Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish haqida (3812-son)
11.04.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 11-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3812]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-son “Majburiy raqamli markirovkalash tizimi samaradorligini oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais F. PULATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 31-mart,
2026-13-son
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2026-yil 31-martdagi 2026-13-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 15-avgustdagi 2017-41-son qarori (roʻyxat raqami 2926, 2017-yil 5-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 36-son, 972-modda) bilan tasdiqlangan Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 16-bandi “b” va “v” kichik bandlaridagi “nazorat-kassa mashinasining” degan soʻzlar “nazorat-kassa texnikasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 14-dekabrdagi 2011-40-son “Kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftari shakli va uni toʻldirish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorida (roʻyxat raqami 2309, 2012-yil 9-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 10/24/2309-2/0675-son):
a) 1-ilova mazkur oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
b) 2-ilovada:
1-banddagi “nazorat-kassa mashinasi” degan soʻzlar “nazorat-kassa texnikasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2-banddagi “nazorat-kassa mashinalaridan” degan soʻzlar “nazorat-kassa texnikalaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6-banddagi “nazorat-kassa mashinasining” degan soʻzlar “nazorat-kassa texnikasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9-banddagi “nazorat-kassa mashinasi” degan soʻzlar “nazorat-kassa texnikasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
16-banddagi “nazorat-kassa mashinasi” degan soʻzlar “nazorat-kassa texnikasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 14-dekabrdagi 2011-40-son qaroriga 1-ILOVA
