“170-modda. Valyuta qimmatliklarini, qimmatbaho metallar va (yoki) qimmatbaho toshlarni qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga valyuta hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar muomalasi bilan bogʻliq munosabatlarni takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida (O‘RQ-1138-son) · Sana: 21.04.2026 · Amalda
Valyuta qimmatliklarini, qimmatbaho metallar va (yoki) qimmatbaho toshlarni qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish, —
valyuta qimmatliklari, qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar musodara qilinib, oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq oʻziga nisbatan maʼmuriy qamoq qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
2) 171-moddaning:
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin;
uchinchi qismidagi “Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan soʻzlar “Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 271-moddaning 11-bandidagi “171-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan soʻzlar “171-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 21-aprel,
OʻRQ-1138-son
