1814-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (1895-V-son) · Sana: 31.03.2026 · Amalda
Qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti oʻzi kiritgan qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi oʻqishda qabul qilinguniga qadar ushbu qonun loyihasini chaqirib olish toʻgʻrisida Qonunchilik palatasiga taklif kiritishga haqli. Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining mazkur taklifi Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi oʻqishda qabul qilinguniga qadar uni chaqirib olish toʻgʻrisidagi taklif qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan Qonunchilik palatasi Spikeriga yuboriladi. Bunda Qonunchilik palatasiga qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda qabul qilinguniga qadar chaqirib olish zarurligi asoslantirilishi lozim.
Masʼul qoʻmita keyinchalik Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishiga taqdim etish uchun Kengashga quyidagilarni yuboradi:
birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasining matnini;
qonun loyihasini Qonunchilik palatasining koʻrib chiqishidan olib tashlash toʻgʻrisidagi Qonunchilik palatasining qarori loyihasini.
Qonunchilik palatasi qonun loyihasini chaqirib olish toʻgʻrisidagi taklifni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
qonun loyihasini Qonunchilik palatasining koʻrib chiqishidan olib tashlash toʻgʻrisida;
qonun loyihasini maromiga yetkazish va ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun palataga kiritish muddatini belgilagan holda masʼul qoʻmitaga qaytarish toʻgʻrisida.
Qonunchilik palatasining mazkur masala yuzasidan qabul qilgan qarorining nusxasi qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga yuboriladi”;
20) 231-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining deputatni jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazo choralarini koʻllashga rozilik olish toʻgʻrisidagi taqdimnomalari kiritilgan kunidan eʼtiboran oʻn kun ichida Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqiladi, Qonunchilik palatasining sessiyalari oraligʻidagi davrda esa u kiritilgan kunidan eʼtiboran oʻn kun ichida Kengash tomonidan koʻrib chiqilib, keyinchalik Kengashning ushbu masala yuzasidan qarori Qonunchilik palatasining sessiyasida tasdiqlanadi”;
