“Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga partiya guruhlarining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish kiritish haqida”gi QT-4-sonli qonunchilik taklifi toʻgʻrisida (1831-V-son)
10.03.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga partiya guruhlarining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish kiritish haqida”gi QT-4-sonli qonunchilik taklifi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan 2025-yil 29-sentabrda qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga partiya guruhlarining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish kiritish haqida”gi QT-4-sonli qonunchilik taklifi koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 10-mart,
1831-V-son
