COVID-19 pandemiyasi davrida cheklash tadbirlarini qoʻllanishi sharoitida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisida (0372-20-son)
21.04.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining
vaqtinchalik sanitariya qoida va meʼyorlari
1-bob. Kirish
1.1. Ushbu vaqtinchalik sanitariya qoida va meʼyorlari (keyinchalik sanitariya qoidalari) COVID-19 infeksiyasi tarqalishi boʻyicha epidemiologik vaziyatni keskinlashuvi davrida ishchi va xodimlarni salomatligini himoya qilish uchun maqbul mehnat sharoitini va mehnat jarayonini tashkil etish bilan atrof muhitni hamda mehnatni muhofaza qilishga qaratilgan profilaktik tadbirlarini amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.
1.2. Ushbu sanitariya qoidalari davlat idoralari va tashkiliy — huquqiy, mulkchilik shaklidan va idoraviy boʻysunuvidan qatʼiy nazar boshqa tashkilotlarga (keyingi matnda — tashkilot) qoʻyiladigan gigiyenik talablarni belgilaydi, Ushbu sanitariya qoidalari yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga xam taalluqlidir:
sartaroshlik va goʻzallik salonlari;
qishloq xoʻjaligi avtomobillariga xizmat koʻrsatuvchi korxonalar;
banklar, notariuslar, advokatlar va sugʻurta kompaniyalari;
tezkor ovqatlanish va yetkazib berish punktlari;
yoʻlovchi tashish boʻyicha xizmatlar (taksi) avtotransportlari;
mehmonxonalar, yotoqxonalar;
sanatoriyalar;
ulgurji va chakana nooziq-ovqat tovarlari doʻkonlari, shu jumladan avtoulov qismlari, kiyim-kechak, zargarlik buyumlari, optika, gul doʻkonlari, lombardlar va shu kabilar.
1.3. Sanitariya qoidalari texnik jihatdan tartibga solish sohasida meʼyoriy hujjat hisoblanib, barcha tashkilotlar tomonidan bajarish uchun majburiydir.
1.4. Tashkilot rahbari sanitariya qoidalariga rioya etish boʻyicha shaxsan javobgar hisoblanadi.
1.5. Sanitariya qoidalarini buzganlik Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda intizomiy, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.
1.6. Ushbu sanitariya qoidalariga rioya qilinishini nazorati Davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
2-bob. Asosiy atamalar va tushunchalar
2.1. Ishlab chiqarish binosi — bu ishchilarning doimiy (smenali) yoki ajratilgan vaqt (belgilangan ish vaqtida) mobaynida mehnat qilishi uchun moʻljallangan yopiq bino yoki qurilma.
2.2. Ish joyi — mehnat faoliyati jarayonida xodimning doimiy yoki vaqtinchalik boʻlish joyi.
2.3. Doimiy ish joyi — bu ishchini mehnat faoliyati vaqtini koʻproq oʻtkazadigan joyi (ish vaqtini 50% yoki 2 soat tanaffussiz). Agar ishchi ish vaqti mobaynida turli ish hududida ishlasa unda ushbu hudud ishchining doimiy ish joyi hisoblanadi.
2.4. Doimiy boʻlmagan ish joyi — bu ishchining mehnat faoliyati davomida nisbatan kam vaqt oʻtkazadigan ish joyi (50%dan kam ish vaqti yoki muntazam ravishda 2 soatdan kam ishlaydigan ish joyi).
2.5. Ish hududi — bu ish hududi pol qismidan 2 metr balandlikkacha alohida hududi hisoblanib, ishchining doimiy yoki doimiy boʻlmagan joyidan iborat.
2.8. Ijtimoiy masofa — shaxslarning oʻzaro 2 metrdan kam boʻlmagan masofada turishi.
2.9. Shaxsiy himoya vositalari (SHXH) — xodimga zararli ishlab chiqarish omili va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omili taʼsirining oldini olish yoki uni kamaytirish, shuningdek ifloslanishlardan himoyalanish uchun foydalaniladigan texnik vositalar va boshqa vositalar.
COVID-19 epidemiyasi paytida ishlatiladigan shaxsiy himoya vositalari (SHXV) — maxsus kiyimlar, maxsus poyafzal, yuvish va zararsizlantirish vositalari, texnik vositalar.
2.10. Jamoaviy himoya vositalari — xodimga zararli ishlab chiqarish omili va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omili taʼsirining oldini olish yoki uni kamaytirish, shuningdek ifloslanishlardan himoyalanish uchun foydalaniladigan texnik vositalar va boshqa vositalar.
3-bob. Umumiy talablar
3.1. Ish beruvchilar tomonidan koronavirus (COVID-19) infeksiyasining tarqalishiga qarshi profilaktik tadbirlar quyidagilarga qaratilishi lozim:
tashkilotga infeksiyaning tashqaridan kirib kelishiga yoʻl qoʻymaslik;
tashkilot mehnat jamoasi orasida koronavirus (COVID-19) infeksiyasini tarqalishiga qarshi choralar koʻrish;
ishchilarni zararlanishiga qarshi tashkiliy — texnik tadbirlar;
ishchilarni zararlanishiga qarshi boshqa tashkiliy chora-tadbirlar.
3.2. Tashkilotga infeksiyaning tashqaridan kirib kelishiga yoʻl qoʻymaslik uchun quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi tavsiya etiladi:
3.2.1. Xodimlar ishxonaga olib kelish uchun avtobus, mikroavtobuslar va yengil avtomashinalardan foydalaniladi, ularning qatnovi yoʻnalish boʻyicha jadvallar asosida tashkil etiladi. Ishchi xodimlar transport vositasiga chiqqanida yuz niqoblari almashtirilib, tushayotganda yana yangisi beriladi. Ishchi-xodimlar tushirilgandan soʻng transport ichi ( oʻrindiqlar, ushlagich-dastaklar, poli, eshiklar dezinfeksiyalovchi vositalar bilan artilib yuviladi) dezinfeksiya qilinib 0,5 soatga yopib qoʻyiladi.
Har kuni ishxonaga kiritishdan oldin tana haroratini kontaktsiz pirometr yoki shu kabilar yordamida oʻlchash, tana harorati koʻtarilganligi va/yoki yuqumli kasallik belgilari namoyon boʻlib turgan ishchilarni ishga qoʻymaslik.ishga qoʻymaslik.
3.2.2. Ishchining salomatligi holatini tekshirish, uning muloqotdagilari toʻgʻrisida maʼlumot toʻplash, uning boshqa bemorlar yoki epidemiologik noxush hududlardan (mamlakat, respublika, viloyat, tumanlar) tashrif buyurgan shaxslar bilan muloqotda boʻlganligiga aniqlik kiritish, buning uchun alohida javobgar shaxs belgilash (tibbiy xodim, texnika xavfsizligi muhandisi, shaxsiy tarkib inspektorlari va shu kabilar).
Tana haroratini koʻtarilganligi yoki kasallik belgilari (yoʻtal, aksirish va shu kabilar) bilan ishdan chetlatilgan ishchilar roʻyxatini yuritish.
3.2.3. Ishxonaga kirish joyiga teri antiseptiklari bilan ishlov berish uskunasini (dozatorli uskuna, namli salfetkalar va shu kabilar) oʻrnatish. Shuningdek piyodalar uchun “deztoʻshama”lar, transportlar uchun “deztoʻsiq”lar tashkil etish.
3.2.4. Tashkilotga chetdan shaxslarni kirishiga yoʻl qoʻymaslik. Ishlab chiqarish taqozasiga koʻra kiritilishi bundan mustasno (taʼmirlash, texnik xizmat koʻrsatish va hokazolar).
3.2.5. Tashkilotga kirish/chiqish qismida odamlarni toʻplanib qolishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida, agar texnologik yechimi boʻlsa quyidagilar:
nazorat oʻtkazish punktlari (NOʻP) orqali ishchi xodimlarni identifikatsiyalash tizimini soddalashtirish (shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni koʻz yordamida tekshirishlarni avtomatlashtirish);
NOʻPlari orqali ishchilarni oʻtkazishda bino poliga yoki kirish qismidagi qattiq qoplamiga 2 metr oʻlchamdagi oraliqni belgilovchi nuqtalarni koʻrsatgan holda chizmalar chizish;
smenalar boshlanishi va tugashini xar xil vaqtga belgilash;
smenalar boshlanish va tugash vaqtini belgilashda ishchilarni NOʻP orqali bemalol oʻtishini hisobga olish.
3.2.6. Tashkilot hududiga chetdan shaxslarni kirishini va xavfsizlikni taʼminlash maqsadida qoʻriqlash xizmatlaridan foydalanish.
3.2.7. Kuryerlik xizmatini, korrospendentlik hujjatlarini qabul qilishni kontaktsiz amalga oshirilishiga qaratilgan uslublarni joriy etish (korrespendentlik hujjatlari qabul qilish oynalarini tashkil qilish, mobil aloqa vositalaridan foydalanishni joriy etish va shu kabilar).
3.3. Tashkilot mehnat jamoasi orasida koronavirus (COVID-19) infeksiyasini tarqalishiga qarshi choralar maqsadida quyidagilarni amalga oshirilishi tavsiya etiladi:
3.3.1. Ishlab chiqarish umumiy vazifalari bogʻliq boʻlmagan sexlar, guruhlar, boʻlimlarni muloqotini chegaralash (guruhlash tamoyili), guruhlar ichida ijtimoiy masofani saqlanishini taʼminlash.
Ishlarni turli qavatlar, alohida xonalar va bir necha smenalarga boʻlib tashlash asosida ishchilar oqimini kamaytirish.
Uy kiyimini ishchi kiyimiga almashtirishni faqat shu maqsadlarga moʻljallangan xonalarda (maishiy xonalar) amalga oshirishini tashkil etish.
3.3.2. Xizmat vazifasi bilan bogʻliq boʻlmagan boʻlimlar ishchilarini muloqotiga yoʻl qoʻymaslik, tushlik va oraliq dam olish tanaffuslarida oʻzaro muloqotni chegaralash.
3.3.3. Zaruriyatga koʻra — boʻlimlar, sexlar oʻrtasida hujjatlar, xomashyolar yoki uskunalarni yetkazish uchun shaxsiy himoya vositalari (nafas olish aʼzolari himoya vositalari va qoʻlqop) bilan taʼminlangan alohida javobgar xodimlar ajratish.
3.3.4. Maʼlumotlarni elektron shaklda yoki telefon orqali yuborilishini joriy etish.
3.3.5. Jamoaviy tadbirlar oʻtkazilishini toʻxtatish, boshqa jamoalar tadbirlariga qatnashishni taqiqlash.
3.3.6. Umumiy foydalanish joylarini teri antiseptiklari boʻlgan dozatorlar bilan taʼminlash, qoʻl yuvish uchun sovun, umivalnik tashkil qilish (ovqatlanish joylari, dam olish xonalari, hojatxona, chekish joylari va shu kabilar).
3.3.7. Ishchilarni bir martalik niqoblar bilan taʼminlash (ish smenasining davomiyligi va niqobni kamida 3-marta 3 soat ichida oʻzgartirishni hisobga olgan holda), lekin har bir ishchiga kamida 5 dona, shuningdek dezinfeksiyali salfetkalar, qoʻllarni davolash uchun terining antiseptiklari va zararsizlantirish vositalari bilan yetarli miqdorda taʼminlash.
Bir marta ishlatiladigan niqoblar, qoʻlqoplar va nam salfetkalardan qayta foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi!
3.3.8. Xizmat xonalari va jamoat joylarini maxsus ajratilgan xodim tomonidan ruxsat etilgan zararsizlantirish vositalaridan foydalangan holda har kuni (har smenada) namli tozalov oʻtkazish.
3.3.9. Har 2-4 soatda barcha yuzalarda: eshik tutqichlari, elektr oʻchirgichlar, tutqichlar, panjara, stol usti, stullar, ofis jihozlarini zararsizlantirish.
3.3.10. Korxonani (muassasani, tashkilotni) kamida besh kunlik zaxiradagi yuvish va dezinfeksiyalash vositalari, nafas olish organlari uchun shaxsiy himoya vositalari (niqoblar, respirator), qoʻlqoplar bilan taʼminlash.
3.3.11. Ishlash xonalarida muntazam ravishda shamollatishni tashkil qilish (har 2 soatda yoki smenada kamida ikki marta).
3.3.12. Ishchilar tomonidan shaxsiy himoya vositalarini (niqoblar, respirator va rezina qoʻlqoplar) ishlatish ustidan kuchaytirilgan ichki nazoratni tashkil etish, ishlatilgan shaxsiy himoya vositalarini maxsus konteynerlarda toʻplagan holda belgilangan joyda yoʻq qilish.
3.3.13. Tushlik paytida va dam olish paytida ishchilarning harakatlanishini cheklash uchun bir martali ishlatiladigan idishlardan foydalangan holda ishchilarni markazlashtirilgan ovqat bilan taʼminlashni tashkil etish.
3.3.14. Ishchilar uchun markazlashtirilgan ovqatlanish tashkil qilinganda boʻlimlar, sexlar va kasabalar tomonidan oshxonaga tashrif buyurishni grafik asosida va ijtimoiy masofani saqlagan holda shaxmat usulida oʻtirishni tashkil etish, ovqatlanish vaqtini minimal tartibga solish (30 daqiqadan koʻp boʻlmagan).
3.3.15. Ovqatlanish xonasi yoʻq boʻlganda — ish joylarida ovqatlanishni taqiqlash, maxsus moʻljallangan xonani yoki ovqatlanish uchun xonaning bir qismini, qoʻllarni yuvish uchun joy va teri antiseptiklari boʻlgan dozatorlar bilan jihozlash.
3.3.16. Oshxonalar ishini oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beradigan umumiy ovqatlanish korxonalarida koronavirus infeksiyasining tarqalishining oldini olish boʻyicha profilaktik va dezinfeksiya choralariga oid tavsiyalarga muvofiq tashkil etish.
