Nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish tartibi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (176-son)
16.04.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, shuningdek, nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish, taʼlim xizmatlarini oluvchilar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, xorijiy tillarga oʻqitish sohasida qoʻshimcha taʼlim xizmatlarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ikki oy muddatda qoʻshimcha taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanish boʻyicha tasdiqnomaga hamda nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun litsenziyaga ega jismoniy va yuridik shaxslarning faoliyati mazkur qaror bilan belgilangan talab va shartlarga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
3. Adliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Litsenziya” axborot tizimi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida qoʻshimcha taʼlim faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida xabarnomani yuborish imkoniyatini yaratish choralarini koʻrsin.
4. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Ushbu qaror 2026-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E.G. Karimova hamda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 16-aprel,
176-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 176-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomda:
a) 54 va 58-bandlardagi “vakil bilan kelishgan” soʻzlari “vakilni xabardor etgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovada:
5-pozitsiyaning uchinchi ustunidagi “I. Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim xizmatlari uchun:” boʻlimi “a” kichik bandi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“bolalar uchun qoʻshimcha taʼlim doirasida chet tillariga oʻqitgan hollarda, pedagoglarning kasbiy rivojlantirish taʼlim tashkilotlarida malakasi oshirilganligi”;
9-pozitsiyaning uchinchi ustuni “III. Quyidagilar nodavlat taʼlim xizmatlarining litsenziyalanadigan faoliyat turlarining alohida talab va shartlari hisoblanadi:” boʻlimi “Umumiy oʻrta taʼlim xizmatlari boʻyicha litsenziya talablari va shartlari” qatori quyidagi mazmundagi 11-band bilan toʻldirilsin:
2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomning 20-ilovasida:
a) 9-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi “b1” kichik bandi bilan toʻldirilsin:
“b1) chet el fuqarolari boʻlgan pedagog xodimlar beradigan taʼlim, shu jumladan, chet tillarini oʻrgatish faoliyati boʻyicha kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlishi”;
b) 10-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Vakolatli organ yuridik va jismoniy shaxslarga ruxsatnoma berish maqsadga muvofiqligi yuzasidan boshqa davlat organlaridan qoʻshimcha xulosalar olishi mumkin (10 ish kuni)”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori bilan tasdiqlangan Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomda:
a) 41-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xabardor qilish talablari hamda shartlariga rioya etilishini asoslar mavjud boʻlgan taqdirda va tekshiruvlar haqida muvofiqlashtiruvchi vakolatli organ belgilangan tartibda xabardor etilganda joyiga chiqqan holda tekshirish orqali”;
b) 46-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“46. Ushbu Nizomning 45-bandida nazarda tutilgan tekshirishlar belgilangan tartibda muvofiqlashtiruvchi vakolatli organ xabardor etilgan holda amalga oshiriladi”;
v) 6-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor etish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 6-ILOVA
Qoʻshimcha taʼlim faoliyatining
PASPORTI
g) 7-ilovaning 9-pozitsiyasi uchinchi ustunida:
quyidagi mazmundagi “a1” kichik band bilan toʻldirilsin:
“a1) tayanch mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun qoʻshimcha kasbiy bilim, malaka va koʻnikmalarning zarur hajmi egallanishini, shuningdek, kasbiy bilim, koʻnikma va malakalarning chuqurlashtirilishi hamda yangilab borilishini taʼminlashga oid faoliyatga mos kelmaydigan taʼlim faoliyatini amalga oshirmaslik;*”;
“g” kichik banddagi “Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
