16-modda. Valyuta nazoratining maqsad va yoʻnalishlari
Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida (841-XII-son) · Sana: 07.05.1993 · Kuchini yo'qotgan
1. Valyuta nazoratining maqsadi valyuta operatsiyalarini amalga oshirish vaqtida valyuta qonunlariga rioya etilishini taʼminlashdan iboratdir.
2. Valyuta nazoratining asosiy yoʻnalishlari:
amalga oshirilayotgan valyuta operatsiyalarining amaldagi valyuta qonunlariga mos boʻlishini va shu ish uchun kerakli ruxsatnomalar bor-yoʻqligini;
rezidentlar respublika valyuta fondiga chet el valyutasida soliq va boshqa toʻlovlar toʻlash boʻyicha majburiyatlarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga chet el valyutasini sotish boʻyicha majburiyatlarini qanday bajarayotganini;
Respublika valyuta fondidan ajratiladigan valyuta mablagʻlaridan moʻljallangan aniq maqsadga muvofiq va qanchalik samarali foydalanilayotganligini;
chet el valyutasidagi toʻlovlarning asosliligini;
valyuta operatsiyalari boʻyicha hisobga olish va hisobot mukammal hamda xolis boʻlishini tekshirishdan iboratdir.