3.4. Tashkiliy va texnik tadbirlar:
agar tashkilot, savdo maydoni va qurilish maydonchasi ochiq joyda boʻlsa, uning atrofini toʻsib qoʻyilishini taʼminlash kerak, ruxsatsiz begona shaxslarning kirishini qatʼiyan taqiqlash;
gavjum joylar (nazorat punkti, oshxona, hojatxona, kassa oldida, bozorlar, supermarketlarning savdo maydonchalarida va hokazo) polga “masofaviy belgi” chizish;
xodimlar oʻrtasida, shuningdek, ishchilar va mijozlar oʻrtasida ijtimoiy masofani saqlab qolishning iloji boʻlmaganda himoya oynalari oʻrnatish;
havo oqimining bir kasabadan boshqasiga oʻtishining oldini olish (kiruvchi havo oqimidan soʻriluvchi havo oqimi hajmining koʻpaytirish);
harorati yuqoriligi aniqlanganlarni yoki oʻtkir respirator virusli infeksiyaning alomatlari (hid bilish qobiliyatini yoʻqligi, quruq yoʻtal, koʻngil aynishi va boshqalar) aniqlanganda uni ishchilar guruhidan ajratish maqsadida tibbiy (agar mavjud boʻlsa tibbiy punktlarda) izolyatorni tashkil etish;
ishchilarning sanitariya-maishiy taʼminoti mavjud “Maʼmuriy va maishiy binolar” QMQ talablariga va texnologik jarayonlarning sanitariya-gigiyenik xususiyatlarini hisobga olgan holda ushbu sanitariya qoidalariga javob berishi kerak. Maishiy binolardan boshqa maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi;
kiyinish xonalarida kiyimlarni saqlash joylari soni ishchilar soniga mos kelishi kerak. Kiyim xonalarida kiyimni saqlash usuli yopiq boʻlishi kerak, koʻcha va ish kiyimlarini alohida saqlash kerak;
Dush xonalarida oyoq terisining zamburugʻli kasalliklarini oldini olish uchun rezina palaslar, plastik panjara va yurish yoʻllaridan foydalanish kerak. Har kuni dushlar va kiyim shkaflarini, pol va yurish joylarini dezinfeksiyali eritma bilan tozalab turish kerak, palaslarni dezinfeksiyali eritmalari boʻlgan idishga boʻktirish kerak.
3.4.1. Ishga qoʻyilayotgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda dastlabki va davriy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
3.5. Koronavirus infeksiyasining (COVID-19) tarqalishini oldini olish boʻyicha boshqa tashkiliy choralar quyidagi chora-tadbirlarni oʻz ichiga olishi kerak:
3.5.1. Ishni boshlashdan oldin korxona, muassasa, tashkilot rahbarlari (mansabdor shaxslari) jamoaga koronavirus infeksiyasining (COVID-19) oldini olish qoidalari va xodimning sogʻligʻi yomonlashganda (isitma, yoʻtal, hid bilish qobiliyatini yoʻqolishi va boshqalar) oʻz vaqtida izolyatsiya qilinishi toʻgʻrisida koʻrsatma berishlari shart va hokazo), shuningdek unga nisbatan jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan taʼsir choralarini qoʻllash mumkinligi haqida ogohlantirishlari shart.
Ish beruvchi ishchida xodimda koronavirus infeksiyasining belgilari COVID-19 (OʻRVI) aniqlangan taqdirda xodimlar/xodimalarni xabardor qilishi shart:
keyinchalik izolyatsiya qilish va tashishni tashkil qilish uchun vakolatli mansabdor shaxs bilan bogʻlanish zarurligiga urgʻu berish;
tashish usullari toʻgʻrisida qaror qabul qilishdan oldin, vaqtincha izolyatsiya qilingan joy bundan mustasno, tashkilotning butun hududida mustaqil harakatni taqiqlashga urgʻu berish.
3.5.2. Xodimlarni profilaktika choralariga, shaxsiy va jamoat gigiyenasi qoidalariga muntazam rioya qilish, qoʻlni kamida 20 soniya davomida sovun bilan muntazam yuvish rejimini yoki ish kunida, har bir ovqatlanishdan oldin, hojatxonaga tashrif buyurganidan keyin terini antiseptiklar bilan zararsizlantirish zarurligi toʻgʻrisida doimiy ravishda xabardorligini tashkil etish.
3.5.3. Xodimlarni xizmat safarlariga yuborishni cheklash.
3.5.4. Xavf guruhidagi yoshi 65dan oshgan xodimlar, shuningdek surunkali kasalliklari boʻlganlar, immuniteti pasayganlar hamda homilador ayollarni, koronavirus infeksiyasini karantin davrida oʻz-oʻzini izolyatsiya qilish rejimiga yoki masofaviy ishlash tartibiga oʻtkazish.
3.5.5. Agar korxona yoki tashkilotning biron bir xodimida quruq yoʻtal, isitma, holsizlik va shunga oʻxshash klinik belgilari aniqlansa, darhol “103” raqamiga qoʻngʻiroq qilinishi shart.
Agar xodim (ishchi) ish joyida oʻzini yaxshi his qilmasa, COVID-19 tipik alomatlari aniqlansa, uni odamlar kirmaydigan alohida joyga olish kerak: yoki eshikni yopish bilan xona izolyatsiya qilinishi mumkin boʻlgan joyga alohidalash kerak, xonani shamollatish uchun oynani ochish. Nosogʻlom ishchining oziq-ovqat korxonasi hududidan tezda olib ketilishini taʼminlash.
Virus bilan zararlangan xodim aloqa qilgan barcha yuzalarni, shu jumladan, barcha yuza va narsalarni, hojatxonalar, eshik tutqichlari va telefonlar kabi ifloslangan “yuqori kontakt” joylarini tozalash kerak. Tozalash uchun tarkibida spirt/dezinfeksiyalash vositalari boʻlgan vositalardan foydalanish lozim.
3.5.6. Majburiy dastlabki va davriy tibbiy koʻriklar oʻtkaziladigan xodimlarni (oziq-ovqat sanoati korxonalari, umumiy ovqatlanish va savdo, maishiy xizmat, ichimlik suvi taʼminoti korxonalari, taʼlim tizimi xodimlari) tibbiy koʻrik muddati oʻtgan boʻlsa ishlashiga yoʻl qoʻyilmaydi.
3.5.7. Koronavirus infeksiyasining (COVID-19) oldini olish mavzusidagi koʻrgazmali qurollarni (plakatlar, eslatmalar va boshqalar) aholiga koʻrinarli joylarga joylashtirish.
4-bob. Ishni va ish rejimini tashkil etish
4.1. Agar maʼmuriyat mehnat jarayonini vaxta tartibida tashkil etilsa, ishchilarni yashash joylari maxsus moslashtirilmagan sanitariya-maishiy yoki boshqa binolarga joylashtirilishi qatʼiyan man etiladi.
4.2. Ish beruvchi barcha ishchilarni bir smenada (14 kundan ortiq boʻlmagan) turar joyni ushbu maqsad uchun moʻljallangan joyda (yotoqxona, maxsus jihozlangan vagon yoki ijaraga olingan mehmonxonalar, yotoqxonalar yaqinida ijaraga berish va hokazo, ijtimoiy masofa qoidalariga binoan) tashkil etadi.
4.3. Agar ishni vaxta tartibiga oʻtkazish imkoniyati boʻlmasa, ishchilarni ish joyidan yashash joyiga yetkazish va olib kelish uchun maxsus transport vositalari bilan taʼminlash.
4.3.1. Ishga /ishdan uyga yetkazish:
4.3.1.1. Shaxsiy transporti boʻlmagan odamlar muloqotini minimallashtirish uchun ish joyiga (va ishdan) maxsus transportda muayyan nuqtalardan olib ketish (tushirish) bilan taʼminlash kerak.
4.3.1.2. Transport vositalari har bir yoʻlovchilardan toʻliq boʻshatilganidan keyin dezinfeksiya qilinishi kerak.
4.4. Navbatchilikdagi maxsus transport vositalarida, xodimlarni tashish paytida, yoʻlovchilarni shaxmat usulida va “guruh tamoyili” (sex, uchastka, smena va boshqalar) asosida joylashishini taʼminlab, ijtimoiy masofani saqlash shart.
4.5. Ishchilar tashish avtobuslaridagi oʻrindiqlarni 100% toʻldirilgan va turgan holda xodimlarni tashish taqiqlanadi.
4.6. Xodimlar / xodimlarning ijtimoiy masofaga mosligini taʼminlash uchun bir vaqtning oʻzida bitta xonada boʻlish mumkin boʻlgan odamlarning maksimal sonidan oshib ketish tavsiya etilmaydi:
50 kvadrat metrgacha — 5 kishidan oshmasligi kerak;
100 kvadrat metrgacha — 10 kishidan koʻp boʻlmagan;
200 kvadrat metrgacha — 25 kishidan oshmaydi;
200 kvadrat.metrdan ortiq — 50 kishidan oshmaydi.
4.7. Ishchilar quyidagilarga rioya qilishlari kerak:
qoʻllar gigiyenasiga — kamida 20 soniya davomida sovun va suv bilan yuvish (JSST tavsiyalariga amal qiling);
spirtga asoslangan qoʻl sanitariya vositalarini tez-tez ishlatish;
nafas olish gigiyenasi (yoʻtalayotganda yoki aksirganda ogʻzingiz va buruningizni dastroʻmolcha yoki bukilgan tirsak bilan yoping, ishlatilgan salfetkani tashlang va qoʻlingizni yuving);
yoʻtalish va aksirish kabi nafas olish kasalligi alomatlari boʻlgan har bir kishi bilan yaqin aloqadan saqlaning;
qoʻlqoplardan foydalanish qoidalariga rioya qiling:
Xodimlar (ishchilar) tomonidan ishlatiladigan qoʻlqoplarni tez-tez almashtirish kerak, qoʻllarni qoʻlqoplar almashtirishda va ularni yechgandan keyin yuvish kerak (qoʻlqop kiyib yurish davomida qoʻllarning yuzasida bakteriyalar toʻplanishi mumkin).
Xodimlar (ishchilar) qoʻlqop kiygan holda ogʻiz va koʻzlarga tegmasliklari kerak.
Qoʻllarni tozalash vositalarini qoʻshimcha choralar sifatida ishlatish kerak, ammo qoʻllarni yuvish oʻrnini bosmasligi kerak.
5-bob. Ishlab chiqarish binolari, qurilmalari, inshoatlariga qoʻyiladigan talablar
5.1. Sanoat binolari, qurilmalar va inshoatlar ushbu turdagi ishlab chiqarish yoki faoliyat uchun sanitariya meʼyorlari, qoidalari va gigiyena normativlari talablariga javob berishi kerak.
5.1.1. Dorixonalar va dorixona omborlari
5.1.1.1. Dorixona va dorixona omborlarining xonalari toza saqlanishi kerak; vaqti-vaqti bilan (kuniga kamida bir marta) ruxsat etilgan yuvish va dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda namli tozalov oʻtkazish shart.
5.1.1.2. Xizmat koʻrsatish zonasidagi dorixona xodimlarining ish joylari ishchilarni toʻgʻridan-toʻgʻri havo-tomchi infeksiyalaridan himoya qiladigan qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Bundan tashqari, dorixona xodimlari yuzlariga niqob (respirator) va qoʻllariga lateks qoʻlqop kiyishlari kerak.
5.1.1.3. Dorixonaga kirishda, hojatxonaning kirishida, dezinfeksiya eritma bilan namlangan kauchuk toʻshamalar boʻlishi kerak.
5.1.1.4. Yordamchi xodimlar xonasida qoʻllarini yuvish uchun va hojatxonada umivalniklar (yuvish idishlari) oʻrnatilishi kerak, ular tirsakli (yoki sensorli) kranlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Umivalnik yonida dezinfeksiyalash vositalari, elektr quruq havo uskunasi oʻrnatilgan boʻlishi lozim. Dori-darmonlarni qadoqlash bilan shugʻullanmaydigan shaxslarga ishlab chiqarish korxonalarida umivalniklardan foydalanish taqiqlanadi.
5.1.1.5. Profilaktik dezinfeksiyalash uchun dorixona (shaxobchalar) koʻchma kvars lampasi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
5.1.1.6. Dorixonada ishlab chiqarish xonalarida ovqatlanish taqiqlanadi.
5.1.1.7. Dorixonalar (shaxobchalar) xodimlari quyidagi qoidalarga rioya qilishlari shart:
ish boshlashdan oldin uy kiyimi va poyafzallarni almashtirish;
ish boshlashdan oldin, sanitariya kiyimlarini (xalat, qalpoq) va oyoq kiyimlarini kiyish, qoʻlni yuvish (kamida 20 soniya) va qoʻllarni dezinfeksiya qilish, shaxsiy himoya vositalarini kiyish;
hojatxonaga borishdan oldin, xalatni yechib, tashrif buyurgandan soʻng qoʻlni yaxshilab yuvish va dezinfeksiya qilish;
sanitariya kiyimlari va poyafzallarda dorixonadan tashqariga chiqmaslik.
5.1.1.8. Ishlab chiqarish xodimlariga shaxsiy buyumlarni ish joylarida va xalat choʻntagida saqlashga ruxsat berilmaydi, toza roʻmolcha bundan mustasno.
Dori moddalarni ishlab chiqarish, nazorat qilish, qadoqlash bilan shugʻullanadigan shaxslar tirnoqlarini qisqa olishlari, lak bilan boʻyamasliklari va barmoqlariga uzuklar taqmasliklari kerak.
5.1.1.9. Sanitariya kiyimlari va sanitariya poyafzallari dorixona xodimlariga amaldagi meʼyorlarga muvofiq beriladi. Sanitariya kiyimlarini almashtirish haftasiga kamida 2-marta, kerak boʻlsa, navbatdan tashqari amalga oshirilishi kerak. Buning uchun har bir dorixona xodimiga kamida ikki toʻplam ish kiyimlari berilishi kerak.
5.1.1.10. Dori-darmonlarni ishlab chiqarish va qadoqlash bilan shugʻullanadigan ishchilar, smena boshlanishidan oldin shaxsiy foydalanish uchun toza sochiqlar bilan taʼminlanishi kerak.
5.1.1.11. Ishga kirishda dorixona xodimlari “Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ga (roʻyxat raqami 2387-son, 2012-yil 29-avgust) muvofiq tibbiy koʻrikdan oʻtadi. Tekshiruv natijalari sanitariya daftariga kiritilib dori vositalarini ishlab chiqarish, nazorat qilish va qadoqlash, farmatsevtika idishlarini yuvish va boshqa ishlab chiqarish jarayonlarida ishlash huquqini beradi.
5.1.1.12. Aniqlangan bemorlar, shuningdek virus tashuvchilar davolash yoki sanatsiya uchun yuboriladi. Ushbu shaxslarning dori-darmonlarni ishlab chiqarish, qadoqlash, sifatini nazorat qilish, tarqatish bilan bogʻliq ishlarga ruxsat berish tibbiy muassasadan olingan ijobiy maʼlumotnoma mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.
