moddasining uchinchi qismi” degan soʻzlar “35-moddasining toʻrtinchi qismi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 46-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining hal qiluv qarorini olgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida, huquqlari va majburiyatlari haqida hakamlik sudi hal qiluv qarorini qabul qilgan, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslar esa hakamlik sudi hal qiluv qarori qabul qilinganligi ularga maʼlum boʻlgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida vakolatli sudga ushbu hal qiluv qarorini bekor qilishni soʻrab ariza berish yoʻli bilan hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashishi mumkin”;
11) 49-modda:
birinchi qismi “ijro etiladi” degan soʻzlardan keyin “bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Hakamlik sudining hal qiluv qarori davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari, davlat ishtirokidagi korxonalar, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan ixtiyoriy ijro etilishi mumkin emas”.
quyidagi mazmundagi oʻttiz uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“budjet tizimi budjetlaridan pul mablagʻlarini undirish bilan bogʻliq sud muhokamalarida qonunda belgilangan tartibda ishtirok etadi hamda budjet manfaatlarini koʻzlab sudlarga arizalar, daʼvo arizalari va shikoyatlar kiritadi, jinoyat alomatlarini koʻrsatuvchi maʼlumotlar aniqlangan taqdirda, bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar beradi”;
oʻttiz uchinchi va oʻttiz toʻrtinchi xatboshilari tegishincha oʻttiz toʻrtinchi va oʻttiz beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2) 187-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“gʻaznachilik boʻlinmalarida roʻyxatdan oʻtkazilmagan yoki roʻyxatdan oʻtkazilishi rad qilingan, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish toʻgʻrisida tuzilgan shartnomalarga, shuningdek ularga kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarga asosan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qabul qilib olish”;
uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari tegishincha toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 22-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791, 792-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1, 3-moddalar, № 3, 198, 199-moddalar; 2021-yil, № 1, 8-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 213-modda, № 8, 800-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda, № 12, 1007-modda; 2024-yil, № 2, 115-modda, № 8, 827-modda, № 9, 964, 969-moddalar, № 11, 1191-modda, № 12, 1280, 1286-moddalar; 2025-yil, № 1, 8-modda, № 3, 373-modda, № 6, 729-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin:
1) 56-moddaning ikkinchi qismi:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“arbitrlar, arbitraj tarkibi tomonidan tayinlangan ekspertlar, arbitraj muassasasining xodimlari, hakamlik sudyalari — arbitraj yoki hakamlik muhokamasi davomida oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan holatlar toʻgʻrisida”;
uchinchi xatboshisi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
2) 70-modda quyidagi mazmundagi 42-band bilan toʻldirilsin:
“42) hakamlik muhokamasi davomida ayni shu nizo bilan bogʻliq holda hakamlik sudyasi sifatida ishtirok etgan shaxslar”;
3) 181-moddaning birinchi qismi “sud buyrugʻining koʻchirma nusxasini olgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda” degan soʻzlardan keyin “huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud buyrugʻi qabul qilingan shaxslar esa sud buyrugʻi qabul qilinganligi ularga maʼlum boʻlgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) 349-moddaning birinchi qismi “qarorni olgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida” degan soʻzlardan keyin “huquqlari va majburiyatlari haqida hakamlik sudi hal qiluv qarorini qabul qilgan, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslar esa hakamlik sudi hal qiluv qarori qabul qilinganligi ularga maʼlum boʻlgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
5) 350-modda quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Huquqlari va majburiyatlari haqida hakamlik sudi hal qiluv qarorini qabul qilgan, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizaga ushbu modda toʻrtinchi qismining 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarni ilova qilmagan taqdirda, mazkur hujjatlar sud tomonidan ularni saqlayotgan shaxsdan talab qilib olinadi”.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261, 266-moddalar, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, № 1, 10-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 463-modda, № 6, 577-modda, № 8, 787-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 9, 964, 969-moddalar, № 12, 1280, 1286-moddalar; 2025-yil № 3, 373-modda, № 6, 729-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin:
1) 65-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Hakamlik yoki arbitraj muhokamasi davomida ayni shu nizo bilan bogʻliq holda hakamlik sudyasi yoki arbitr sifatida ishtirok etgan shaxslar taraflarning vakili boʻla olmaydi”;
uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
2) 147-moddaning birinchi qismi “sud buyrugʻining koʻchirma nusxasini olgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda” degan soʻzlardan keyin “huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud buyrugʻi qabul qilingan shaxslar esa sud buyrugʻi qabul qilinganligi ularga maʼlum boʻlgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 223-moddaning birinchi qismi “qarorni olgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida” degan soʻzlardan keyin “huquqlari va majburiyatlari haqida hakamlik sudi hal qiluv qarorini qabul qilgan, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslar esa hakamlik sudi hal qiluv qarori qabul qilinganligi ularga maʼlum boʻlgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) 224-modda quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Huquqlari va majburiyatlari haqida hakamlik sudi hal qiluv qarorini qabul qilgan, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizaga ushbu modda toʻrtinchi qismining 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarni ilova qilmagan taqdirda, mazkur hujjatlar sud tomonidan ularni saqlayotgan shaxsdan talab qilib olinadi”.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-aprelda qabul qilingan “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-684-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 4, 289-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 12, 1288-modda; 2025-yil, № 2, 188-modda, № 4, 519-modda, № 6, 730-modda) 27-moddasining toʻrtinchi qismi “axborot joylashtirish” degan soʻzlardan keyin “shartnomani tegishli gʻaznachilik boʻlinmasida roʻyxatdan oʻtkazish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bosh prokuraturasi, Oliy sudi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
9-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ushbu Qonun kuchga kirgan kunda faoliyat koʻrsatayotgan hakamlik sudlari, hakamlik sudlarini tashkil etgan tashkilotlar oʻz faoliyatini uch oy ichida ushbu Qonunga muvofiqlashtirishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 21-aprel,
OʻRQ-1141-son
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “1759-modda. Hakamlik sudlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish Hakamlik sudlari faoliyati yanada takomillashtirilishi hamda budjet intizomi kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1141-son). neolex.uz/uz/laws/law-8158837/1759 (lex.uz/docs/-8154966)