Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining 2025-yilda mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati toʻgʻrisidagi axborotida berilgan taklif va tavsiyalarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash haqida (1732-V-son)
02.02.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qoʻshma qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining 2025-yilda mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati toʻgʻrisidagi axborotida berilgan taklif va tavsiyalarning samarali amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining 2025-yilda mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining 2025-yilda mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati toʻgʻrisidagi axborotida berilgan taklif va tavsiyalarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi (bundan buyon matnda chora-tadbirlar rejasi deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan vazifalar uchun masʼul boʻlgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar tegishli vazifalarning ijrosi yuzasidan belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudiga axborot kiritib borsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻmitalari oʻz faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiqib, chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning ularga masʼul boʻlgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilishi holatini oʻrganib borsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Nazorat-tahlil boʻlimi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi kotibiyati chora-tadbirlar rejasining bajarilishi yuzasidan har chorakda tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashiga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashiga tahliliy axborot kiritib borsin.
6. Ushbu Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. Xakimov zimmasiga yuklatilsin.
7. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 2-fevral,
1732-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2026-yil 2-fevral,
KQ-306-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 2-fevraldagi 1732-V/KQ-306-V-sonli Qoʻshma qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining 2025-yilda mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati toʻgʻrisidagi axborotida berilgan taklif va tavsiyalarni amalga oshirish boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR REJASI