5.1.2. Oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlar savdo doʻkonlari, savdo majmualari, ulgurji savdo va nooziq-ovqat mahsulotlari doʻkonlari, shu jumladan avtoulov qismlari savdosi, kiyim-kechak, zargarlik buyumlari, optika, gul doʻkonlari, lombardlar va shu kabilar.
5.1.2.1. Onlayn xarid qilish va isteʼmolchilarga yetkazib berish xizmatlari xaridor bilan yaqin muloqotni minimallashtirish choralarini koʻradi.
5.1.2.2. Chakana savdo tarmoqlari va boshqa savdo tashkilotlariga, shuningdek, ulgurji savdo va nooziq-ovqat mahsulotlari doʻkonlariga, shu jumladan avtoulov qismlari savdosi, kiyim-kechak, zargarlik buyumlari, optika, gul doʻkonlariga va shu kabilarga aholiga masofadan turib xizmat koʻrsatishni joriy etish.
5.1.2.3. Ulgurji xaridorlarga oldindan buyurtmaga binoan xizmat koʻrsatish, jadval ishlab chiqish, bir vaqtning oʻzida bir nechta mijozlarni va aralash xizmatni istisno qilish va ijtimoiy masofani taʼminlash.
5.1.2.4. Tashrif buyuruvchilar uchun:
savdo nuqtasining oʻzi va ularga tutash hududda xavfsizlik va boshqa xizmatlardan foydalanish;
binoga kirish joyida har bir tashrif buyurgan odamning tana haroratini kontaktsiz kuzatishni tashkil qilish. Agar shaxsni harorati koʻtarilganligi aniqlansa, darhol 103 telefon orqali tibbiy yordamni chaqirish bilan doʻkonga kirishiga yoʻl qoʻymaslik;
binoga kirish joyida dezinfeksiyalash vositasi eritmasi (deztoʻshama) bilan namlangan maxsus toʻshama tashkil etish va smenada kamida bir marta almashtirish;
yirik supermarketlarda (maydoni 500 m2 dan ortiq) tashrif buyuruvchilarning tanasi yuzasini antiseptik bilan zararsizlantirish uchun tunnellar oʻrnatish;
doʻkonga kirishda qoʻllarni terisiga antiseptiklar bilan ishlov berish uchun (shu jumladan oʻrnatilgan dozatorlardan foydalangan holda) joy ajratish;
5.1.2.5. Savdo boʻlimi ishchilari uchun:
shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, oʻtkir respiratorli infeksiyalar (isitma, yoʻtal, burunning oqishi) belgilari boʻlgan xodimlarni ishga qoʻymaslik;
xodimlarni bir martalik niqoblar bilan yetarli miqdorda taʼminlash (ish smenasining davomiyligi va niqobning kamida 3 soatda 1-marta almashtirilishini hisobga olgan holda), tashrif buyuruvchilar bilan ishlashda foydalanishni hisobga olgan holda 1 ishchiga kamida 5 dona, shuningdek dezinfeksiyali salfetkalar, teriga antiseptiklar bilan ishlov berish, qoʻllar, dezinfeksiyalash vositalari (roʻyxatga olingan va foydalanish uchun tasdiqlangan), qoʻlqop, niqob taqish va ijtimoiy masofani saqlash qoidalariga qatʼiy rioya qilish;
dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda har kuni (smenada) ofis binolari va jamoat joylarini (ovqatlanish, dam olish va hojatxonani) namli tozalash. Tashrif buyuruvchilar teginishi mumkin boʻlgan barcha yuzalarda har 2-4 soatda zararsizlantirish oʻtkazish: eshik tutqichlari, elektr kalitlar, tutqichlar, panjara, stol qoplamasi, stullar, ofis jihozlari, aravachalar va savatlarning tutqichlari va shu kabilar, shuningdek kuniga kamida ikki marta barcha xonalarni shamollatish.
5.1.3. Dehqon bozorlari
5.1.3.1. Dehqon bozorlarida, shu jumladan bozor hududidan tashqarida joylashgan yirik oziq-ovqat doʻkonlarida savdo ijtimoiy masofa (2 metr) saqlangan holda “zigzag” tartibi (quvurlar, bantlar va boshqa shu kabi toʻsiqlar orqali) tashkil etiladi.
Har bir bozorga kirishda “dezinfeksiya tunneli” va “sanitariya postlari, dezinfeksiya guruhlari tashkil etilib ularning vazifalari quyidagilar etib belgilanadi:
bozor hududiga kirgan shaxslarni dezinfeksiya qilish (sotuvchilar, xaridorlar, bozor xodimlari va boshqalar);
isitma yoki kasallikning boshqa belgilari boʻlgan shaxslar aniqlanganda vakolatli organlarga darhol xabar berish;
bozorlar hududlarini kun davomida (2-3-marta) dezinfeksiya qilish;
karantin choralari talablariga muvofiqligini tekshirib borish (tibbiy niqoblar, qoʻlqoplar mavjudligi, sotuvchilar va xodimlar uchun).
dehqon bozorlarida, shu jumladan bozor hududidan tashqarida joylashgan oziq-ovqat doʻkonlarida qadoqlanmagan mahsulotlar, yopiq holatda (polietilen plyonkalarga oʻralgan, bir martalik paketlarga solingan va x-k.) saqlanadi.
savdo nuqtalarida sotuvchilar oʻrtasida ijtimoiy masofa (2 metr) taʼminlanadi;
dehqon bozorlarida, shu jumladan bozor hududidan tashqarida joylashgan oziq-ovqat doʻkonlari atrofida qoʻl yuvish vositalari bilan jihozlangan bir nechta qoʻl yuvish joylari (zarur hollarda koʻchma qoʻl yuvish nuqtalari) tashkil etiladi.
oziq-ovqat doʻkonlarining kirish qismida maxsus toʻsiqlar (stol, stul, doska va boshqalar) tashkil etiladi va savdo faoliyati maxsus “darcha”dan amalga oshiriladi.
Dehqon bozorining hududlari aniq zonalarga ajratiladi:
savdo;
maʼmuriy va saqlash (maʼmuriy va maishiy obyektlar, shu jumladan bozor xodimlari uchun ovqatlanish, omborxona);
xaridorlarga xizmat koʻrsatadigan bozor;
alohida transport vositalari uchun toʻxtab turish joyi,
maishiy, axlat yigʻish joyi.
5.1.3.2. Shu bilan birga, savdo hududida:
yopiq pavilyonlarda, savdo rastalarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari savdosi;
ochiq joylarda yoki naves ostida savdo qilish;
avtomobillardan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari savdosi;
umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat;
oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari savdosi maydonlari ajratiladi.
5.1.3.3. Savdo joylari sotuvchilar va xaridorni toʻgʻridan-toʻgʻri havo-tomchi infeksiyasidan himoya qiluvchi qurilmalar (ekranlar, plastik oʻramlar va boshqalar) bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Bundan tashqari, bozorning barcha xodimlari, shu jumladan sotuvchilar ham yuzlariga niqob (respirator) va qoʻllariga qoʻlqop kiyishlari kerak.
5.1.3.4. Bozorlar, idish va jihozlarni yuvish uchun vannalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak, ular (kamida 2 ta) smesitellar orqali yetkazib beriladigan issiq va sovuq suv bilan taʼminlanishi, kanalizatsiya tarmogʻiga (kamida 20 mm.da oqimning uzilishi bilan) ulangan boʻlishi kerak, jihozlar va idishlarni quritish va saqlash uchun javon, quritish uchun tokchalar jihozlanishi kerak
Bozordagi tashrif buyuruvchilar va xodimlar qoʻl yuvish, savdo uskunalari, meva va sabzavotlarni yuvadigan moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak, har 50 ta savdo doʻkonlariga nisbatan kranlar soni kamida bitta boʻlishi kerak.
5.1.3.5. Veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyasida bir nechta ajratilgan xonalar: goʻsht, goʻsht mahsulotlari va baliqlarni tekshirish uchun moʻljallangan kuzatuv xonasini tashkil qilishi kerak. Zalda plitkalar bilan qoplangan yoki oziq-ovqat uchun moʻljallangan aluminiy bilan qoplangan stollar, oziq-ovqat mahsulotlarini oʻrganish xonasi, yuvinish xonasi, mudir xonasi, oshxona uchun xona tashkil qilinishi. laboratoriya xodimlari uchun dezvositalar saqlash xonasi va hojatxona tashkil etilishi kerak.
5.1.3.6. Bozor binolaridan, ularning maqsadlaridan qatʼi nazar, turar joy uchun yoki yotoq uchun foydalanish taqiqlanadi. Savdo uchun oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va tayyorlash uchun moʻljallangan binolarga begona shaxslarning kirishiga maʼmuriyat ruxsati bilan va sanitariya kiyimlarida yoʻl qoʻyiladi.
5.1.3.7. Savdo uskunalari, inventarlar, idishlar, shuningdek panjaralar, tokchalar, mahsulotlarni saqlash uchun tagliklar silliq yuzaga ega boʻlishi va yuvish va dezinfeksiyalash oson boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun moʻljallangan maxsus materiallardan tayyorlangan boʻlishi kerak.
5.1.3.8. Savdo va omborxonalarda axlat yigʻish uchun pedalli idish yoki qopqoqli chelaklar boʻlishi kerak. Ular hajmining 2/3 qismi toʻlganidan soʻng tozalanadi, 1% sodali suv issiq eritmasi (45-50 C) yoki boshqa yuvish vositalari bilan tozalash kerak va ularni koʻrsatmalarga qatʼiy muvofiq ishlatish va saqlash kerak.
5.1.3.9. Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda tovarlar qoʻshnichilik qoidalari va saqlash standartlariga qatʼiy rioya qilish kerak. Muayyan hidi boʻlgan mahsulotlar hidni soʻrib oladigan mahsulotlardan alohida saqlanishi kerak.
5.1.3.10. Tozalash ishlari kun davomida doimiy ravishda mahsulot ifloslanishining oldini olish sharti bilan amalga oshiriladi. Savdo va mexanik uskunalarga (tarozilar, hisoblagichlar, displey qutilari) ish oxirida ishqoriy eritma, soʻngra issiq suv, soʻngra antiseptik eritmalar bilan ishlov berilishi kerak.
5.1.3.11. Savdo boshlanishidan oldin va uning oxirida bozorning hududi issiq mavsumda suv sepish bilan tozalanadi. Savdo va tozalash ishlari tugagandan soʻng, bozorning butun hududida xlor asosidagi dezinfeksiyalash vositalari bilan dezinfeksiyalash amalga oshiriladi.
5.1.3.12. Yuvish vositalari va dezvositalar quruq, havo yaxshi aylanadigan joyda, oziq-ovqat saqlanishiga moʻljallanmagan joylarda saqlanadi.
5.1.3.13. Hojatxonalar har 2-3 soatda, ish kuni davomida va bozor tugaganidan keyin dezinfeksiyalovchi eritma bilan boʻktiriladi, tozalanadi va yuviladi. Hojatxonani har bir tozalashda suv kranlari, shuningdek eshiklarning tutqichlari va muruvvatlari, hojatxonaga borishda odamning qoʻllariga tegadigan tutqichlar va boshqa joylar dezinfeksiyali eritma bilan namlangan alohida mato bilan artib olinadi. Hojatxonalarni dezinfeksiyalash uchun faol xlor konsentratsiyasi 500 mg / l boʻlgan eritma ishlatiladi.
5.1.3.14. Oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, tashish va sotish bilan shugʻullanadigan bozor ishchilari va savdogarlardan (tarozilar, goʻsht maydalagichlar, doʻkonlar va hk):
kiyimning, yuzning, tananing, qoʻllarning, sochlarning tozaligiga rioya qilishi, tirnoqlarni qisqartirishi;
shaxsiy buyumlarni kiyinish xonasida qoldirishi, uy va sanitariya kiyimlarini alohida saqlashi kerak;
ishga kirishdan oldin qoʻlini sovun va suv bilan yuvish, toza sanitariya kiyimlarini, shuningdek niqobni kiyish, sochlarni qalpoq, sharf ostida olish va qoʻlqop kiyishi talab etiladi;
hududga kirishda va hojatxonaga borishdan oldin sanitariya kiyimlarini yechishi;
faqat belgilangan joylarda ovqatlanish va chekish;
agar harorat koʻtarilsa, teri va oshqozon-ichak kasalliklari, boshqa kasalliklarning alomatlari kuzatilsa bu haqda maʼmuriyatni xabardor qilish, uni tibbiy markazda (agar mavjud boʻlsa) tibbiy xodimlarga 103 telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilib izolyatsiya qilish.
5.1.4. Qurilish sanoati
5.1.4.1. Muloqotni minimallashtirish uchun bitta qurilish loyihasi ishida ishtirok etadigan barcha ishchilarning bajarilgan ishlarga qarab guruhlarga boʻlinishini taʼminlash.
Koʻrsatilgan alohidalashlar yashash joylariga joylashtirishda ham hisobga olinishi kerak.
5.1.4.2. Qurilish ishlarining uzluksiz bajarilishini taʼminlash uchun ishchilarning zaxira guruhlarini tuzish yoki ishdan tashqari turli xil ish joylari (yashash joyida, ovqatlanish joylarida) oʻrtasida aloqa qilmasdan smenali usul sifatida ishlarni tashkil etish tavsiya etiladi.
5.1.4.3. Qurilish sanoatida ishlarni tashkil etish va qurilish ishlarini tashkil etishda, qurilish ishlarining ayrim turlari, mehnat sharoitlari va mehnat jarayonini tashkil qilishda, ishlab chiqarish jarayonida chang chiqaradigan barcha ishlarda changning ajralib chiqishi va tarqalishini imkon qadar cheklaydigan yoki kamaytiradigan sharoitlarda bajarilishi kerak.
5.1.4.4. Issiqlik izolyatsion qoplamalarni olib tashlash uchun vositalar quruq changni avtomatik yigʻish moslamalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak; uni faqat namlashdan keyin bajarish kerak;
ikkilamchi chang paydo boʻlishining oldini olish uchun barcha changlanadigan qurilish chiqindilari nam holatda tozalanishi kerak.
