M.M. Xolmuxamedovni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasining aʼzosi lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida (1815-V-son)
24.02.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2026-yil 17-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati M. Xolmuxamedovning vakolatini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida”gi 1461-sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Xolmuxamedov Muxsinjon Murodullayevich (35-Samarqand viloyati saylov okrugi) deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasining aʼzosi lavozimidan ozod etilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 24-fevral,
1815-V-son
