10-modda. Jamiyat ishtirokchilarining majburiyatlari
Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar toʻgʻrisida (O‘RQ-1137-son) · Sana: 21.04.2026 · Amalda
Jamiyat ishtirokchilari:
ushbu Qonunda va jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, miqdorda, usullarda va muddatlarda hissa qoʻshishi;
oʻziga oid maʼlumotlar (oʻzining joylashgan yeri (pochta manzili), telefon raqami, elektron pochta manzili) oʻzgarganligi haqida jamiyatni xabardor qilishi;
jamiyat faoliyati toʻgʻrisidagi sir tutilgan axborotni oshkor etmasligi shart.
Jamiyat ishtirokchilarining zimmasida qonunchilikda va jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