5.1.4.5. Qurilish materiallari va qurilmalari qurilish maydonchalariga foydalanishga tayyor shaklda yetkazib berilishi kerak. Qurilish maydonchasida ishlashga tayyorgarlik koʻrayotganda (aralashmalar va eritmalar tayyorlash, materiallari va konstruksiyalarni qirqish va boshqalar) ijtimoiy masofani (kamida 2 metr) saqlash uchun mexanizatsiyalashtirilgan vositalar, maxsus jihozlar bilan jihozlangan xonalarni taʼminlash kerak.
5.1.4.6. Sochiluvchan qurilish materiallari va xom ashyolarini saqlash, tashish, ortishda changni maksimal darajada ushlashni taʼminlash kerak.
5.1.4.7. Qurilish maydonchasiga xom ashyolarni yetkazib berish, ularni qurilish maydonchasida saqlash va tashish boʻyicha barcha ishlar qoʻlda bajariladigan ishlarni iloji boricha yoʻq qiladigan, shikastlanish xavfini bartaraf etadigan va ijtimoiy masofani taʼminlaydigan usullarda amalga oshirilishi kerak.
5.1.4.8. Yuk koʻtarish va tushirish ishlari yuk koʻtarish va qayta ishlash uskunalari yordamida mexanik ravishda bajarilishi kerak.
5.1.4.9. Tabiiy toshlarga ishlov berish ishlari begona shaxslar ishtiroki ruxsat berilmagan joylarda bajarilishi kerak.
5.1.4.10. Bir-biridan 2 metrdan kam masofada joylashgan ish joylari himoya ekranlari bilan ajratiladi.
Yuk koʻtarish mexanizmlarining operatorlari va montajchilar birgalikda ishlashda radiotelefon aloqasidan foydalanishlari kerak.
5.1.4.11. Barcha uchastka va maishiy binolar birinchi yordam toʻplamlari bilan jihozlanadi. Zaharli moddalar ishlatiladigan joylarda profilaktika punktlari tashkil qilinadi (oʻz-oʻziga yordam koʻrsatish va bir biriga yordam koʻrsatish punktlari). Ularga oʻtish joylari yoritilishi, oson kirilishi va qurilish materiallari, asbob-uskunalar va aloqa vositalari bilan toʻsib qoʻyilmasligi kerak. Profilaktika punktlari muntazam ravishda himoya malhamlari, kiyim-kechaklar, shaxsiy himoya vositalari (lepestok rusumidagi respirator, qoʻlqop, etik) bilan taʼminlanadi.
5.1.4.12. Sanitariya-maishiy xonalar tarkibiga kiyinish xonasi, dush, yuvinish xonasi, hammom, chekish xonalari, yarim dush uchun joy, ichimlik suvi taʼminoti, isitish yoki sovutish, shaxsiy himoya vositalarini saqlash xonalari, maxsus kiyim-kechaklarni saqlash va berish xonalari kiradi.
5.1.4.13. Qurilish maydonchasi hududidagi changning oldini olish uchun qurilish maydonchasi va undan tashqaridagi yoʻllar doimo namlanib turilishi kerak.
5.1.4.14. Texnologik jarayonlarni tashkil qilishda avtomatlashtirilgan, uzluksiz va yopiq jarayonlar va uskunalarga ustunlik berish kerak.
5.1.5. Chorvachilikda
5.1.5.1. Ishlab chiqarish jarayoni sanitariya qoidalari va meʼyorlari, gigiyena standartlari talablariga muvofiq ishlab chiqarish binolarida bakterial va virusli ifloslanish darajasini pasaytirish boʻyicha chora-tadbirlar (dezinfeksiya, UV zararsizlantirish, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish va boshqalar) xodimlarning biologik xavfsizligini taʼminlanishi kerak, yuqumli va oʻta xavfli infeksiyalarning oldini olish boʻyicha tadbirlarni oʻz ichiga olishi shart.
5.1.5.2. Hayvonlar bilan bevosita aloqada boʻlgan ishchilarni oʻz vaqtida yuqumli kasalliklardan (ayniqsa antropozoonozlar) himoya qilish va oldini olish uchun ular yuzaga kelgan vaziyat haqida darhol xabardor qilinadi.
5.1.5.3. Chorvachilik inshootining xonalari va hududlarini sanitariya-tozalash ishlarini olib borishda, dezinfeksiyalovchi vositalari bilan ishlov berish vaqti, ishlaydigan dezinfeksiyalash eritmalari, ishlatish meʼyorlari va ekspozitsiya vaqtlariga qatʼiy rioya qilinishi kerak.
5.1.5.4. Har bir chorva majmuasida goʻngni zararsizlantirish uchun texnik vositalar yetarlicha boʻlishi kerak. Buning uchun suyuq goʻng va goʻng silqindisiga mexanik, sunʼiy va tabiiy biologik ishlov berilishi yoki fizik-kimyoviy ishlov berilishi kerak.
5.1.5.5. Goʻngni tayyorlash uchun vositalar barcha turdagi goʻngni, goʻngni oqava suvlarini karantinini oʻz ichiga olishi, epizootik vaziyatni hisobga olgan holda ularni zararsizlantirish uchun (dezinfeksiya, dezinvaziya) samarali texnologiyalar va texnik vositalardan foydalanishi kerak.
5.1.5.6. Shikastlanmaslik uchun hayvonlarga qarashda xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilish kerak. Hayvonlarni soʻyish va terini qayta ishlash bilan shugʻullanadigan shaxslar shaxsiy himoya vositalari, birinchi yordam uchun toʻplamlar bilan taʼminlangan boʻlishlari kerak.
5.1.6. Goʻshtni qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil qilish
5.1.6.1. Goʻshtni qayta ishlash majmualari uchun (agar soʻyish joyi mavjud boʻlsa) korxona hududiga kirish va chiqishda dezinfeksiyali eritma bilan toʻldirilgan maxsus kyuvetalar (dezinfeksiyali toʻsiqlar) boʻlishi kerak (epidemiologik va epizootik vaziyatga qarab).
Soʻyish joylari mavjud boʻlmagan korxonalarning kirish qismida zararsizlantirish toʻshamalari oʻrnatadi.
5.1.6.2. Atmosfera hodisalari natijasida, erigan suv va oqava suvlarni oqib ketishi uchun vertikal tarnovlar bilan taʼminlashi kerak. Chorvachilik bazasi, sanitariya bloki va yonilgʻi xoʻjalik qismidagi oqava suvlar korxonaning qolgan qismiga bormasligi kerak.
5.1.6.3. Korxona hududi toza saqlanishi kerak. U har kuni tozalanadi. Issiq mavsumda, kerak boʻlganda tozalashdan oldin, hudud va yashil maydonlar sugʻoriladi.
5.1.6.4. Axlatni yigʻish uchun qopqoqli metall konteynerlar yoki temir idishlar ishlatiladi, ular asfaltlangan oʻzining hajmidan 3 barobar joylarga oʻrnatiladi. Bunday joylar ishlab chiqarish va yordamchi inshootlardan 25 metr masofada joylashgan boʻlishi kerak.
5.1.6.5. Idishlardan chiqindi va axlatlarni olib tashlash, ular sigʻimining 2/3 qismidan koʻp boʻlmagan hajmi toʻlganda, lekin kuniga kamida bir marta tozalanishi kerak. Axlat chiqqandan soʻng, idishlar yuviladi va dezinfeksiya qilinadi.
5.1.6.6. Binoda ishlab chiqarish obyektlarining joylashishi texnologik jarayonlarning ketma ketligini taʼminlashi va tayyor mahsulotni ikkinchi darajali ifloslanishini istisno qilishi kerak.
5.1.6.7. Chanlar, vannalar, metalldan tayyorlangan idishlar, tovoqlar, jeloblar sirti oson tozalanishi kerak, yoriqlar, boʻshliqlar, chiqadigan muruvvat yoki perchinlar va sanitariya tozalovga xalaqit beradigan boshqa elementlar boʻlmasligi kerak.
5.1.6.8. Stollarning yuzasi silliq, yoriqlarsiz va boshqa nuqsonlarsiz boʻlishi kerak. Teshiklar va lyuklar yordamida tushirilgan xom ashyoni qabul qilish uchun ishlatiladigan stollarda xom ashyoning polga tushishiga yoʻl qoʻymaslik uchun toʻsiqlar boʻlishi kerak. Goʻshtni bogʻlab yoki maydalash uchun qattiq yogʻoch yoki materiallardan tayyorlangan maxsus taxtakachlardan foydalaniladi. Ish smenasi oxirida ular yaxshilab tozalanadi, yuviladi va dezinfeksiyalanadi yoki bugʻ kamerasida bugʻlanadi.
5.1.7. Oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash yetkazib berish, shuningdek, tezkor ovqatlanish va yetkazib berishni amalga oshiruvchi korxonalar:
5.1.7.1. Oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishni tashkil qilish maxsus qadoqlangan bir martalik idishlarda amalga oshirilishi kerak.
5.1.7.2. Oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishda profilaktik choralar va transport vositalarini dezinfeksiyalash boʻyicha tavsiyalarga amal qilish.
5.1.7.3. Barcha ishlab chiqarish sexlari issiq va sovuq suv bilan uzluksiz taʼminlanishi kerak. Shu bilan birga, yuvilganidan keyin qoʻllarning qayta ifloslanishini istisno qiladigan mikserlar bilan taʼminlanishi kerak.
5.1.7.4. Texnologik jarayonda, xom ashyo, xom yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlar, ishlatilgan va toza idishlar, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va oshxona idishlarini yuvish ishlarining ketma ketligi tamoyillariga rioya qilinishi kerak.
5.1.7.5. Tayyor ovqatni isteʼmolga yuborilguniga qadar vaqtincha saqlash uchun muzlatgich va maxsus shkaflar bilan jihozlangan xonalar boʻlishi kerak.
5.1.7.6. Sovuq ovqatlarni tayyorlash sexlariga, oziq — ovqatlarni qadoqlash boʻlimlariga yoʻriqnomaga muvofiq ishlatiladigan bakteriotsid lampalari oʻrnatiladi.
5.1.7.7. Ish smenasi tugagandan soʻng (yoki kamida 6 soat oʻtgach), xonalarni havoni va nam tozalash, dezinfektsiyali salfetkalar (yoki dezinfektsiyali eritmalar) bilan ishlaydigan eshik tutqichlari, tutqichlar, stollar, stullarning orqa tomonlari (stullarning kreslolari), lavabolar bilan artib, dezinfektsiyalash vositalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. qoʻl yuvish, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish vitrinalari.
5.1.7.8. Mikroorganizmlarni yoʻq qilish uchun preparatning koʻrsatmalariga muvofiq taʼsir qilish vaqtini va dezinfektsiyalash vositasining ishchi eritmasining konsentratsiyasini kuzatish kerak. Agar kerak boʻlsa, ishlov berilgandan soʻng, sirt suv bilan yuviladi va qogʻoz sochiq bilan quritiladi.
5.1.7.9. Agar hojatxonalar mavjud boʻlsa, ular belgilangan tartibda tozalanadi va dezinfeksiyalanadi.
5.1.7.10. Idish-tovoq va idishlarni mexanizatsiyalashgan holda yuvish uchun dezinfeksiyalash effekti boʻlgan ovqatlanish joylarini zamonaviy idish yuvish mashinalari bilan jihozlash tavsiya etiladi. Ixtisoslashgan idish yuvish mashinalaridan foydalanish koʻrsatmalarga muvofiq amalga oshiriladi, bunda idishlar va jihozlarni kamida 65°C haroratda 90 daqiqa davomida dezinfeksiyalashni taʼminlaydigan ishlov berish rejimlari qoʻllaniladi.
5.1.7.11. Idishlarni qoʻlda yuvish uchun oshxona idishlari uchun uch boʻlmali vannalar, shisha va boshqa mayda idishlar uchun ikki boʻlmali vannalar bilan taʼminlash kerak.
5.1.7.12. Idishlarni qoʻlda yuvish quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
oziq-ovqat qoldiqlarini mexanik ravishda tozalash;
vannaning birinchi boʻlmasida yuvish vositalarini qoʻshib suv bilan yuvish;
vannaning ikkinchi boʻlmasida kamida 40° C haroratda suv bilan yuvish va vannaning birinchi boʻlmasiga qaraganda ikki baravar kam miqdorda yuvish vositalari qoʻshish;
vannaning uchinchi boʻlmasidagi tutqichlari boʻlgan metall toʻrda idishlarni egiluvchan shlang yordamida kamida 65° C haroratda issiq suv bilan yuvish;
barcha oshxona idishlarini dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda yuvish;
panjarali tokchalarda, stellajlarda idishlarni quritish.
5.1.7.13. Yuqumli kasalliklarning paydo boʻlishi va tarqalishining oldini olish uchun:
kesish uskunalari har bir ustaxonada oʻrnatiladi va maxsus markirovkaga ega (“XG” — xom goʻsht, “XB” — xom baliq, “XS” — xom sabzavotlar, “QG” — qaynatilgan goʻsht, “QB” — qaynatilgan baliq, “QS” — qaynatilgan sabzavotlar, “PG” — pishirilgan goʻsht, “Koʻkatlar”, “TS” — tuzlangan sabzavotlar, “Seld”, “N” — non, “PB” — pishirilgan baliq);
goʻshtni kesish uchun taxtakachlar xoch yoki maxsus stendga oʻrnatiladi, metall halqa bilan mahkamlanadi, har kuni ishdan keyin pichoq bilan tozalanadi va tuz sepiladi. Vaqti-vaqti bilan, kerak boʻlganda, pastki qism kesiladi va silliqlanadi.
5.1.7.14. Ishlab chiqarish, yordamchi, omborxona va maishiy binolarni tozalash tozalovchilar tomonidan, ish joylari esa ishchilar tomonidan tozalanadi. Hojatxonalarni tozalash uchun maxsus xodim ajratiladi. Tozalovchilar yetarli miqdorda tozalash vositalari, lattalar, yuvish vositalari va dezinfeksiyalash vositalari bilan taʼminlanishi kerak.
5.1.7.15. Umumiy ovqatlanish tashkiloti tomonidan keytring xizmati amalga oshirilganda (ovqat tayyorlash va ularni buyurtma joyiga yetkazib berish, ovqatni isitish, stol servirovkasi xizmati koʻrsatish, idish-tovoqlarni, binolar va hududlarni tozalash ishlari chetdan chaqiriladigan xizmatchilar tomonidan amalga oshirilsa), idish-tovoq va ovqatlanish anjomlari soni bir martali ishlatiladigan porsiyalar soniga muvofiq toʻldiriladi. Bir marta ishlatiladigan idishlardan foydalanilganda ishlatilgan idishlar yopiq plastik qoplarga yigʻiladi. ish kunining oxirida zararsizlantiriladi.
