“Ipak yoʻli” davlat muzeyini tashkil etish toʻgʻrisida (PQ-153-son)
21.04.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
[Koʻchirma]
Samarqand shahrining jahon sivilizatsiyasi va Ipak yoʻli tarixidagi beqiyos oʻrnini chuqur yoritish, uning boy tarixiy-madaniy merosini asrab-avaylash va zamonaviy muzey shakllari orqali keng jamoatchilikka taqdim etish, shuningdek, shaharning sayyohlik jozibadorligini oshirish va turistik salohiyatini yanada kuchaytirish maqsadida qaror qilaman:
1. Samarqand shahri Koʻksaroy maydoni 2-uy manzilida “Ipak yoʻli” davlat muzeyi (keyingi oʻrinlarda — Muzey) tashkil etilsin.
2. Belgilansinki:
(a) Muzey davlat muassasasi hisoblanadi va Madaniy meros agentligi tizimiga kiradi hamda Muzey faoliyati uning binosida qurilish-montaj ishlari yakunlanganidan soʻng boshlanadi;
(b) Muzeyni saqlash xarajatlari Samarqand viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari, Muzeyning oʻz daromadlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi;
(v) Muzeyga shtat birliklarini ajratish hamda xodimlarga ish haqi toʻlash Madaniy meros agentligi tizimidagi muzeylar uchun belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar Muzey binosini loyihalash, qurish, jihozlash, hududini obodonlashtirish va Muzey ekspozitsiyasini yaratish ishlarini (keyingi oʻrinlarda — qurilish-montaj ishlari) amalga oshirishning moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
(a) loyihalash ishlari boʻyicha 2026-yilda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda Dastur doirasida iqtisod qilingan mablagʻlar;
(b) Muzey binosini qurish, jihozlash, hududini obodonlashtirish va Muzey ekspozitsiyasini yaratish ishlari boʻyicha — buyurtmachining hisob-kitobiga koʻra 2026-yil uchun moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida iqtisod qilingan, shuningdek, 2027-2028-yillar uchun ushbu dastur doirasida ajratiladigan mablagʻlar.
6. Samarqand viloyati hokimligi:
(a) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Madaniy meros agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kadastr agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Samarqand shahri Koʻksaroy maydoni 2-uy manzilida joylashgan Samarqand viloyati hokimligining avtoxoʻjaligi binosi hamda unga tutash boʻlgan hudud bilan birgalikda jami 9 gektar yer uchastkasi Muzey binosini qurish uchun Madaniy meros agentligiga davlat mulki sifatida operativ boshqarish huquqi asosida bepul berilishini va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
(b) 9 gektar yer uchastkasi hududida joylashgan mulk huquqi asosida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli koʻchmas mulk obyektlarini Muzey tashkil etish maqsadida jamoat ehtiyoji uchun baholangan qiymatda Madaniy meros agentligi tasarrufiga olinishini;
(v) Kadastr agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Madaniy meros agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Samarqand shahri Koʻksaroy maydoni 2-uy manzilida joylashgan Samarqand viloyati hokimligining avtoxoʻjaligi binosini Muzey binosini qurish ishlarini jadallashtirish maqsadida demontaj qilish uchun Madaniy meros agentligiga kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
7. Jamoat ehtiyoji uchun olingan jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli koʻchmas mulk obyektlari qiymati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kompensatsiya qilinadi.
9. Muzey binosida qurilish-montaj ishlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan qurilish materiallari, uskunalar, maxsus texnikalar, mexanizmlar, metall konstruksiyalar, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, xomashyo va materiallar, oʻsimliklar, jihozlar, mebel va inventarlar 2029-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod etilsin. Bunda mazkur bandda nazarda tutilgan imtiyozlar, istisno tariqasida, Madaniy meros agentligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat asosida taqdim etilishi inobatga olinsin.
10. Tashqi ishlar vazirligi Jamgʻarma va Madaniy meros agentligining viza talabnomalariga binoan Muzey binosida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan chet ellik mutaxassislarga kirish vizalari konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirilmasdan zarur hollarda, Toshkent va Samarqand xalqaro aeroportlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
11. “Ipak yoʻli” davlat muzeyini tashkil etish boʻyicha 2026 — 2028-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
12. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Muzey faoliyatini keng yoritib borish tavsiya etilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
14. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Madaniy meros agentligi direktori B.G. Abdikarimov hamda Samarqand viloyati hokimi A.M. Boboyev belgilansin.
15. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 21-aprel,
PQ-153-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-apreldagi PQ-153-son qaroriga 2-ILOVA
“Ipak yoʻli” davlat muzeyini tashkil etish boʻyicha 2026 — 2028-yillarga moʻljallangan
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-apreldagi PQ-153-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va xalqaro tashkilotlarga aʼzolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4756-son qaroriga 1-ilovada:
(a) quyidagi mazmundagi 201-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
(b) quyidagi mazmundagi 67-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida madaniy meros sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-177-son qaroriga 2-ilova “Oqqoʻrgʻon tumani oʻlkashunoslik muzey-memoriali” soʻzlaridan keyin “, “Ipak yoʻli” davlat muzeyi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-400-son qarori bilan tasdiqlangan Xodimlarining ish haqi miqdorlari oshirilayotgan davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari roʻyxati quyidagi mazmundagi 531-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
4. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-dekabrdagi “2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 975-son qarorida:
(a) 2-ilovaning “Samarqand viloyati” boʻlimi quyidagi mazmundagi 42-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
(b) 4-ilovaning “Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan moliyalashtiriladigan muzeylar” boʻlimi quyidagi mazmundagi 101-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
