«Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida»gi QL-181-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (1769-V-son)
10.02.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari D. Kamalova, G. Xudoyarova, Z. Mavlonov, Z. Akramova va A. Aminova tomonidan 2026-yil 29-yanvarda kiritilgan «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida»gi QL-181-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazsin va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 10-fevral,
1769-V-son
