4806-modda. Islomiy moliya operatsiyalari doirasida boshqa soliqlar solish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1126-son) · Sana: 27.03.2026 · Amalda
Jismoniy shaxslarning islomiy moliya faoliyati bilan shugʻullanuvchi bank va mikromoliya tashkilotlariga vositachilik (topshiriq), ishonchli boshqaruv yoki sherikchilik asosida mablagʻ taqdim etish toʻgʻrisidagi shartnomalarga muvofiq olingan daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinmaydi.
Islomiy moliya faoliyati doirasida koʻchmas mulklarni moliyaviy ijaraga (islomiy ijaraga) beruvchi banklar va mikromoliya tashkilotlari mol-mulk soligʻi toʻlovchilari deb eʼtirof etiladi.
Islomiy moliya faoliyati doirasida moliyaviy ijara (islomiy ijara) shartnomasiga muvofiq moliyaviy ijaraga (islomiy ijaraga) berilgan (olingan) koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha ijaraga beruvchi banklar va mikromoliya tashkilotlari yer soligʻi toʻlovchisi deb eʼtirof etiladi”.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214, 216-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 463, 464, 467-moddalar, № 12, 1186-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 186-modda, № 4, 265, 269-moddalar, № 6, 444, 445-moddalar, № 7, 538-modda, № 9, 710-modda; 2024-yil, № 1, 5, 6, 7-moddalar, № 2, 101, 105, 107, 108, 111, 112-moddalar, № 7, 628-modda, № 8, 819, 823, 831-moddalar, № 9, 958-modda, № 10, 1076, 1079-moddalar, № 11, 1191-modda, № 12, 1279, 1280, 1285-moddalar; 2025-yil, № 1, 4, 6-moddalar, № 2, 188, 189, 195, 197-moddalar, № 4, 519, 520-moddalar, № 5, 648-modda, № 7, 828-modda, № 8, 968, 970-moddalar, № 10, 1153-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 11-modda quyidagi mazmundagi 20-band bilan toʻldirilsin:
“20) shaxslar — islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank yoki islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar koʻrsatuvchi mikromoliya tashkiloti mol-mulkni kelgusida islomiy moliya standartlari asosida mijozga realizatsiya qilish uchun mulk huquqi asosida oʻz nomiga oʻtkazganda”;
