“1855-modda. Portativ lazerli nur tarqatgichlarning qonunga xilof muomalasi
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1132-son) · Sana: 17.04.2026 · Amalda
Portativ lazerli nur tarqatgichlardan qonunga xilof ravishda foydalanish, basharti ushbu Kodeksning 1161-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud boʻlmasa, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Portativ lazerli nur tarqatgichlarni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Portativ lazerli nur tarqatgichlarni qonunga xilof ravishda oʻtkazish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
2) 245-moddaning birinchi qismi “1854” raqamidan keyin “1855” raqami bilan toʻldirilsin;
3) 248-modda:
ikkinchi qismi:
4-bandidagi:
“1286-moddasida” degan soʻzlar “1286-moddasida, 138-moddasida (piyodalarga nisbatan)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika katta inspektorlari va inspektorlari” degan soʻzlar “mahalla huquq-tartibot maskanining profilaktika bosh inspektorlari, katta inspektorlari, inspektorlari va kichik inspektorlari, shuningdek ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika katta inspektorlari, inspektorlari va kichik inspektorlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 8-band bilan toʻldirilsin:
“8) ushbu Kodeksning 54, 561-moddalarida, 911-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 110-moddasining birinchi qismida (fuqarolarga nisbatan), 111-moddasining birinchi qismida, 113-moddasining toʻrtinchi qismida, 114, 115, 1286-moddalarida, 138-moddasida (piyodalarga nisbatan), 187-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — jamoat tartibini saqlash xizmati boshligʻi, uning oʻrinbosarlari, patrul-post xizmatini tashkil etish boʻlimining boshligʻi, muhim topshiriqlar boʻyicha inspektori, katta inspektori, jamoat tartibini saqlash boshqarmasi (boʻlim, boʻlinma) boshliqlari, uning oʻrinbosarlari, patrul-post xizmati saf boʻlinmalari (brigada, batalyon, otryad) komandiri yoki komandirining oʻrinbosari”;
