29-modda. Jamiyat tomonidan obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish
Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar toʻgʻrisida (O‘RQ-1137-son) · Sana: 21.04.2026 · Amalda
Jamiyat obligatsiyalarni qonunchilikda belgilangan tartibda chiqarishga va joylashtirishga haqli.
Jamiyat tomonidan obligatsiyalarni chiqarish ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi qaroriga yoki, agar jamiyat ustavida jamiyatning kuzatuv kengashiga bunday qaror qabul qilish vakolati berilgan boʻlsa, jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Jamiyat tomonidan obligatsiyalar chiqarishga uning ustav fondi (ustav kapitali) toʻliq toʻlanganidan keyin ruxsat etiladi.
Obligatsiyalarni chiqargan jamiyat tomonidan joylashtirish yoʻli bilan oshkor etilishi majburiy boʻlgan muhim fakt va boshqa axborot qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Jamiyat tomonidan korporativ obligatsiyalarini chiqarish haqidagi qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran ikki ish kuni ichida Korporativ axborotning yagona portaliga va oʻz rasmiy veb-saytiga muhim fakt sifatida joylashtirish yoʻli bilan oshkor qilinadi.
