Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida (PQ-136-son)
26.07.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy va savdo aloqalari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 21-iyuldagi PF-3631-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar. investitsiyalar va savdo vazirligi faoliyati samarali tashkil etilishini taʼminlash maqsadida;
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga “Oʻztadbirkoreksport” AJ, “Oʻzsanoateksport” AJ, “Oʻrta Osiyo Trans” AJ, “Oʻzbekekspertiza” AJ, “Oʻzekspomarkaz MKK” AJ aksiyalarining davlat paketlari boʻyicha aksiyadorlik vazifalari yuklatilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzurida Tashqi iqtisodiy faoliyatning axborot taʼminotini tashkil etish va tashqi bozorlar marketing tadqiqotlari hamda moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi, shuningdek uning mablagʻlarini shakllantirish manbalari saqlab qolinsin.
6. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 28-avgustdagi 409-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 23-oktabrdagi 368-son qarori 7-bandining 4-xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 26-iyul,
PQ-136-son