5.1.7.16. Dezinfeksiyalash uchun turli xil kimyoviy guruhlarning agentlari ishlatilishi mumkin: xloroaktiv (diklorootsianurik kislotaning natriyli tuzi):
faol xlor kontsentratsiyasi 0,06% dan kam boʻlmagan ishchi eritma, xloramin B.
faol xlor kontsentratsiyasida kamida 3,0% boʻlgan ishchi eritma, kislorod faol modda boʻlgan (vodorod peroksidi — 3,0% dan kam boʻlmagan konsentratsiyada) eritma, kationli yuza faol moddalar (KLAV) — toʻrtlamchi ammoniy birikmalari (ishchi eritmadagi konsentratsiyada 0,5% kam emas), uchinchi darajali aminlar (0,05% dan kam boʻlmagan ishchi eritmasi), guanidinning polimer hosilalari (0,2% dan kam boʻlmagan ish eritmasi), alkogol (terining antiseptiklari va ishlov berish uchun dezinfeksiyalash vositasi sifatida) kichik yuza maydonlarni — izopropil spirt ogʻirligi boʻyicha kamida 70% kontsentratsiyasida, etil spirti ogʻirligi boʻyicha kamida 75% boʻlganida. Faol moddalarning tarkibi qoʻllanmalarida koʻrsatilgan.
5.1.7.17. Ishlab chiqarish binolari, ovqatlanish zallari, barcha yuzalar, jihozlar va idish tovoqlar zararsizlantirilishi kerak. Oziq-ovqat qoldiqlari bilan ifloslangan idishlar dezinfeksiyali eritmaga botiriladi va keyin yuqoridagi sxema boʻyicha qayta ishlanadi. Yuzani zararsizlantirishda boʻktirish usuli qoʻllaniladi. Odamlar yoʻqligida ochiq portativ ultrabinafsha nurlantiruvchi lampalar, dezinfeksiyalash vositalarining aerozollari yordamida zararsizlantirish tavsiya etiladi.
5.1.7.18. Sogʻliqni saqlash vazirligining 2012-yil 10-iyuldagi 200-sonli buyrugʻiga asosan sanitariya minimumi va profilaktik tibbiy koʻrikdan oʻtgan shaxslarga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beradigan ovqat tayyorlash joylarida ishlashiga ruxsat beriladi.
5.1.7.19. Tez ovqatlanish shaxobchalari va yetkazib berish faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxona rahbari, korxonadagi ijtimoiy masofani saqlash uchun amaliy choralarni koʻrishi kerak:
ishchilari bir-biri bilan toʻqnashmasligi uchun ishlab chiqarish tizimining har ikki tomonida ish joylarini tashkil qilish;
yuz niqoblari, soch toʻrlari, bir marta foydalaniladigan qoʻlqoplar, toza kostumlar va shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlash;
mahsulot pishirish joyidagi xodimlar sonini cheklash;
ishchi xodimlarni guruhlarga ajratish, guruhlarning oʻzaro muloqotini kamaytirish.
5.1.7.20. Oʻzini yomon his qilgan xodimlar ishga kelmasliklari kerak, ular 103 raqamiga qoʻngʻiroq qilib, tibbiy yordamga murojaat qilishlari kerak.
Agar xodim (ishchi) ish joyida oʻzini yaxshi his qilmasa, COVID-19 tipik alomatlari aniqlansa, uni odamlar kirmaydigan alohida joyga olish kerak: yoki eshikni yopish bilan xona izolyatsiya qilinishi mumkin boʻlgan joyga alohidalash kerak, xonani shamollatish uchun oynani ochish. Nosogʻlom ishchining oziq-ovqat korxonasi hududidan tezda olib ketilishini taʼminlash.
5.1.7.21. Tez ovqatlanish joylari va yetkazib berish ish joylaridagi peshtaxta, eshik tutqichlari va boshqalarni tez-tez tozalash va dezinfeksiyalash zarur.
5.1.7.22. Qoʻlqoplarni xar bir oziq ovqat tayyorlash jarayonidan tashqari ishlarni bajarganlikdan soʻng, eshiklarni qoʻl bilan ochish va yopish, axlat qutilarini boʻshatishdan keyin almashtirish kerak.
5.1.7.23. Koʻrsatilgan xizmatlar uchun kontaktsiz toʻlovlarning uzluksiz ishlashini taʼminlash shart.
5.1.8. Mehmonxonalar va yotoqxonalarni tashkillashtirish.
5.1.8.1. Sayyohlik va ekskursiya xizmatlarini koʻrsatuvchi turistik korxonalar (mehmonxonalar, yotoqxonalar va boshqalar) turistlar va diqqatga sazovor joylarning (bundan keyin — turistlar) hayoti va sogʻligʻi xavfsizligini taʼminlashi kerak.
5.1.8.2. Mehmonxonalarda qabulxona, kutish zallari, yoʻlaklar, zinalar, lift, sanitar-gigiyenik nuqtalari har 8 soatda hamda umumiy foydalanishdagi buyumlar (eshik tutqichi, lift tugmalari, kutish zalidagi stol, roʻyxatga olish joyi stoykasi va undagi ruchkalar) har 2 soatda kamida 1 marotaba dezinfeksiya qilinishi;
umumiy foydalanishdagi obyektlar (lift, sanitariya-gigiyena nuqtalari, valyuta ayirboshlash shaxobchalari, ovqatlanish joylari va boshqalar) antiseptik vositalari bilan uzluksiz taʼminlashi hamda qoʻlni davriy tozalab turish boʻyicha oʻzbek, rus va ingliz tillarida yozilgan ogohlantiruvchi yozuvlar boʻlishi;
xodimlar va mijozlarning sonidan kelib chiqib shaxsiy himoya vositalarining (niqob, qoʻlqop, antiseptik vosita va boshqalar) kamida besh kunlik zaxirasi shakllantirilishi va doimiy mavjud boʻlishi;
mehmonxonaning bandlik darajasi 50 foizdan oshgan taqdirda tibbiyot xodimining doimiy faoliyati taʼminlanishi;
mehmonlarni nomerlarga joylashtirishda oilaviy mehmonlar soni 3 nafardan, boshqa mehmonlar soni 2 nafardan oshmasligi lozimligi belgilandi.
Mazkur talablar nomerlari soni 10 tadan koʻp boʻlgan mehmonxonalarga nisbatan tatbiq etiladi.
5.1.8.3. Umumiy joylarda, shu jumladan mehmonxonaga/yotoqxonaga, polga va restoranga kiraverishda qoʻlni zararsizlantirish uchun teri antiseptiklari bilan toʻldirilgan dozatorlar oʻrnatiladi.
5.1.8.4. Odamlar doimiy yashaydigan xonalarni muntazam ravishda shamollatiladi.
5.1.8.5. Profilaktik dezinfeksiyalash uchun mehmonxonalar koʻchma kvars lampa bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
5.1.8.6. Umumiy hojatxonalarni xar uch soatda bir marta tozalash kerak, tozalash va zararsizlantirish maxsus ajratilgan kiyimlarda amalga oshiriladi, xizmatchi yoki tozalovchi toʻq rangli matodan tikilgan xalatda, kauchukli fartuk, roʻmol, rezina botinka yoki galoshda, kaprolaktam yoki rezina qoʻlqopda boʻlishi lozim.
Qoʻl yuvish joyi maxsus sensorli moslamali suyuq sovun quyuvchi dozator bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Bu yerda, albatta, donali salfetkalar, qogʻoz sochiqlar yoki elektr sochiqlar boʻlishi kerak. Koʻp marta ishlatiladigan sochiqni osib qoʻyish qatʼiyan man etiladi.
Sanitariya kabinalarining eshik tutqichlari, hojatxonalarning yuzasi va qopqoqlari, suvni toʻkish uchun tutqichlar zararsizlantiruvchi eritma bilan artib turiladi.
5.1.8.7. Umumiy foydalanish dushlarini tozalashga alohida eʼtibor berilishi kerak. Qoida tariqasida, oyoq ostiga moyli boʻyoq bilan boʻyalgan yogʻoch panjara qoʻyiladi. Ushbu panjaralar kuniga bir necha marta issiq suv va sovun bilan yuvilishi kerak. Yuqumli va zamburugʻli kasalliklarni tarqalishining oldini olish uchun sovuq suv va xlorli ohak eritmasi bilan yuvib turilishi shart. Dush pollari har kuni yuviladi. Suv tushish teshiklari temir panjaralari yot narsalar bilan toʻsilib qolmaganligini nazorat qilish kerak. Dushxonadan kiyimlarni yoki lattalarni quritish uchun foydalanmaslik lozim.
5.1.8.8. Mehmonlarni qabul qilishda:
ularda lohaslik, isitma/qizish, yoʻtal, nafas qisilishi kabi belgilari bor-yoʻqligini tekshiring;
yuqorida koʻrsatilgan belgilar bilan roʻyxatdan oʻtkazish vaqtida ham, yashab turgan paytida ham mehmonlar aniqlangan taqdirda — Shoshilinch ravishda! 103 telefon orqali (mehmonxona, yotoqxona, mehmon uyi va boshqalar) tibbiy yordamga murojaat qiling va ushbu mehmonning yashash joyidagi barcha harakatlari tarixi toʻgʻrisida xabar bering.
5.1.8.9. Lohaslik, isitma/qizish, yoʻtal, nafas qisilishi kabi belgilari boʻlgan mehmonlarni shifokorlar kelguniga qadar yashayotgan xonasiga izolyatsiya qilish zarur;
5.1.8.10. Agar koronavirusga gumon holati tasdiqlansa:
tibbiy xodim maslahatchi — evakuatsiya va zararsizlantirish guruhlari kelguniga qadar mehmonxonada qolishi kerak;
bemorni kasalxonaga yotqizganidan soʻng, yakuniy dezinfeksiya ishlari dezinfeksiya guruhi tomonidan amalga oshiriladi.
5.1.8.11. Oʻtkir respiratorli infeksiya (OʻRI) belgilari mavjud boʻlgan, boshqa holatlarda:
ushbu mehmonni yashash joyidagi xonada izolyatsiya qilinishini taʼminlash, koronavirusning rivojlanishi yoki OʻRIdan toʻliq tuzalgunicha, kamida 14 kun unga qarov uchun alohida xodim (xizmatkor), yoki mehmonxonaning tibbiyot xodimini biriktirish;
bemorning qarovi muddatida ajratilgan xodimlar koronavirusga chalingan bemorlar bilan ishlashga moʻljallangan maxsus kiyimda boʻlishlari kerak.
5.1.8.12. Holsizlik, isitma (qizish), yoʻtal, nafas olish qiyinligi belgilari boʻlgan mehmonlar kasalxonaga yotqizilganidan (yoki chiqib ketgandan) keyin u yashagan xona shaxsiy himoya vositalarida (nafas olish organlari himoya vositalari (niqoblar), koʻzoynaklar, qoʻlqoplar) dezinfeksiya vositalaridan foydalangan holda tozalanadi.
5.1.8.13 Mehmonxonalar, motellar, yotoqxonalar va hk. xodimlariga:
oʻzlarining xizmat vazifalarini bajarishda shaxsiy gigiyena qoidalariga, shuningdek shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish qoidalariga qatʼiy rioya qiling;
tarkibida spirt boʻlgan antiseptiklar yoki sovun va suv yordamida qoʻllarni tez-tez yuving/tozalang (JSST tavsiyalariga binoan);
yoʻtalayotganda va aksirganda ogʻzingiz va buruningizni qoʻlingiz yoki bukilgan tirsak bilan yoping — ishlatilgan salfetkani darhol tashlang va qoʻlingizni yuving;
isitma va yoʻtal alomatlari boʻlgan odamlar bilan yaqin aloqadan saqlaning.
5.1.8.14. Mehmonlar uchun ovqatlanish xonaning oʻzida tashkil qilinib, keytering xizmatlari tamoyiliga asoslanishi kerak.
5.1.8.15. Mehmonxonalar/yotoqxonalar xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda dastlabki va davriy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi, shuningdek gigiyenik tayyorgarlikdan oʻtadi (sanitariya minimumi).
5.1.9. Sanatoriylarni tashkil qilish.
5.1.9.1. Sanatoriy-profilaktika muassasalari (bundan keyin — sanatoriyalar), shu jumladan sil kasalligiga qarshi sanatoriyalar, tibbiy reabilitatsiya va dam olish uchun tabiiy shifobaxsh fizik omillarni (iqlim, mineral suvlar, balchiq), fizioterapevtik usullar, fizioterapiya mashqlari va belgilangan rejimga rioya qilingan oʻz faoliyatini amalga oshirishning boshlashidan oldin, shuningdek har bir smena oxirida texnik xodimlar ishtirokida umumiy tozalashni (pol, devorlar, eshiklar, oynalar, yoritish chiroqlari, isitish qovurgʻalari, shamollashtish tuynuklari panjaralari va mebellarni artib tozalash) tasdiqlangan yuvish va dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda amalga oshirish kerak. Shamollatish tizimlarining panjaralari changdan tozalanadi, tashqi havo haroratining keskin pasayishi kuzatilganida ularni yopish kerak.
5.1.9.2. Yashash xonalari har kuni shamollatiladi, koʻrpa-toʻshaklar, mebel, gilam, pol changdan tozalanadi, pol va sanitariya qurilmalari dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda tozalanadi. Xonani shamollatish kuniga kamida 2-marta amalga oshiriladi.
Radiatorlar, deraza tokchalari, kiyim shkaflari — har kuni tarkibida spirt boʻlgan dezinfeksiyalash vositasi bilan artib tozalanadi va haftasiga bir marta yuvish vositalaridan foydalanib yuviladi.
Deraza oynalarning ichki yuzasi har hafta tarkibida spirt tutuvchi dezinfeksiyalash vositasi bilan tozalanadi va oyiga bir marta yuvish vositalari bilan yuviladi. Ichki hojatxona kuniga bir marta yuvuvchi va dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanib tozalanadi.
Toʻshak choyshablari mijoz chiqib ketgandan keyin yoki ifloslanganidan keyin almashtiriladi, lekin kamida yetti kunda bir marta, sochiqlar ifloslanganganligiga qarab almashtiriladi.
