Oliy taʼlim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomasiga oʻzgartishlar kiritish haqida (1339-1-son)
26.08.2005
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 26-avgustda 1339-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 13-apreldagi “2005-yilning 1-mayidan boshlab ish haqi, pensiya, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi PF-3596-sonli Farmonining (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 15-16-son, 110-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan 2004-yil 10-martdagi 2-P, 43-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasalari talabalariga stipendiya tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomasi”ga (2004-yil 16-aprel, roʻyxat raqami 1339 — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 15-son, 184-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab 10 kun oʻtgach kuchga kiradi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri R. QOSIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 22-avgust,
191-son
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 22-avgust,
81-son
