Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida (2169-10-son)
03.04.2026
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 3-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2169-10]
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 17-dekabrdagi 105-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 502-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2026-yil 13-mart,
346-son
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 346-son buyrugʻiga ILOVA
Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 62-banddagi “komplektning” degan soʻz “toʻplamning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. 160-bandda:
uchinchi xatboshidagi “menyu” va “Menyu” degan soʻzlar tegishli ravishda “taomnoma” va “Taomnoma” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “zabor kartasi” va “Zabor kartasi” degan soʻzlar tegishli ravishda “materiallarni berish limit varaqasi” va “Materiallarni berish limit varaqasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “zabor kartasi” va “zabor kartasini” degan soʻzlar tegishli ravishda “materiallarni berish limit varaqasi” va “materiallarni berish limit varaqasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 173-bandning uchinchi xatboshisidagi “menyu” degan soʻz “taomnoma” degan soʻz bilan almashtirilsin.
4. 7, 9 va 55-ilovalar mazkur oʻzgartirishlarning 1 — 3-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
5. 10-ilovadagi “061” va “231” raqamlari tegishli ravishda “161 100” va “710 000” raqamlari bilan almashtirilsin.
6. 12-ilovadagi “D 156” va “K 242” degan soʻzlar tegishli ravishda “Debit-151 400” va “Kredit-720 000” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 31-ilovadagi “buxgalteriya provodkasi” degan soʻzlar “buxgalteriya oʻtkazmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 32-ilovadagi “provodka” degan soʻz “oʻtkazma” degan soʻz bilan almashtirilsin.
9. 35-ilovadagi “Stellaj” va “Yacheyka” degan soʻzlar tegishli ravishda “Saqlash joyi” va “Quti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 36-ilovadagi “MENYU-TALABNOMA” va “diyetsestra” degan soʻzlar tegishli ravishda “TAOMNOMA-TALABNOMA” va “parhez hamshira” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 39-ilovadagi “ZABOR KARTA” degan soʻzlar “MATERIALLARNI BERISH LIMIT VARAQASI” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. 41-ilovadagi “ovqatlanuvchilar kategoriyasi” va “menyu” degan soʻzlar tegishli ravishda “ovqatlanuvchilar toifasi” va “taomnoma” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. 54-ilovadagi “kredit subschyot 120 yoki 121” degan soʻzlar “kredit subschyot 109 100 yoki 109 200” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14. 60-ilovadagi “Kategoriya” degan soʻz “Toifa” degan soʻz bilan almashtirilsin.
15. 61-ilovadagi “vedomosti” degan soʻz “qaydnomasi” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 1-ILOVA “Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 7-ILOVA
8-MEMORIAL ORDER Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar boʻyicha jamlanma qaydnoma
Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 2-ILOVA “Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 9-ILOVA
11-MEMORIAL ORDER
Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 3-ILOVA “Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 55-ILOVA
