“755-modda. Mikromoliya banki faoliyatini yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga oʻzgartirish”;
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1126-son) · Sana: 27.03.2026 · Amalda
birinchi qismi “Mikromoliya banki faoliyatini” degan soʻzlardan keyin “yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mikromoliya banki faoliyatini yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga oʻzgartirish uchun ariza beruvchi mikromoliya banki faoliyatini yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida Markaziy bankka “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 20-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etadi.
Mikromoliya banki faoliyatini yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga oʻzgartirish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikda nobank kredit tashkilotlarini hisob roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi”;
toʻrtinchi qismi “mikromoliya banki faoliyatini” degan soʻzlardan keyin “yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mikromoliya banki mikromoliya bankining faoliyatini yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki islomiy mikromoliya bankining faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga oʻzgartirishga rozilik berish toʻgʻrisidagi Markaziy bankning qarori asosida roʻyxatdan oʻtish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan hujjatlarni davlat xizmatlari markaziga taqdim etadi”;
sakkizinchi qismi “Mikromoliya banki faoliyatini” degan soʻzlardan keyin “yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
37) 77-modda:
birinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“agar bank litsenziyani olganidan keyin oʻn ikki oy ichida bank faoliyatini va (yoki) islomiy bank faoliyatini amalga oshirishni boshlamagan, bu faoliyatdan toʻgʻridan-toʻgʻri voz kechgan yoki moliyaviy operatsiyalarni, shu jumladan islomiy moliya operatsiyalarini uch oydan ortiqroq muddat davomida amalga oshirmagan boʻlsa”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Bank faoliyatiga doir tegishli litsenziyaga (litsenziyalarga) ega boʻlgan bankdan:
islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya chaqirib olinsa, bank oʻz faoliyatini bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya asosida davom ettiradi;
bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaning chaqirib olinishi bankning islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasining ham chaqirib olinishiga olib keladi, bundan bankni faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bankka oʻzgartirish natijasida Markaziy bank tomonidan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaning chaqirib olinishi holati mustasno”;
toʻrtinchi — yettinchi qismlari tegishincha beshinchi — sakkizinchi qismlar deb hisoblansin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-oktabrda qabul qilingan “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-301-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 10, 271-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda; 2020-yil, № 1, 1, 3-moddalar; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 4, 340-modda; 2024-yil, № 2, 105-modda; 2025-yil, № 3, 369-modda) 8-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“kredit byurosi binosida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq qulay shart-sharoitlar yaratilganligi boʻyicha Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining xulosasi”.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda, № 12, 690, 691-moddalar; 2021-yil, № 1, 6-modda, № 4, 294-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 9, 901-modda, № 10, 968, 969, 972, 973-moddalar, № 12, 1199-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 5, 461, 464, 467-moddalar, № 6, 570-modda, № 7, 664, 666-moddalar, № 12, 1190-modda; 2023-yil, № 6, 444, 446-moddalar, № 7, 540-modda, № 12, 1011-modda; 2024-yil, № 2, 106, 110, 111-moddalar, № 4, 346-modda, № 5, 458, 459-moddalar, № 8, 822, 831-moddalar, № 9, 958-modda, № 10, 1076-modda, № 11, 1190-modda, № 12, 1283, 1284, 1296, 1297-moddalar; 2025-yil, № 2, 188, 194-moddalar, № 4, 519, 520, 521, 522-moddalar, № 5, 644, 645-moddalar, № 6, 729, 731-moddalar, № 8, 971-modda, № 10, 1153-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 18-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 5-band bilan toʻldirilsin:
“5) islomiy moliya operatsiyalariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari”;
2) 41-moddaning:
toʻrtinchi qismi “fermer xoʻjaligi boshligʻiga” degan soʻzlardan keyin “shuningdek bank va mikromoliya tashkilotlaridagi islomiy qimmatli qogʻozlarga (sertifikatlarga) ega boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
beshinchi qismi “daromad (uni rasmiylashtirish usulidan qatʼi nazar)” degan soʻzlardan keyin “islomiy moliya faoliyatidan olingan daromad” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 49-moddaning ikkinchi qismi “forvard kontraktlari” degan soʻzlardan keyin “hamda islomiy qimmatli qogʻozlar (sertifikatlar)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) 54-modda:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
“31) islomiy moliya faoliyati doirasida banklar va mikromoliya tashkilotlari bilan islomiy moliya standartlariga muvofiq tuzilgan moliyaviy ijara (islomiy ijara) shartnomasining muddati tugagach, ijarachi moliyaviy ijara obyektini mulk huquqini oʻtkazish boʻyicha alohida shartnoma va unda belgilanadigan shartlar asosida qabul qilib olish huquqiga ega boʻlsa”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Soliq solish maqsadida islomiy moliya faoliyati doirasida banklar va mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliya standartlariga muvofiq tuzilgan moliyaviy ijara (islomiy ijara) shartnomalariga ham moliyaviy ijara va lizing shartnomalari sifatida qaraladi hamda ularga nisbatan ushbu Kodeks qoidalari qoʻllaniladi”;
5) 60-modda:
quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“islomiy moliya faoliyati — qonunchilikda belgilangan tartibda, islomiy moliya standartlari asosida banklar va mikromoliya tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat;
islomiy moliya operatsiyalari — qonunchilikka muvofiq islomiy moliya standartlari asosida banklar va mikromoliya tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar”;
6) 77-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 7-band bilan toʻldirilsin:
“7) buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq islomiy moliya faoliyatidan va islomiy qimmatli qogʻozlardan olingan daromadlarning alohida hisobini yuritish tartibi”;
7) 297-modda:
sakkizinchi qismi “bundan ushbu moddaning toʻqqizinchi qismida koʻrsatilgan hol mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Kredit tashkilotlari tomonidan olingan daromadlarni eʼtirof etish sanasi Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va (yoki) buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq hisobga olinadi”;
toʻqqizinchi — oʻn ikkinchi qismlari tegishincha oʻninchi — oʻn uchinchi qismlar deb hisoblansin;
8) 410-moddaning uchinchi qismi “bundan ushbu Kodeksning 4806-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
9) 461-modda ikkinchi qismining 6-bandi “bundan islomiy moliya operatsiyalari boʻyicha banklar va mikromoliya tashkilotlari bilan tuzilgan oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshirilayotgan faoliyat mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
10) XXI boʻlim quyidagi mazmundagi 712-bob bilan toʻldirilsin:
