«Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qayta koʻrib chiqish haqida (1792-V-son)
17.02.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 8-iyulda qabul qilingan, 2025-yil 1-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan maʼqullangan va 2026-yil 9-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qayta koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining bundan buyongi koʻrib chiqishidan olib tashlansin.
2. Ushbu Qaror maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 17-fevral,
1792-V-son
