“174-modda. Soliqlarni yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga soliq va tadbirkorlik sohasidagi huquqiy munosabatlarni takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1131-son) · Sana: 17.04.2026 · Amalda
Foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirish, kamaytirib koʻrsatish, shuningdek soliqlarni yoki yigʻimlarni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlash, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ancha miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Daromadlar toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etishdan boʻyin tovlash, deklaratsiyani oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoki unda atayin notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan soliqlarni yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlashning ancha miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan olti yuz baravarigacha boʻlgan miqdor hisoblanadi”;
2) 264-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
