U.R. Shodiyevni Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida (SQ-268-V-son)
08.04.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 95-moddasiga va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Umid Rustamovich Shodiyev Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2026-yil 8-aprel,
SQ-268-V-son
