“862-modda. Atrof-muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasidan foydalanish talablarini buzish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga atrof-muhit, hayvonot va oʻsimlik dunyosining muhofazasini kuchaytirishga, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1124-son) · Sana: 25.03.2026 · Amalda
Avtomatik monitoring stansiyalarini, shuningdek chang-gaz tozalash qurilmalarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaslik, Atrof-muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga avtomatik monitoring stansiyalarini integratsiya qilmaslik, ushbu bazaga maʼlumotlarni kiritmaslik, oʻz vaqtida yoki toʻliq kiritmaslik, notoʻgʻri maʼlumotlarni kiritish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
16) 87-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
17) 88-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
