Qishloq xoʻjaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot institutlarining oʻquv-tajriba xoʻjaliklari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (173-son)
16.04.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qishloq xoʻjaligida maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalari orqali dolzarb muammolarning ilmiy yechimlarini ishlab chiqish, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini taʼminlash, zamonaviy intensiv dehqonchilikni keng joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga muvofiq qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan qishloq xoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining taklifiga koʻra — davlat ilmiy-tadqiqot va taʼlim tashkilotlariga ijara huquqi asosida berilishi belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Navoiy va Qashqadaryo viloyati hokimliklarining Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Navoiy viloyati ilmiy-tajriba stansiyalari hamda Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutiga (keyingi oʻrinlarda — Institutlar) ilmiy-tadqiqot loyihalarining dala-tajribalarini amalga oshirish uchun oʻquv-tajriba xoʻjaliklarini tashkil etish maqsadida tumanlar hokimliklari tasarrufida boʻlgan ilovaga muvofiq boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida ajratish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Belgilansinki:
ushbu qarorga ilovaga muvofiq qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari Institutlarga 30 yil muddatga, Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga asosan ijara shartnomasi muddati tugagandan keyin uzaytirish huquqi bilan ijaraga beriladi;
Institutlarga ajratiladigan yer uchastkalarida qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtiriladi va qishloq xoʻjaligi tarmoqlarida erishilgan ilmiy natijalar, ilgʻor tajribalar, zamonaviy texnologiyalar va usullar sinovdan oʻtkaziladi;
Institutlar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga yoki ikkilamchi ijaraga berish huquqiga ega emas;
oʻquv-tajriba xoʻjaliklarini tashkil etish va saqlash bilan bogʻliq xarajatlar Institutlarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Institutlarga ajratilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalaridan samarali va maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 16-aprel,
173-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 173-son qaroriga ILOVA
Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Navoiy viloyati ilmiy-tajriba stansiyalariga hamda Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutiga ilmiy tadqiqot loyihalarining dala-tajribalarini amalga oshirish uchun oʻquv-tajriba xoʻjaliklarini tashkil etish uchun ajratiladigan yer uchastkalari
ROʻYXATI
T/rHududlar nomiYer uchastkalari manziliKontur raqamiJami yer maydoni,gektarShundan:tumanlar nomijoy nomisugʻoriladigan ekin yerlarbogʻboshqa yerlarI. Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpogʻiston Respublikasi ilmiy-tajriba stansiyasi1.Qoraqalpogʻiston RespublikasiKegeyli tumani“Aqtuba” OFY4049, 4050, 405119,4415,184,26Jami:319,4415,184,26II. Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Navoiy viloyati ilmiy-tajriba stansiyasi2.Navoiy viloyatiQiziltepa tumani“Tavois” MFY261q, 263, 269, 322q, 326, 327, 328, 368, 370, 371, 372q, 373q, 374, 375, 376q, 407, 42053,1635,9914,872,30Jami:1753,1635,9914,872,30III. Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti3.Qashqadaryo viloyatiGʻuzor tumani“Boʻston” MFY324q, 352q, 353q, 354, 358q, 360q, 361q, 362q, 363q, 364, 365, 372q, 373, 374q, 375, 376q, 385, 386, 387197,48139,5257,96Jami:19197,48139,5257,96Hammasi:39270,08190,6914,8764,52
