26-modda. Jamiyatning foydasini jamiyat ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash
Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar toʻgʻrisida (O‘RQ-1137-son) · Sana: 21.04.2026 · Amalda
Jamiyat oʻz sof foydasini jamiyat ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash toʻgʻrisida yilning har choragida, yarim yilda bir marta yoki bir yilda bir marta qaror qabul qilishga haqli. Jamiyatning jamiyat ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlanadigan foydasi qismini aniqlash toʻgʻrisidagi qaror jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.
Jamiyat foydasining uning ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash uchun moʻljallangan qismi (dividendlar) ularning jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Dividendlarni toʻlash muddati va tartibi jamiyatning ustavida yoki ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi qarorida belgilanadi. Bunda dividendlarni toʻlash muddati jamiyat ishtirokchilari oʻrtasida foydani taqsimlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oltmish kundan oshmasligi kerak.
