Mahalla tizimidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish hamda joylarda ishlarni samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida (1859-V-son)
16.03.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Qoʻshma qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti raisligida mahalla tizimidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish hamda joylarda ishlarni samarali tashkil etish yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida bildirilgan taklif va tavsiyalardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. 2026 — 2028-yillar davomida mahallalarda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, yaqin qarindoshlar va voyaga yetmaganlar oʻrtasidagi nikoh, oilaviy ajrim va jinoyatchilik kabi salbiy holatlarning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari:
2026 — 2028-yillar davomida mahallalarda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, yaqin qarindoshlar va voyaga yetmaganlar oʻrtasidagi nikoh, oilaviy ajrim va jinoyatchilik kabi salbiy holatlarning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar dasturida belgilangan topshiriqlar ijrosi ustidan parlament nazoratini amalga oshirsin;
mahalla tizimida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish choralarini koʻrsin va bu boradagi targʻibot-tashviqot tadbirlarida faol ishtirok etsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzolari joylarda aholi oʻrtasida “Soliqlar — mahalla taraqqiyoti garovi” mavzusida targʻibot-tashviqot ishlarini olib borsin.
4. Mazkur Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari M. Xodjayeva zimmasiga yuklatilsin.
5. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 16-mart,
1859-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2026-yil 16-mart,
KQ-326-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 16-martdagi 1859-V/KQ-326-V-son qoʻshma qaroriga ILOVA
2026 — 2028-yillar davomida mahallalarda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, yaqin qarindoshlar va voyaga yetmaganlar oʻrtasidagi nikoh, oilaviy ajrim va jinoyatchilik kabi salbiy holatlarning oldini olish boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
