“662-modda. Voyaga yetmagan guvohning qonuniy vakili
Bolalarni zoʻravonlikdan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1130-son) · Sana: 17.04.2026 · Amalda
Guvoh voyaga yetmagan shaxs boʻlgan hollarda, uning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun guvohning qonuniy vakili ishda ishtirok etishga jalb qilinadi.
Ishda qonuniy vakil sifatida ota-ona, farzandlikka olgan shaxs, vasiylar, homiylar, vasiylik va homiylik organining vakillari ishtirok etishi mumkin. Voyaga yetmagan guvohning qonuniy vakili ishda oʻzi vakillik qilayotgan shaxs bilan birga ishtirok etadi.
Qonuniy vakilning ishda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilganligi haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Guvohning manfaatlari bilan qonuniy vakilning manfaatlari oʻzaro mos kelmagan taqdirda, qaror yoxud ajrim bilan boshqa qonuniy vakil yoki advokat jalb qilinadi.
Voyaga yetmagan guvohning qonuniy vakili ushbu Kodeksda qonuniy vakil uchun nazarda tutilgan huquq va majburiyatlarga ega boʻladi”;
2) 121-moddaning:
toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Voyaga yetmagan guvohni yoki jabrlanuvchini soʻroq qilishning bir kun mobaynidagi umumiy davomiyligi voyaga yetmaganning yoshidan va holatidan kelib chiqishi hamda:
1) 7 yoshgacha boʻlganlarga nisbatan — tanaffuslarsiz oʻttiz daqiqadan, jami bir soatdan;
2) 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlganlarga nisbatan — tanaffuslarsiz bir soatdan, jami ikki soatdan;
3) 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlganlarga nisbatan — tanaffuslarsiz ikki soatdan, jami toʻrt soatdan oshmasligi kerak.
Voyaga yetmagan guvohni yoki jabrlanuvchini qoʻshimcha soʻroq qilish soʻroq qilinuvchi ishning oʻziga maʼlum boʻlgan barcha holatlari toʻgʻrisida koʻrsatuv bera olishi uchun ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan soʻroqning umumiy davom etish vaqti yetarli boʻlmagan hollarda, shuningdek ushbu Kodeks 108-moddasining 2 — 7-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda ham amalga oshiriladi”;
beshinchi — toʻqqizinchi qismlari tegishincha oltinchi — oʻninchi qismlar deb hisoblansin;
3) 345-moddaning yettinchi qismidagi “130-moddasi uchinchi qismida” degan soʻzlar “1291-moddasi ikkinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