5.1.9.3. Umumiy foydalanish joylarida pollar kuniga ikki marta yuviladi. Umumiy hojatxonalar kuniga ikki marta yuvuvchi va dezinfeksiyalovchi vositalaridan foydalangan holda tozalanadi, ular sensorli sezgir dozatorlar va pedal mexanizmli suyuq sovun tarqatish moslamalari, elektr sochiqlar yoki bir martali ishlatiladigan qogʻoz sochiq bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Har kuni tozalovda ishlatiladigan dezinfeksiyali eritma oʻzgartirilishi kerak.
5.1.9.4. Balandligi 3 qavat va undan ortiq boʻlgan sanatoriy binolarida yoʻlovchi tashish liftlari har kuni dezinfeksiya qilinishi kerak.
Lift oldidagi har bir qavatda dezinfeksiyali salfetkalar va bir marta ishlatiladigan tayoqcha bilan (chaqiruv tugmachasini bosish uchun) stollarni tashkil qilish kerak.
5.1.9.5. Tozalash uskunalari (togʻoralar, chelaklar, choʻtkalar, latta va boshqalar) belgilanishi va alohida xonalarga biriktirilishi kerak. Ishlatilgandan keyin tozalash uskunasi yuvuvchi va dezinfeksiyalovchi vositalaridan foydalanib issiq suv bilan yuviladi va maxsus ajratilgan shkaflar yoki xonalarda saqlanadi. Sanitariya-texnik vositalarni tozalash anjomlari ajralib turuvchi rangga (qizil, toʻq sariq) boʻyalgan boʻlishi va alohida saqlanishi kerak.
5.1.9.6. Kir yuvish ishlari shu joyga tegishli boʻlgan kir yuvish xonasida, oqartirish vositasi (dezinfeksiyalash vositasi) yordamida yoki shartnoma boʻyicha boshqa kir yuvish korxonasida amalga oshiriladi.
5.1.9.7. Sanatoriy hududini tozalash har kuni amalga oshiriladi. Chiqindilar axlat qutilariga yigʻiladi va ularning hajmining 2/3 qismi toʻlganda maishiy chiqindilarni tashish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq qattiq maishiy chiqindilar uchun poligonlarga olib boriladi. Boʻshatilganidan keyin idishlar (chiqindi idishlari) tozalanishi va belgilangan tartibda foydalanish uchun ruxsat berilgan dezinfeksiyalash vositalari bilan ishlov berilishi kerak.
5.1.9.8. Sanatoriya hududida maishiy chiqindi va barglarni yoqish taqiqlanadi.
Hududga oʻrnatilgan jihozlar (stollar, skameykalar, mashq jihozlari va kichik arxitektura shakllari) yaxshi holatda saqlanishi va ruxsat berilgan dezinfeksiyalash vositalaridan foydalanib dezinfeksiya qilinishi kerak.
5.1.9.10. Profilaktik choralar: har kuni (ertalab va kechqurun) sanatoriyada boʻlgan kontingentning tana harorati oʻlchab borilishi (sanatoriya xodimlari, bemorlar) kerak.
5.1.9.11. Jismoniy sogʻlomlashtirish va ommaviy sport tadbirlari ijtimoiy masofani (kamida 2 metr) qatʼiy saqlagan holda oʻtkazilishi kerak.
Jismoniy tarbiya uchun bemorlar tibbiy guruhlariga qatʼiy taqsimlanadi. Asosiy tibbiy guruh bolalariga barcha jismoniy-sogʻlomlashtirish va sport tadbirlarida cheklovlarsiz qatnashish huquqi beriladi.
Ertalabki mashqlar har kuni ochiq havoda 10 — 15 minut, yomgʻirli havoda havo yaxshi aylanadigan xonada oʻtkaziladi.
Quyoshli vannalar ertalab yoki kechqurun, ovqatlanishdan yarim soat oldin shamoldan himoyalangan maxsus joylarda buyuriladi.
5.1.9.12. Cheklov choralari davomida suzish taqiqlanadi.
5.1.9.13. Sanatoriy oshxonasida davolash-profilaktika ovqatlanish stollarini shaxmat tartibda joylashtirish va bitta stolda ikkitadan koʻp boʻlmagan oʻrindiq tashkil etiladi.
5.1.9.14. Tayyor ovqatni yetkazib berish tibbiy mutaxassis tomonidan tayyor ovqatning sifatini organoleptik baholashdan soʻng, ovqat sifatini nazorat qilish daftariga yozuv kiritilgandan keyin amalga oshiriladi.
5.1.9.15. Oshpaz har kuni tayyor mahsulot namunasini sanatoriyda qoldiradi. Namunalar toza (qaynatilgan) shisha idishda qopqoq yopilgan xolda olinadi (garnirlar alohida idishga solinadi) va muzlatgich ichida maxsus joyda + 20C dan +60C gacha boʻlgan haroratda saqlanadi.
Sanatoriyning tibbiyot xodimlari oshxonaga qabul qilingan mahsulotlarning sifati, mahsulotlarni saqlash shartlari va ularni bajarish muddatlari, kunlik namunalarni toʻgʻri tanlash va saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qilishadi.
5.1.9.16. Oshxona xonasining jihozlanishi, xizmat koʻrsatilishi, jihozlar, inventar, idishlar va idishlar uchun talablar ovqatlanish sohasidagi sanitariya talablariga javob berishi kerak.
Oziq-ovqat mahsulotlarini tashish sanitariya-epidemiologiya xulosasi boʻlgan transport vositalarida amalga oshirilishi lozim. Oziq-ovqat mahsulotlari, ularni tashish shartlariga qoʻyiladigan talablarga rioya (tovarlar yonma-yon joylashishi) qilingan holda tashiladi, boshqa maqsadlar uchun maxsus transport vositalaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. Mahsulotlar uchun idishlar markirovkalanadi va belgilangan maqsadlar uchun ishlatiladi. Ekspeditor ishga kirishi uchun maxsus kiyim va shaxsiy tibbiy daftar boʻlishi lozim.
5.1.9.17. Yuqumli va ommaviy zaharlanishning paydo boʻlishi va tarqalishining oldini olish uchun quyidagilarga ruxsat berilmaydi: 1) shishib ketgan bombaj konservalar, zang bilan qoplangan, deformatsiyalangan, yorliqlarsi, zich yopilmagan idishdagi konservalar; 2) yumshoq idishlar ichida namlangan mahsulotlar (un, don, shakar va boshqa mahsulotlar); 3) ombor zararkunandalari bilan ifloslangan don, un va quritilgan mevalar, shuningdek mexanik aralashmalar bilan ifloslangan mahsulotlar; 4) mogʻorlagan va chirish alomatlari boʻlgan sabzavotlar, mevalar va rezavorlar; 5) qoʻziqorinlar; 6) konservalangan gazaklar, tuzlangan sabzavotlar va mevalar; 7) uyda tayyorlangan mahsulotlari (isteʼmol qilishga tayyor konservalangan qoʻziqorinlar, goʻsht, sut, baliq va boshqa mahsulotlar).
Oziq-ovqat isteʼmoliga yoʻl qoʻyilmaydi: 1) oldingi ovqat qoldiqlari; 2) qaymoq va kremli qandolat mahsulotlari, ichimliklar, oʻzi ishlab chiqargan mevali ichimliklar, kvas, murabbo, pirog, tez buziladigan goʻsht va baliq mahsulotlari, maydalangan seldan tayyorlangan taom; 3) yarim tayyor qovurilgan mahsulotlar, qovurilgan tuxum; 4) achchiq souslar, gorchitsa, qalampir, sirka, quruq konsentratdan tayyorlanadigan sharbat va ichimliklar, mayonez; 5) pasterizatsiya qilinmagan sutdan tayyorlangan sut va sut mahsulotlari; 6) qon va jigardan tayyorlangan kolbasa; 7) qatiq va boshqa fermentlangan sut mahsulotlari; 8) goʻshtli makaron va goʻshtli blinchiklar; 9) suv qushlarining tuxumlari va goʻshti; 10) uy sharoitida tayyorlangan konservalar; 11) gazlangan va alkogolsiz energetik ichimliklar (mineral va ichimlik suvidan tashqari); 12) garnirlar sifatida chiplar, kiriyeshki, gamburgerlar, xot-doglar, quruq konsentratlar.
5.1.9.18. Dam oluvchilarga mineral suvni berish faqat shaxsiy yoki bir marta ishlatiladigan idishlarda amalga oshirilishi kerak.
5.1.9.19. Yashil maysali joylar, harakatlanish yoʻllari, mahsulot tushirish joylari, trotuarlar, yomgʻir va erigan suv oqib ketadigan yoʻlak yuzalari va transport vositalari turar joyidan tashqari hududlarni har kuni dezinfeksiyalash lozim.
5.1.9.20. Sanatoriya xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda dastlabki va davriy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi, shuningdek gigiyenik tayyorgarlik (sanitariya minimumi) boʻyicha bilimi sinaladi.
6-bob. Xizmat koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchilarga boʻlgan talablar
6.1. Goʻzallik salonlari va sartaroshxonalar
6.1.1. Ish boshlashdan oldin, virusga qarshi rejimga muvofiq dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda umumiy tozalashni amalga oshirish kerak.
6.1.2. Binoning kirish qismiga teri antiseptiklari bilan ishlov berilgan joylarni (tarkibida 70% boʻlgan etil spirti, izopropil miqdori kamida 60%) tashkil etish, shu jumladan dozatorlarni oʻrnatish; parfyumeriya va kosmetika vositalari (gellar, loson, tarkibidagi spirti boʻlgan oʻxshash suyuqliklar) yoki dezinfeksiyali salfetkalar.
6.1.3. Goʻzallik salonlari yoki sartaroshxonaga uning faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan shaxslarni kirishi taqiqlanadi.
6.1.4. Xodimlar va tashrif buyuruvchilar oʻrtasidagi muloqotlarni cheklash/kamaytirish maqsadida:
6.1.5. Xizmatni tashkil etishda tashrif buyuruvchilarni kamida 15 daqiqalik vaqt oraligʻini saqlagan holda kelishlari uchun buyurtmalar olishni yoʻlga qoʻyish.
6.1.6. Goʻzallik saloni yoki sartaroshxonada tashrif buyuruvchilar tomonidan xizmatni kutishni istisno qilish;
kutilmagan holda odamlar toʻplanishi yuzaga kelganda, ijtimoiy masofa (kamida 2,0 metr) prinsipiga binoan koʻchada kutishni tashkil etish.
6.1.7. Har bir tashrif buyuruvchiga alohida xonada xizmat koʻrsatish yoki bir birini orasi oynakli ekran bilan toʻsilgan kreslolarda xizmat koʻrsatish (agar iloji boʻlsa) yoki ijtimoiy masofani taʼminlagan holda kreslolarni joylashtirish.
6.1.8. Xodimlarning smena bilan ishlarini tashkil qilish.
6.1.9. Tushlik paytida va dam olish vaqtida ishchilarning harakatlanishini cheklash: korxona (tashkilot) hududidan tashqariga chiqish, bino ichida harakatlanishni chegaralash.
6.1.10. Ish joylarida ovqatlanishni taqiqlash, shuningdek tashrif buyuruvchilar uchun choy, qahva va boshqalarni taqiqlash.
6.1.11.Ovqatlanish uchun qoʻl yuvish sharoiti boʻlgan, qoʻlni spirtli antiseptiklar bilan zararsizlantirish moslamalari oʻrnatilgan alohida xona tashkil qilish.
6.1.12. Ishchilar va tashrif buyuruvchilar doimiy boʻlgan xonalarda havoni kamida 2-marta koʻchma bakteriotsid nurlantiruvchi vositalar yordamida dezinfeksiyalash.
6.1.13. Teri antiseptiklaridan foydalangan holda ishchilarning shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishlari uchun sharoit yaratish.
6.1.14. Shaxsiy himoya kiyimini kiyish tavsiya etiladi.
6.1.15. Manikyur, pedikyur, tatuirovka, kosmetik muolajalarda ishlatiladigan asboblarni dezinfeksiyalash va sterilizatsiya qilishda quyidagilar yordamida amalga oshirilishi lozim:
kimyoviy dezinfeksiyalash vositalari (dezinfeksiyalash vositalari, shu jumladan teri antiseptiklari; sterilizatsiya oldidan tozalash va sterilizatsiya qilish vositalari);
dezinfeksiyalash va sterilizatsiya uskunalari (dezinfeksiya uskunalari va yuvuvchi moslamalar, shu jumladan ultratovush uskunalari, viruslarni, bakteriyalarni va endosporlarni inaktivatsiya qilish uskunasi, sterilizator);
yordamchi uskunalar va materiallar (purkash moslamalari, bakterial filtrlar, steril asboblarni saqlash uchun ultrabinafsha nurlari bilan ishlov berish kameralari, zararsizlantirish uchun idishlar, sterilizatsiya qutilari va qadoqlash materiallari, kimyoviy indikatorlar va boshqalar).
Moslamalarni tanlayotganda, ushbu mahsulotlarning materiallariga maʼlum dezinfeksiyalash vositalarining taʼsiri boʻyicha ishlab chiqaruvchilarning tavsiyalarini hisobga olish kerak.
6.1.16. Mijozning boʻyni va yuzidan kesilgan sochlarni artish uchun antiseptik bilan namlangan individual sochiq bilan ishlatilishi kerak.
6.1.17. Virusga qarshi ishlatiladigan dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda xonalarni va umumiy foydalanish joylarini (ovqatlanish, dam olish, hojatxona xonalari) namli tozalash.
Har bir mijoz uchun xizmatni tugatganidan soʻng, virusli rejimda dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda barcha yuzalarini (eshik tutqichlari, oʻchirgichlar, qoʻl tutqichlar va boshqalar) zararsizlantirish.
Virusli rejimga muvofiq har bir mijozdan keyin ishlatilgan uskunalarda zararsizlantirishni oʻtkazish.
6.2. Kimyoviy tozalash va kir yuvish ishlarini tashkil qilish
6.2.1. Kir yuvish va kimyoviy tozalash korxonasida ish boshlashidan oldin, virusli rejimga binoan dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda umumiy tozalashni amalga oshirish kerak.
