“752-modda. Mikromoliya tashkiloti faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1126-son) · Sana: 27.03.2026 · Amalda
Mikromoliya tashkiloti faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirish orqali mikromoliya bankini tashkil etish banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan bank faoliyatiga ruxsat berish shartlariga muvofiq amalga oshiriladi”;
ikkinchi qismi “mikromoliya banki faoliyatiga” degan soʻzlardan keyin “yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Mikromoliya tashkiloti oʻz faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirishi uchun uning oʻz faoliyatidagi islomiy moliya standartlariga muvofiq boʻlmagan aktivlar va majburiyatlardan xalos boʻlishi talab etiladi”;
uchinchi — toʻqqizinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi — oʻninchi qismlar deb hisoblansin;
toʻrtinchi qismi:
ikkinchi xatboshisi “mikromoliya banki faoliyatiga” degan soʻzlardan keyin “yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ariza mikromoliya tashkiloti faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirish uchun taqdim etilgan taqdirda, qoʻshimcha ravishda ushbu Qonun 16-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarni”;
toʻrtinchi xatboshisi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
beshinchi qismidagi “beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlarni” degan soʻzlar “yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismi “mikromoliya banki faoliyatiga” degan soʻzlardan keyin “yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
