“763-modda. Omonatga toʻlanadigan foizlar va (yoki) boshqa daromadlar”;
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1126-son) · Sana: 27.03.2026 · Amalda
birinchi qismi “miqdorda foizlar” degan soʻzlardan keyin “va (yoki) boshqa daromadlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
uchinchi qismi “toʻlanadigan foizlar” degan soʻzlardan keyin “va (yoki) boshqa daromadlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bank foizlar va (yoki) boshqa daromadlar miqdorini kamaytirgan taqdirda, ularning yangi miqdori ular kamaytirilganligi haqida omonatchilarga xabar berilganidan keyin qoʻyilgan omonatlarga nisbatan qoʻllaniladi. Agar bank omonati shartnomasida boshqa muddat nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu xabarga qadar qoʻyilgan omonatlarga nisbatan kamaytirilgan foizlar va (yoki) boshqa daromadlar miqdori tegishli xabar berilgan paytdan bir oy oʻtganidan keyin qoʻllaniladi”;
beshinchi qismi “belgilangan foizlar” degan soʻzlardan keyin “va (yoki) boshqa daromadlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
5) 859-moddaning birinchi qismi “ishonchli boshqaruvchi foyda oluvchiga” degan soʻzlardan keyin “qonunchilikda boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi 216-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 5-noyabrda qabul qilingan OʻRQ-580-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 11, 788-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2023-yil, № 4, 267-modda, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 105, 111-moddalar, № 9, 965-modda; 2025-yil, № 2, 189, 194-moddalar, № 4, 520-modda, № 6, 730-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 3-modda:
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bank — bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish, toʻlovlarni amalga oshirish, omonatlarga (depozitlarga) pul mablagʻlarini jalb etish, oʻz nomidan kreditlar (qarzlar) berish boʻyicha bank faoliyati sifatida aniqlangan operatsiyalar majmuini amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti boʻlgan yuridik shaxs. Agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu Qonunning banklarga nisbatan belgilangan qoidalari islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklarga nisbatan ham tatbiq etiladi”;