6.2.2. Begona shaxslarni kimyoviy tozalash va kir yuvish korxonasi hududiga kirishini taqiqlash.
6.2.3. Korxona buyurtma qabul qilish va mijozga berish joylarida oynakli toʻsiqlar oʻrnatish (buyurtmalarni qabul qilish oynalari) yoki ijtimoiy masofa prinsiplariga rioya qilgan holda xizmatlarni tashkil qilish orqali xodimlar va mijozlar oʻrtasidagi muloqotlarni cheklash.
6.2.4. Kutilmagan holda odamlar toʻplanishi yuzaga kelganda, ijtimoiy masofa (kamida 2 metr) prinsipiga binoan koʻchada kutishni tashkil etish.
6.2.5. Tushlik paytida va dam olish vaqtida ishchilarning harakatlanishini cheklash: korxona (tashkilot) hududidan tashqariga chiqish, bino ichida harakatlanishni chegaralash.
6.2.6. Ish joyida ovqatlanishni taqiqlash.
6.2.7. Ovqatlanish uchun qoʻl yuvish sharoiti boʻlgan, qoʻlni spirtli antiseptiklar bilan zararsizlantirish moslamalari oʻrnatilgan alohida xona tashkil qilish.
6.2.8. Korxona ichidagi xodimlarning ijtimoiy masofa tamoyillariga rioya qilishini taʼminlash (shu jumladan 2 metr oraliq masofani belgilash).
6.2.9. Ishchilar va tashrif buyuruvchilar doimiy boʻlgan xonalarda havoni kamida 2-marta koʻchma bakteriotsid nurlantiruvchi vositalar yordamida dezinfeksiyalash.
6.2.10. Teri antiseptiklaridan foydalangan holda ishchilarning shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishlari uchun sharoit yaratish.
6.2.11. Har 2 soatda binolarni havosini yangilab turish.
6.2.12. Har bir mijoz uchun xizmatni tugatganidan soʻng, virusli rejimda dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda barcha yuzalarini (eshik tutqichlari, oʻchirgichlar, qoʻl tutqichlar va boshqalar) zararsizlantirish.
Virusli rejimga muvofiq har bir mijozdan keyin ishlatilgan uskunalarda zararsizlantirishni oʻtkazish.
6.3. Tikuvchilik xizmati va poyafzal tuzatish ishlarini tashkil etish
6.3.1. Tikuvchilik xizmati va poyafzal tuzatish xonasida ish boshlashdan oldin virusli rejim uchun dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda umumiy tozalashni amalga oshirish.
6.3.2. Begona shaxslarni binoga kirishini taqiqlash.
6.3.3. Xizmatlarni ijtimoiy masofa tamoyillariga muvofiq ravishda tashkil qilish orqali xodimlar va mijozlar oʻrtasidagi muloqotlarni cheklash.
6.3.4. Agar xodimdan mijozgacha boʻlgan masofa 2,0 metrdan kam boʻlmasligi sharti bilan bitta mijozni qabul qilishni taʼminlash (shuningdek tegishli markirovkani qoʻllash bilan), oʻlchov olish ishlarini kamaytirish.
6.3.5. Kutilmagan holda odamlar toʻplanishi yuzaga kelganda, ijtimoiy masofa (kamida 2,0 metr) prinsipiga binoan koʻchada kutishni tashkil etish.
6.3.6. Tushlik paytida va dam olish vaqtida ishchilarning harakatlanishini cheklash: korxona (tashkilot) hududidan tashqariga chiqish, bino ichida harakatlanishni chegaralash.
6.3.7. Ish joyida ovqatlanishni taqiqlash.
6.3.8. Ovqatlanish uchun qoʻl yuvish sharoiti boʻlgan, qoʻlni spirtli antiseptiklar bilan zararsizlantirish moslamalari oʻrnatilgan alohida xona tashkil qilish.
6.3.9. Ishchilar va tashrif buyuruvchilar doimiy boʻlgan xonalarda havoni kamida 2-marta koʻchma bakteriotsid nurlantiruvchi vositalar yordamida dezinfeksiyalash.
6.3.10. Teri antiseptiklaridan foydalangan holda ishchilarning shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishlari uchun sharoit yaratish.
6.3.11. Shaxsiy himoya vositalari, dezinfeksiyalash vositalari va yuvish vositalarini 5 kunlik zaxira bilan tashkil qilish.
6.3.12. Har 2 soatda yoki har bir mijozdan keyin binolarni shamollatish.
6.4. Transport vositalariga va qishloq xoʻjaligi avtomobillariga texnik xizmat koʻrsatish korxonalariga qoʻyiladigan talablar
6.4.1. Xizmat koʻrsatishni avvaldan buyurtma olish tartibida mijozlarga xizmat koʻrsatish oraligʻini 20 minutdan kam boʻlmagan vaqtga moʻljallab tashkil etish.
6.4.2. Alohida bokslar va ularga alohida kirish mavjud boʻlganda bir vaqtning oʻzida xar bitta boksda bitta transport vositasiga, kirish yoʻlagi va bokslar bitta binoda alohidalanmagan holda joylashgan boʻlsa bittadan koʻp boʻlmagan miqdordagi transport vositasiga xizmat koʻrsatiladi.
6.4.3. Kutilmagan holda odamlar toʻplanishi yuzaga kelganda, ijtimoiy masofa (kamida 2 metr) prinsipiga binoan koʻchada kutishni tashkil etish.
6.4.4. Tushlik paytida va dam olish vaqtida ishchilarning harakatlanishini cheklash: korxona (tashkilot) hududidan tashqariga chiqish, bino ichida harakatlanishni chegaralash.
6.4.5. Ish joyida ovqatlanishni taqiqlash.
6.4.6. Ovqatlanish uchun qoʻl yuvish sharoiti boʻlgan, qoʻlni spirtli antiseptiklar bilan zararsizlantirish moslamalari oʻrnatilgan alohida xona tashkil qilish.
6.4.7. Avtotransport va/yoki qishloq xoʻjaligi texnikasiga xizmat koʻrsatuvchi korxona ishchilari uchun ichimlik suvi tizimini tashkil qilish, shu jumladan kuler uskunali sovutilgan ichimlik suvi berilishini tashkil etish, shuningdek, bir marta ishlatiladigan stakan bilan yetarlicha taʼminlash.
6.4.8. Dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda korxona hududini muntazam tozalashni tashkil etish va ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilarini oʻz vaqtida tashib ketilishini taʼminlash.
6.5. Barcha turdagi maishiy xizmat va xizmat koʻrsatish obyektlarida:
6.5.1. Muassasaga kirish joyida dezinfeksiyali (deztoʻshama) eritma bilan toʻyingan, maxsus toʻshama tashkil qilish, bir smenada kamida bir marta almashtirish;
6.5.2. Kundalik tozalashni virusli rejimga muvofiq dezinfeksiyalash vositalaridan foydalanib, yuzalarini (tutqichlar, kreslolar va boshqalarni) zararsizlantirishni amalga oshirish.
6.5.3. Xodimlar tomonidan shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish ustidan nazoratni tashkil etish.
6.5.4. Ish kuni davomida termometriya oʻtkazgan holda nafas olish aʼzolari kasalliklari alomatlari borligini tekshirishni tashkil etish.
6.5.5. Xavfli guruhlardagi shaxslarni (yoshi 65 dan oshgan, surunkali kasalliklari boʻlgan, immuniteti pasaygan shaxslar va homilador ayollarga oʻz-oʻzini izolyatsiya qilish rejimini oʻrnatgan holda) oʻz-oʻzini izolyatsiya qilish rejimiga oʻtkazish.
6.6. Banklar, shu jumladan tijorat banklari filiallari (kassalar), mini-banklar, mikrokredit tashkilotlari, valyuta ayirboshlash shaxobchalari va bank binosi tashqarisida joylashgan xalqaro pul oʻtkazmalari (bojxona chegarasi zonasida joylashgan bank infratuzilmasi va koʻchma kassalar bundan mustasno) aholiga pensiya va nafaqalarni taqsimlash uchun belgilangan (bundan keyin — bank), shuningdek notariuslar, advokatlar va sugʻurta kompaniyalari.
6.6.1. Banklar, notariuslar, advokatlar va sugʻurta kompaniyalari mijozlar bilan yaqin aloqani minimallashtirish choralarini koʻrishlari kerak.
6.6.2. Barcha mijozlarni masofadan xizmat koʻrsatishga oʻtkazish, shu jumladan banklarning mobil ilovalaridan foydalangan holda, keyinchalik zaruratga qarab buyurtma asosida tayyorlangan hujjatlarning berilishini taʼminlash masalasini ishlab chiqish.
6.6.3. Bank faoliyatining asosiy prinsiplaridan kelib chiqqan holda, binoda ikkita asosiy blokni ajratib koʻrsatish mumkin — operatsion kassa bloki va axborotlashtirish xonalari, ofis xonalari va ularga yordamchi binolar, shuningdek qoʻriqlash va xavfsizlik xizmatlari.
Bank binolari joylashuvi boʻyicha quyidagicha guruhlanadi:
I — mijozlar uchun chegaralanmagan foydalanish maydoni. Foye, kutish xonalari, kassa va operatsiya xonalari (yoki operatsiya-kassa xonalari), mijozlarga xizmat koʻrsatish uchun maxsus xonalar;
II — mijozlar va xodimlar uchun cheklangan xonalar — depozitariy, informatika va ofis xizmat xonalari;
III — bank xodimlarining qatʼiy cheklangan doirasiga kirishga ruxsat berilgan xonalar — kassa apparatlari, qoʻriqlash va xavfsizlik xizmatlari.
6.6.4. Binolarni funksional hududlashtirish, binolarni guruhlash va bir-biriga mijozlarga xizmat koʻrsatishning bir taraflama oqimini tashkil qilish, tashqari yangi kelgan va xizmat koʻrsatilayotgan mijozlar oqimini aralashib ketishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Mijozlar uchun iloji boricha alohida kirish va chiqish taʼminlanadi.
Agar kirish va chiqishni alohida tashkil etishning iloji boʻlmasa, mijozlar oʻrtasida ijtimoiy masofani tashkil etishni yoki ijtimoiy masofani (2 metr) ushlab turuvchi (zigzag) toʻsiqlar (yengil panjaralar, lentalar va boshqa shu kabi toʻsiqlar orqali) bilan ajratishni taʼminlashlari kerak.
Mijozlar uchun chegaralanmagan xonalarda, kutish xonalarida va mijozlarga xizmat koʻrsatish vaqti mobaynida ular orasidagi masofa kamida 2 metr boʻlishi shart (tegishli ravishda markirovka qilingan nuqtalar chizish bilan).
6.6.5. Banklar, notariuslar, advokatlar va sugʻurta kompaniyalari xonalari ish boshlanishidan 30 daqiqa oldin va keyin, shuningdek tushlik tanaffusida profilaktik dezinfeksiyalarsh uchun statsionar yoki koʻchma kvars lampasi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
6.6.5.1. Kvars lampasidan foydalanganda uni ishlatish rejimiga rioya qilinishi shart. Kvarslashdan keyin bino xonalarini shamollatish kerak.
6.6.6. Bank va/yoki notariuslar, advokatlar va sugʻurta kompaniyalar mijozlari uchun:
binoning oʻzida ham, ularga tutash hududda ham qoʻriqlash va xavfsizlik xizmatlaridan ijtimoiy masofani saqlashda foydalanish kerak;
kiraverishda har bir mijozning tana haroratini kontaktsiz pirometrlar bilan nazorat qilishni tashkil qilish. Agar tashrif buyurgan odam harorati koʻtarilsa, 103 telefon orqali tibbiy xodimlarni chaqirib, bank va/yoki notariuslar, advokatlar va sugʻurta kompaniyalari binolariga kirishiga ruxsat berilmaydi;
mijozlarga faqat tibbiy niqob bilan kirishga ruxsat etiladi;
binoga kirishda dezinfeksiyali (dezinfeksiya toʻsigʻi) eritma bilan toʻyintirilgan maxsus gilamcha tashkil etiladi, bir smenada kamida 1 marotaba almashtiriladi;
Yirik banklarda (maydoni 500 m2 dan ortiq) mijozlar uchun tana yuzasini antiseptik bilan zararsizlantirish uchun tunnel moslamasi oʻrnatiladi;
bino/xonaga kiraverishda ushbu maqsadlar uchun moʻljallangan teri antiseptiklar bilan toʻldirilgan moslamalar tashkil etiladi (shu jumladan oʻrnatilgan dozatorlardan foydalangan holda);
6.6.7. Xodimlar uchun:
bank xodimlari va/yoki notariuslar, advokatlar va sugʻurta kompaniyalariga kirish va ishlashga ruxsat berish faqatgina COVID-2019 uchun sinov natijalari manfiy boʻlgan taqdirdagina ruxsat etiladi;
shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish uchun sharoit yaratish, oʻtkir respiratorli infeksiyalar (isitma, yoʻtal, burunning oqishi) belgilari boʻlgan xodimlarni ishga qoʻymaslik kerak;
xodimlarni bir martalik niqoblar bilan taʼminlash (ish smenasining davomiyligi va niqobning 3 soatda kamida 1-marta almashtirishni eʼtiborga olgan holda), lekin mijozlar bilan ishlashda foydalanish uchun har bir xodimga kamida 5 dona, shuningdek dezinfeksiyali salfetkalar, teri antiseptiklar, dezinfeksiyalash vositalari (roʻyxatga olingan va foydalanish uchun ruxsat berilgan), bir marta ishlatiladigan qoʻlqoplar bilan taʼminlash;
dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda har kuni (smenada) ofis xonalari va umumiy foydalanish joylarini (kutish xonalari, ovqatlanish xonalari, dam olish xonalari, hojatxonalar) namli tozalash. Har 2-4 soatda kontakt yuzalarida: eshik tutqichlari, oʻchirgichlar, tutqichlar, panjara, stol qoplamalari, stullar, ofis jihozlarini artib tozalash, shuningdek, barcha xonalarni kuniga kamida ikki marta shamollatish.
7-bob. Avtotransport vositalarning dezinfeksiya oʻtkazish tartibi, shu jumladan taksi xizmatini amalga oshiruvchi shaxslar uchun tartiblar
7.1. Safar oldidan oʻtkazilgan tekshirish natijalariga koʻra, oʻtkir respiratorli infeksiyalar (isitma, yoʻtal, burunning oqishi) boʻlgan haydovchilarni ishlashiga ruxsat etilmaydi.
