Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati K.E. Kasimovaga «Mehnatkash deputat» maqomini berish toʻgʻrisida (1874-V-son)
17.03.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2025-yildagi faoliyati yakunlariga koʻra deputatlik vakolatlaridan toʻliq foydalanganligi, jamoatchilik tadbirlarida hamda davlat dasturlarini amalga oshirishda faol ishtirok etganligi, oʻz faoliyatini ommaviy axborot vositalari orqali doimiy yoritib borganligi inobatga olinib, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarini va Devoni xodimlarini maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha komissiya tavsiyasiga muvofiq Qonunchilik palatasining Kengashi kiritgan taklifga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati Kizilgul Ermatovna Kasimovaga «Mehnatkash deputat» maqomi berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati K.E. Kasimovaga «Mehnatkash deputat» guvohnomasi hamda bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti berilsin.
3. Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasiga K.E. Kasimovani Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga boʻlib oʻtadigan keyingi saylovlarda deputatlikka nomzod sifatida koʻrsatish tavsiya etilsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 17-mart,
1874-V-son
