Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (PF-62-son)
16.04.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Ayrim toifadagi oilalarning manzilli ijtimoiy himoyasini mustahkamlash hamda pensiya taʼminotiga oid qonunchilik hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin:
(a) Afgʻonistondagi harbiy harakatlar chogʻida farzandlari (er yoki xotin) halok boʻlgan ota-onalarga (bevalarga) uy-joy kommunal-xizmatlar toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun kompensatsiya pul toʻlovini joriy etish;
(b) pensiya taʼminotiga oid qonunchilik hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirish.
2. Ushbu Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov belgilansin.
3. Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 16-aprel,
PF-62-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-apreldagi PF-62-son Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 14-apreldagi PF-4715-son Farmoni bilan tasdiqlangan Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha har oyda kompensatsiya pul toʻlovlari beriladigan shaxslarning imtiyozli toifalari roʻyxatining 2-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PQ-353-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolarga yoshga doir pensiyalarni proaktiv shaklda tayinlash sxemasining “4 — 6-bosqich” pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