7.2. Haydovchilar bir martalik niqoblar bilan taʼminlanishi kerak (ish smenasi davomiyligi va niqobning 3 soatda kamida 1-marta almashtirilishi hisobga olingan holda), shuningdek dezinfeksiyali salfetkalar, qoʻllarni zararsizlantirish uchun teri antiseptiklari va dezinfeksiyalash vositalari bilan taʼminlanishi kerak.
7.3. Haydovchilar shaxsiy gigiyena choralariga, nafas olish tizimini himoya qilish uchun niqoblardan foydalanish, qoʻllarni sovun bilan tez-tez yuvish yoki terini antiseptiklar bilan yuvish, shamollatish va transport vositalarini namli tozalashga rioya qilishlari kerak.
7.4. Avtoulovlarni yuvish har smenadan keyin suv taʼminoti va kanalizatsiyasi boʻlgan maxsus joylarda amalga oshiriladi.
7.4.1. Taksi haydovchilari yoʻlovchilarni orqa oʻrindiqda, yoʻnalishi boʻyicha eng koʻpi bilan 2 nafar yoʻlovchini (oilaviy oʻtirganlar bundan mustasno) olib borishlari kerak;
7.4.2. Taksi haydovchisi harakatlanishdan oldin mijoz oʻtiradigan barcha joylarni dezinfeksiya qilishi shart.
Har bir yoʻlovchini tashishdan keyin eshik ochadigan joy, qoʻl osti yostiqchasi, xavfsizlik kamarining qisqichi dezinfeksiyali salfetkalar bilan artilishi shart.
Havoning dimiqishini oldini olib, transport vositasining ichki salonini doimiy ravishda shamollatib turishi zarur. Avtotransport vositalarini boshqarish qismlarini (vodorod peroksid, 70 foizli spirt, tarkibida xlor boʻlgan vositalar) rul, harakatlanish dastagi, eshikni ochish, deraza va iqlimni boshqarish tugmalari, shuningdek multimedia ekranlari dezinfeksiyalash vositalari bilan, teri qoplamalar yuvish vositalari bilan muntazam ravishda artib turiladi.
Taksi haydovchilaridan avtoulovning ichki qismini kuniga kamida ikki marta doimiy ravishda tozalash, avtomobilning salonini dezinfeksiyalash vositalari bilan tozalash va salon qismini shamollatib turishlari tavsiya etiladi.
7.5. Avtomobilni tozalash tashqi yuzani yuvishdan boshlanadi. Avtotransport vositalarini tashqi yuvish mexanizatsiyalashgan yuvish mashinalarida yoki qoʻl bilan choʻtkalar yordamida yuvish va dezinfeksiyalash eritmasi ishlatgan holda amalga oshiriladi. Yuvib boʻlgandan keyin yuzani shlangda suv bilan chayib yuviladi
7.6. Avtotransport vositalarining ichki salonlari choʻtkalar yordamida yuvish va dezinfeksiyalash vositalarining iliq eritmasi bilan yuviladi. Biriktirilgan joylar va burchaklarni yuvishga alohida eʼtibor berilishi kerak.
7.7. Olinadigan uskunalar salondan chiqariladi va alohida ishlov beriladi.
7.8. Avtotransport vositalarining havosi portativ ultrabinafsha nurlantiruvchi vositalar yoki dezinfeksiyalash vositalarining aerozollaridan foydalangan holda odamlar va mahsulotlar yoʻqligida zararsizlantirish tavsiya etiladi.
7.9. Transport vositasining barcha ichki yuzalari zararsizlantirilishi zarur.
7.10. Koʻrinadigan iflosliklar boʻlsa, ularni dezinfeksiyalovchi vosita bilan zararsizlantirilib, tozalab, keyin dezinfeksiyalash kerak.
7.11. Salonni, ichki yoki tashqi yuzani tozalash uchun siqilgan havo va/yoki bosimli suv, shuningdek ayerozol shaklida yuqumli materiallarning sachrashiga yoki tarqalishiga olib keladigan boshqa usullardan foydalanish taqiqlanadi
7.12. Uzoq yoʻnalishlarda ichish uchun faqat kichik hajmli idishdagi ichishga moʻljallangan suvdan yoki bir martali ishlatiladigan idishlar bilan taʼminlangan idishdagi suvdan foydalanishga ruxsat beriladi.
7.13. Yoʻnalishda ishlatilgan bir marta ishlatiladigan idishlar, shuningdek shaxsiy himoya vositalari, niqoblar, dezinfeksiya eritmali salfetkalar bir martalik mahkam yopiladigan plastik paketlarga yigʻilib, ular yuk xonasiga joylashtiriladi va yoʻnalish oxirida zararsizlantiriladi.
7.14. Ovqat, oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tashishga moʻljallangan avtotransportlarga
7.14.1. Oziq-ovqat xom ashyosi, oziq-ovqat mahsulotlari va qishloq hoʻjalik mahsulotlarini tashish uchun bunday maqsadlarga moʻljallangan maxsus ishlab chiqilgan yoki jihozlangan transport vositalaridan foydalanish kerak.
7.14.2. Avtotransport vositalari har kuni ish smenasi tugaganidan keyin dezinfeksiya qilinadi.
7.14.3. Dezinfeksiyalash faqat mahsulotlardan boʻshatilgach va transport vositasi yaxshilab yuvib boʻlinganidan keyin yoki darhol dezinfeksiyalovchi eritmali vositalardan foydalangan holda amalga oshiriladi.
7.14.4. Transportning ichki yuzalari zararsizlantiruvchi eritmada namlangan latta bilan artiladi.
7.14.5. Ishlov berish eng ichkaridan chiqish qismiga qarab yoʻnalishda oʻtkaziladi. Yuzalarni sanitariya-tozalash ishlari shu tartibda amalga oshiriladi — avval shiftni, soʻngra devorlar, keyin eshiklar tozalanadi.
7.14.6. Dezinfeksiya vaqti tugagandan soʻng, ichki yuza dezinfeksiyalash vositasining qoldiqlaridan shlangdan suv bilan yuviladi, shamollatiladi va quritiladi.
7.14.7. Qishloq xoʻjaligi transport vositasining haydovchisi maxsus kiyimda boʻlishi kerak.
7.14.8. Qishloq xoʻjaligi transport tashkilotlari shaxsiy va maxsus kiyimlarni saqlash uchun alohida xona bilan taʼminlashi kerak.
7.14.9. Qishloq xoʻjaligi transport tashkilotlari dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda hududni muntazam tozalashni tashkil qiladi va ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilarini oʻz vaqtida tashib ketilishini taʼminlaydi.
8-bob. Shaxsiy himoya vositalari va ulardan foydalanish tartibi
8.1. Maxsus kiyim va maxsus poyafzallar ishchilarni COVID-19 kasalligi bilan zararlanishdan himoya qilish uchun moʻljallangan. Bularga maxsus kombinezonlar, xalatlar, kostumlar, etiklar, oyoq kiyimlari, roʻmollar kiradi.
8.2. Shaxsiy himoya kiyimlarini texnik vositalari nafas olish tizimi va koʻrish aʼzolarini himoya qilish uchun moʻljallangan. Nafas olish tizimini himoya qilish uchun — niqoblar, respiratorlar, gaz niqoblari, koʻrish aʼzolarini himoya qilish uchun — koʻzoynak, qalqonlar, aerozollarga qarshi nafas olish tizimining SHXVdan foydalaniladi.
8.3. Koronavirus infeksiyasidan himoya qilishga moʻljallangan qoʻl va yuz terisini yuvuvchi va dezinfeksiyalovchi vositalar, eritmalar, bularga yuvuvchi vositalar, tarkibida xlor va spirt boʻlgan mahsulotlar kiradi.
8.4. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishda xodimlarning majburiyatlari.
Xodim:
oʻziga berilgan shaxsiy himoya vositalarini belgilangan tartibda toʻgʻri qoʻllashi. Agar xodimga COVID-19 epidemiyasi davrida ishlaydigan shaxsiy himoya vositalari berilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq u mehnat majburiyatlarini bajarishni rad etish huquqiga ega va ish beruvchi xodimdan ularni bajarishni talab qilishga haqli emas va shu sababli kelib chiqqan bekor qolganlik uchun mehnatga haq toʻlashga majbur;
xodim ushbu SHXVni qoʻllash qoidalari, ularning ishlatishning oddiy usullarini va soz holatdaligini tekshirishning eng oddiy usullari boʻyicha maʼlumot olishi;
shaxsiy himoya vositalarining ishdan chiqqanligi (nosozligi) toʻgʻrisida ish beruvchiga (yoki uning vakiliga) oʻz vaqtida xabar berishi;
ish kunining oxirida ishlatilgan SHXVni ish beruvchi hududidan yoki yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan bajarishga berilgan ish hududidan tashqariga olib chiqmasligi;
smena oxirida ishlatilgan bir marta ishlatiladigan SHXVni yigʻishi va uni boʻlim (sex) yaqinidagi maxsus idishga tashlashi lozim, chiqindilarni yigʻish idishlariga tashlashdan avval 2 ta polietilen qoplarga mahkamlab joylashtirish zarur.
8.5. Shaxsiy himoya vositalarini berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar har kuni texnika xavfsizligi muhandisi yoki ish beruvchi tomonidan tayinlangan boshqa shaxs tomonidan SHXV berish toʻgʻrisidagi qaydnomada yozib boriladi.
8.6. Xodimlarga shaxsiy himoya vositalarini oʻz vaqtida va toʻliq berish, xodimlar tomonidan ulardan toʻgʻri foydalanish ustidan nazoratni tashkil etish, shuningdek yuvish va (yoki) zararsizlantirish vositalarini saqlash uchun javobgarlik ish beruvchiga yuklatiladi.
8.7. Har bir korxona, muassasa, tashkilotda COVID-19 kasali aniqlangan taqdirda izolyatsiyalashda zarur yordamni koʻrsatish uchun 2 komplekt: koʻzoynak (yoki qalqon), niqob, qoʻlqop, rezina etik (poyafzal)dan iborat bir marta ishlatiladigan SHXV boʻlishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1. SanQvaM 0282-09 “Mehmonxona majmualarida, motellarida, lagerlarda, turistik lagerlarda va individual turar joylarda ovqatlanish va yashash sharoitlariga qoʻyiladigan gigiyenik talablar”.
2. Belarusiya Respublikasining “Sanatoriy-kurort va sogʻlomlashtirish tashkilotlariga qoʻyiladigan sanitariya-epidemiologik talablar” sanitariya normalari va qoidalari (2012-yil 29-oktabrda 168-son bilan tasdiqlangan).
3. JSSTning vaqtinchalik qoʻllanmasi. “COVID-19 va oziq-ovqat xavfsizligi: oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari uchun qoʻllanma”si.
4. Qozogʻiston Respublikasining “Sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga qoʻyiladigan sanitariya-epidemiologik talablar” sanitariya qoidalari
5. Rospotrebnadzorning “Yangi koronavirus infeksiyasining tarqalishining oldini olish uchun yoʻlovchilarni tashishda transport vositalarini profilaktika va dezinfeksiyalash boʻyicha tavsiyalar”i.
6. Rospotrebnadzorning “Savdo tashkilotlarida yangi koronavirus infeksiyasining (COVID-19) tarqalishining oldini olish uchun profilaktika va dezinfeksiya choralari boʻyicha tavsiyalar”i.
7. SanQvaM 0289-10 “Qurilish materiallarini ishlab chiqarish va qurilish ishlarini tashkil etishda gigiyenik talablar”.
8. SanQvaM 0301-12 “Goʻshtni qayta ishlash korxonalariga qoʻyiladigan gigiyenik talablar”.
9. SanQvaM 0308-14 “Oziq-ovqat bozorlarini tashkil etish, tuzilishi va foydalanishda gigiyenik talablar”.
10. SanQvaM 0309-14 “Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun sanitar-gigiyenik talablar”.
11. SanQvaM 0337-16 “Dorixonalarni tuzish, uskunasi va foydalanishda sanitariya qoida va meʼyorlari”.
12. Rospotrebnadzorning 21.04.2020-yil 02/7500-2020-24-son xati 1-ilovasi “Yangi koronavirus infeksiyasi (COVID-19) olib kirish va tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida goʻzallik salonlari va sartaroshxonalar ishini tashkil etish boʻyicha tavsiyalar”.
13. Rospotrebnadzorning 21.04.2020-yil 02/7500-2020-24-son xati 2-ilovasi “Yangi koronavirus infeksiyasi (COVID-19) olib kirish va tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida kir yuvish va kimyoviy tozalash ishini tashkil etish boʻyicha tavsiyalar”.
14. Rospotrebnadzorning 21.04.2020-yil 02/7500-2020-24-son xati 3-ilovasi “Yangi koronavirus infeksiyasi (COVID-19) olib kirish va tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida atelye ishini tashkil etish boʻyicha tavsiyalar”.
15. Rospotrebnadzorning 21.04.2020-yil 02/7500-2020-24-son xati 4-ilovasi “Yangi koronavirus infeksiyasi (COVID-19) olib kirish va tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish korxonalari ishini tashkil etish boʻyicha tavsiyalar”.
16. Rospotrebnadzorning 21.04.2020-yil 02/7500-2020-24-son xati 5-ilovasi “Yangi koronavirus infeksiyasi (COVID-19) olib kirish va tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida oziq-ovqat boʻlmagan tovar doʻkonlari ishini tashkil etish boʻyicha tavsiyalar”.
17. Rospotrebnadzorning 21.04.2020-yil 02/7500-2020-24-son xati 6-ilovasi “Yangi koronavirus infeksiyasi (COVID-19) olib kirish va tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida yoʻlovchi tashish uchun avtotransport vositalariga profilaktik tadbirlar va dezinfeksiyani oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar”.
18. Rospotrebnadzorning 14.02.2020-yil 02/2230-2020-32-son xati “Umumiy ovqatlanish va taʼlim muassasalari oziq-ovqat bloklarida profilaktik va dezinfeksiya tadbirlarini oʻtkazish”.
19. Rospotrebnadzorning 21.04.2020-yil 02/7495-2020-32-son xati “Savdo tashkilotlarida yangi koronavirus infeksiyasi (COVID-19) olib kirish va tarqalishini oldini olishdagi profilaktik va dezinfeksiya tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar”.
20. Rospotrebnadzorning 20.04.2020-yil 02/7376-2020-24-son xati 6-ilovasi “COVID-19 tarqalish xavf ehtimoli sharoitida korxonalar ishini tashkil etish boʻyicha tavsiyalar”.
