QL-161, QL-181 va QL-182-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida (1773-V-son)
10.02.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Ikkinchi oʻqishda qabul qilingan «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruzani eshitish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish haqida»gi QL-161-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida»gi QL-181-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi hamda «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga parlament nazorati faoliyati asoslarini yanada mustahkamlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi QL-182-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga parlament nazorati faoliyati asoslarini yanada mustahkamlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida» degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 10-fevral,
1773-V-son
