Oʻzbekiston Respublikasi IIV ichki qoʻshinlari tezkor polkini tuzish toʻgʻrisida (260-son)
03.06.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Jamoat tartibini taʼminlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, tabiiy ofatlar paytida qutqaruv ishlarini olib borish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi IIV ichki qoʻshinlari tarkibida Tezkor polk tuzilsin va uning boʻlinmalarining joylashgan joyi Toshkent, Termiz va Samarqand shaharlari belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi IIV Ichki qoʻshinlari Tezkor polkining tuzilmasi va shtat jadvali tasdiqlansin (ilova qilinadi).
3. Oʻzbekiston Respublikasi IIV ichki qoʻshinlari harbiy xizmatchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining tegishli toifadagi shaxslari uchun beriladigan barcha imtiyozlar va huquqlar, shu jumladan, belgilangan payok berish normalari kengaytirilsin.
4. Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi IIV ichki qoʻshinlar tuzilmasi oʻzgarishi munosabati bilan moliyalashtirishni taʼminlasin.
5. Toshkent shahar hokimi (oʻr.Fazilbekov) tashkil etilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi IIV ichki qoʻshinlari Tezkor polkining shaxsiy tarkibini Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining muqobil xizmat oʻquv-ishlab chiqarish markazi hududida (Toshkent sh. Bektimir tumani) joylashtirsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 3-iyun,
260-son
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 3-iyundagi 260-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Ichki qoʻshinlari Tezkor polkining
TUZILISHI
Boshqarmasi
Qoʻmondonligi
Shtab
Tarbiya va ijtimoiy-huquqiy ish boʻlinmasi
Jangovar tayyorgarlik boʻlinmasi
Kadr boʻlinmasi
Moliyaviy xizmati
Avtobronetank xizmati
Orqa tomon
Asosiy boʻlinmalar
Moto-oʻqchi batalyon —Toshkent sh.
Alohida tezkor batalyoni — Termiz sh.
Alohida maxsus motorlashtirilgan militsiya batalyoni — Samarqand sh.
Shtatlar soni
Jami: — 1300
shu jumladan:
ofitserlar — 128
praporshiklar — 108
serjantlar va soldatlar— 1056
ishchilar va xizmatchilar — 8
