Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligini tashkil etish toʻgʻrisida (296-son)
11.07.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Avtomobil va daryo transportini boshqarishni tashkil etish darajasini oshirish va bu faoliyat ustidan nazoratni kuchaytirish, avtotransport xizmatlari koʻrsatish bozorida raqobatni rivojlantirish, harakat xavfsizligi va ekologik talablarni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika “Oʻzavtolitsenziya” boshqarmasi bazasida, uni “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi tarkibidan ajratgan holda, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tashkil etilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi:
oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi;
oʻz tizimiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boʻlimlarni oladi.
4. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ular tomonidan avtomobil va daryo transportida yuk va yoʻlovchilar tashish faoliyati amalga oshirilishi uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish huquqi berilsin.
6. Belgilansinki, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq oʻz vakolatlari doirasida chiqaradigan normativ hujjatlari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, avtomobil va daryo transporti xizmatlari koʻrsatuvchi yoki ulardan foydalanuvchi barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi xarajatlari:
avtomobil va daryo transportida faoliyatni amalga oshirishga litsenziyalar berganlik uchun davlat boji mablagʻlarining bir qismi;
avtomobil va daryo transportida faoliyat turlarini amalga oshirishga litsenziyalar berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim.
Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslardan soliqlar va yigʻimlar undirishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1997-yil 23-oktabrdagi 483-son qaroriga muvofiq jismoniy shaxslar tomonidan yoʻlovchilar va yuk tashish huquqi amalga oshirilishiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji summasining 10 foizi miqdoridagi ajratmalar hisobiga amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining xarajatlar smetasi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Agentlik boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
8. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Toshkent shahar, Amir Temur koʻchasi, 1-tor koʻchadagi 6-uyga joylashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga mazkur qarordan kelib chiqib kiritaladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari L.A.Axmetov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
11-iyul 1998-yil,
296-son
