Mahalla tizimidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish hamda joylarda ishlarni samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida (1859-V-son)
16.03.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining
qoʻshma qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti raisligida mahalla tizimidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish hamda joylarda ishlarni samarali tashkil etish yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida bildirilgan taklif va tavsiyalardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. 2026 — 2028-yillar davomida mahallalarda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, yaqin qarindoshlar va voyaga yetmaganlar oʻrtasidagi nikoh, oilaviy ajrim va jinoyatchilik kabi salbiy holatlarning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari:
2026 — 2028-yillar davomida mahallalarda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, yaqin qarindoshlar va voyaga yetmaganlar oʻrtasidagi nikoh, oilaviy ajrim va jinoyatchilik kabi salbiy holatlarning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar dasturida belgilangan topshiriqlar ijrosi ustidan parlament nazoratini amalga oshirsin;
mahalla tizimida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish choralarini koʻrsin va bu boradagi targʻibot-tashviqot tadbirlarida faol ishtirok etsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzolari joylarda aholi oʻrtasida “Soliqlar — mahalla taraqqiyoti garovi” mavzusida targʻibot-tashviqot ishlarini olib borsin.
4. Mazkur Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari M. Xodjayeva zimmasiga yuklatilsin.
5. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 16-mart,
1859-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2026-yil 16-mart,
KQ-326-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 16-martdagi 1859-V/KQ-326-V-son Qoʻshma qaroriga ILOVA
2026 — 2028-yillar davomida mahallalarda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, yaqin qarindoshlar va voyaga yetmaganlar oʻrtasidagi nikoh, oilaviy ajrim va jinoyatchilik kabi salbiy holatlarning oldini olish boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
T/rUstuvor vazifalarAmalga oshirish mexanizmiAmalga oshirish shakliBajarish muddatiIjro uchun masʼullar1.Mahallalarda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, toʻy-maʼrakalarni ixcham oʻtkazish boʻyicha tushuntirish ishlarini tizimli olib borish hamda ushbu masalalarga keng jamoatchilik eʼtiborini kuchaytirish.Mahallalarda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan oʻquv-metodik targʻibot materiallarini tayyorlash va ularni aholiga yetkazish ishlarini tashkillashtirish.Oʻquv-metodik materiallar2026-yil davomidaOila va xotin-qizlar qoʻmitasi,“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti,Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,Din ishlari boʻyicha qoʻmita,“Nuroniy” jamgʻarmasi1. Mahallalarda toʻy-marosimlarni ixcham va tartibli oʻtkazish boʻyicha turkum ochiq muloqotlar va davra suhbatlari oʻtkazish.Turkum tadbirlar2026 — 2028-yillar davomidaOʻzbekiston musulmonlari idorasi,Din ishlari boʻyicha qoʻmita,Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,“Nuroniy” jamgʻarmasi2. Ommaviy axborot vositalarida, xususan, ijtimoiy tarmoqlarda ushbu mavzu boʻyicha ijtimoiy roliklar tayyorlash.Ijtimoiy roliklarIxcham toʻy qilgan, ortiqcha mablagʻni taʼlim, rivojlanishga sarflangan qahramonlar hayoti haqida koʻrsatuvlar loyihalarini yaratish.Koʻrsatuvlar loyihalari2026 — 2028-yillar davomidaRespublika Maʼnaviyat va maʼrifat markaziToʻylarda milliy qadriyatlarimizga zid boʻlgan va bugungi kunda anʼanaga aylanayotgan moddiy yuklamalar va ularning salbiy oqibatlari aks ettirilgan ijtimoiy videoroliklar tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida namoyish etish.Ijtimoiy videoroliklar2026-yil davomidaRespublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,Madaniyat vazirligi,Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,Din ishlari boʻyicha qoʻmita,Oʻzbekiston mahallalari uyushmasiOliy taʼlim muassasalarida oilaning muqaddasligi, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni ixcham va tartibli oʻtkazish boʻyicha turli uchrashuvlar, tadbirlar, davra suhbatlari hamda ochiq darslar oʻtkazish.Targʻibot tadbirlari2026 — 2028-yillar davomidaOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,Yoshlar ishlari agentligiHar bir tumanda (shaharda) bittadan namunali ixcham toʻy marosimini tashkil etish.Namunali toʻy marosimlari2026 — 2028-yillar davomidaRespublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari2.Yoshlarni oilaga tayyorlash hamda yosh oilalarda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga qaratilgan jamoatchilik kengashlari va psixologik maslahat kengashlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.1. Jamoatchilik kengashlari va psixologik maslahat kengashlarining tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish.2. Jamoatchilik kengashlari va psixologik maslahat kengashlarining faoliyati yuzasidan takliflar ishlab chiqish.Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar2026-yil martOila va xotin-qizlar qoʻmitasi,“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti,Adliya vazirligi,Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,Sogʻliqni saqlash vazirligi1. Oila va xotin-qizlar maskanlarida nikohlanuvchi shaxslarni oilaviy hayotga tayyorlash boʻyicha alohida reja-jadval asosida oʻquv kurslari tashkil etish.Bunda oila huquqi, oila psixologiyasi, reproduktiv salomatlik, oila budjeti, ota-onalik ijobiy koʻnikmalari va maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar boʻyicha dasturlarni takomillashtirish hamda ulardan oʻquv kurslarida foydalanish nazarda tutiladi.2. Nikohlanuvchi fuqarolarni Oila va xotin-qizlar maskanlariga jalb etish.3. Har bir tuman (shahar)da oʻquv kurslari yakunlari boʻyicha sertifikat berish.Amaliy chora-tadbirlar2026 — 2028-yillar davomidaOila va xotin-qizlar qoʻmitasi,“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti,Adliya vazirligi,Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,Sogʻliqni saqlash vazirligi3.Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga qaratilgan maxsus targʻibot roliklari va filmlar yaratish hamda muntazam namoyish etib borish.1. Mahallalarda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, shu bilan birga, yaqin qarindoshlar va voyaga yetmaganlar oʻrtasidagi nikoh, oilaviy ajrim va jinoyatchilik kabi salbiy holatlar hamda ularning oqibatlari toʻgʻrisida sinopsis tayyorlash.Sinopsis asosida tele va radiokanallar, ijtimoiy tarmoqlarda koʻrsatuv, lavha, eshittirish va ijtimoiy roliklarni berib borish.2. Yaqin qarindoshlar va voyaga yetmaganlar oʻrtasidagi nikoh, oilaviy ajrim va jinoyatchilik kabi salbiy holatlar yuqori boʻlgan mahallalarni aniqlash. Metodik targʻibot materiallari2026 — 2028-yillar davomidaRespublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,Kinematografiya agentligi,Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,Adliya vazirligi,Ichki ishlar vazirligi,Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi3. Salbiy holatlar koʻp uchraydigan mahallalarga bu boradagi ijobiy mahallalar tajribasini joriy etish choralarini koʻrish.2026-yil mayYoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, aholi orasida milliy birdamlik, tinchlik, shukronalik, oʻzaro mehr-oqibat va milliy qadriyatlarni targʻib etishga, salbiy illatlarning oldini olishga qaratilgan “Kinokarvon” loyihasini amalga oshirish.Bunda:chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish;loyiha doirasida namoyish etiladigan kinolar roʻyxatini shakllantirish;mahallalarda kinolar namoyishlarini oʻtkazish nazarda tutiladi.Targʻibot tadbirlari2026 — 2028-yillar davomidaKinematografiya agentligi,Madaniyat vazirligi,Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,Yoshlar ishlari agentligiYoshlar oʻrtasida giyohvandlik va psixotrop moddalar aylanishining oldini olish, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashishga qaratilgan media kontentlar (qisqa metrajli serial, koʻrsatuv, qisqa rolik, podkast, intervyu, tok-shou, infografika, oʻquv qoʻllanma va boshqa) ishlab chiqish.Media kontentlar2026 — 2028-yillar davomidaYoshlar ishlari agentligi,Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi,Din ishlari boʻyicha qoʻmita,Ichki ishlar vazirligi,Sogʻliqni saqlash vazirligi,Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi4.Mahallalarni oilaviy ajrimlar va jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish.1. “Yoshlar jinoyatchiligiga qarshi kurashish dekadasi”ning konsepsiyasi, nizomi va qoʻshma hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.Konsepsiya, nizom va qoʻshma hujjatlar loyihalari2026-yil martYoshlar ishlari agentligi,Ichki ishlar vazirligi,Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,Milliy gvardiya,Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari2. Mahallalarda yoshlar oʻrtasidagi jinoyatchilikni barvaqt profilaktika qilish hamda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida samarali targʻibotlarni olib borishga qaratilgan “Yoshlar jinoyatchiligiga qarshi kurashish dekadasi” targʻibot loyihasini oʻtkazish.Targʻibot tadbirlari2026-yil har chorakda bir marotabaOila va xotin-qizlar maskanlarida nikohdan ajralishga ariza bergan oilalarga huquqiy psixologik xizmatlar koʻrsatish tizimini tashkil etish.Amaliy chora-tadbirlar2026 — 2028-yillar davomidaOila va xotin-qizlar qoʻmitasi,Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,Adliya vazirligi,Ichki ishlar vazirligi1. Yoshlar oʻrtasida oilaga tayyorlash, sogʻlom turmush tarzi, taʼlim, ish bilan taʼminlash kabi masalalarda soʻrovnomalar oʻtkazish.2. Soʻrovnomalar natijalari asosida statistik va tahliliy hisobotlar tayyorlash, tegishli tavsiyalarni ishlab chiqish.Soʻrovnomalar2026-yil iyul — dekabrYoshlar ishlari agentligi,Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi5.Mahallalardagi oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi faoliyatini samarali tashkil etish choralarini koʻrish.1. Mahallalardagi oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi aʼzolari uchun oʻquv-seminarlar tashkil etish.Oʻquv-seminarlar2026-yil iyul — dekabrOʻzbekiston mahallalari uyushmasi,Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi2. Komissiya faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida tegishli hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga yuborish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2027-yil mart6.Giyohvandlik va psixotrop dori vositalariga qarshi targʻibot tadbirlarini amalga oshirish.Maʼnaviy muhitni yaxshilash, giyohvandlik va psixotrop tahdidlarga nisbatan gʻoyaviy immunitetni shakllantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.Bunda alohida reja-jadval asosida hududlarda mahalliy yozuvchi, shoir, madaniyat xodimlari ishtirokida aholi va yoshlar oʻrtasida uchrashuvlar oʻtkazish nazarda tutiladi.Amaliy chora-tadbirlar2026-yil mart — oktabrRespublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,Madaniyat vazirligi,Sogʻliqni saqlash vazirligi,Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi,Ichki ishlar vazirligi,Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasiYoshlar oʻrtasida giyohvandlikka qarshi kurashish maqsadida “Yoshlar front ofisi” loyihasini amalga oshirish.Targʻibot tadbirlari2026-yil iyul — dekabrYoshlar ishlari agentligi,Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi,Ichki ishlar vazirligi,Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiGiyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlantiruvchi “Mahalla — oilaviy poliklinika — taʼlim muassasasi” tamoyili asosida profilaktik ishlarni amalga oshirish.Bunda haftalik (oylik) profilaktik tadbirlar jadvali asosida maktab oʻquvchilari ishtirokida davra suhbatlari oʻtkazish, tarqatma materiallar tayyorlash hamda seminar, trening, viktorina, interaktiv mashgʻulotlar tashkil etish nazarda tutiladi.Amaliy chora-tadbirlar2026 — 2028-yillar davomidaOʻzbekiston mahallalari uyushmasi,Sogʻliqni saqlash vazirligi,Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi7.Amaldagi qonunchilikka giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasi uchun javobgarlikni yanada kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish.1. Amaldagi qonunchilikni tahlil qilish, xalqaro tajriba va BMT konvensiyalari talablarini oʻrganish.2. Giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar noqonuniy muomalasi uchun belgilangan javobgarlik choralarining samaradorligini baholash.3. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2026-yil iyul — dekabrNarkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi,Ichki ishlar vazirligi,Adliya vazirligi8.Ajrimlar oqibatida taraflarning, ayniqsa, ular farzandlarining ogʻir moddiy ahvolga tushib qolishining oldini olishga qaratilgan mexanizm — nikoh shartnomasi tuzishni keng targʻib qilish.Ajrimlar oqibatida taraflar, ayniqsa, farzandlarning ogʻir moddiy ahvolga tushib qolishining oldini olish maqsadida nikoh shartnomasi tuzishning ahamiyatini keng targʻib qilishga qaratilgan media materiallar tayyorlash hamda targʻibot oʻtkazish boʻyicha reja-jadval ishlab chiqish.Bunda “Nikoh shartnomasining afzalliklari va ahamiyati”, “Oilada masʼuliyat va majburiyat”, “Er-xotin mulkiy huquqlarining huquqiy kafolatlari”, “Nikoh shartnomasida farzandlar manfaatlarini himoya qilish mexanizmlari” kabi mavzularga alohida eʼtibor qaratiladi.Amaliy chora-tadbirlar2026 — 2028-yillarda(har yilda alohida reja-jadval tasdiqlanadi)Adliya vazirligi,Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi9.Oilaviy nizolarni sudgacha hal etish va nikohdan ajralish jarayonida mediatsiyani qoʻllash tizimini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tuzish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2026-yil iyulAdliya vazirligi,Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,Oliy sud,Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi2. Ishchi guruh tomonidan mediatorlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.Loyihada sud va FHDY organlariga ariza berilganda professional mediatorlar xizmatidan foydalanish, mediatorlar tomonidan oila yarashtirilsa nikohdan ajratish haqidagi daʼvo arizasi kiritilganda toʻlangan davlat bojining 50 foizini mediatorga qaytarish tizimini belgilash nazarda tutiladi.2026-yil dekabr10.“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilish holatini Navoiy va Buxoro viloyatlari misolida nazorat-tahlil tartibida oʻrganish.1. Nazorat-tahlil tadbirida fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan mahallalarda oilaviy ajrimlarni kamaytirish, noqonuniy nikohning oldini olish, toʻy-maʼrakalarni ixcham oʻtkazish va jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish kabi masalalarda jamoatchilik nazorati amalga oshirilishi holatiga eʼtibor qaratiladi.2. Nazorat-tahlil tadbiri yakunlariga bagʻishlangan qoʻmita majlisini hududning oʻzida oʻtkazish.Nazorat-tahlil tadbiri2026-yil may-iyunOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi11.Madaniyat va sport maskanlarida aholi, ayniqsa, yoshlarning qamrovi darajasi va buning uchun zarur infratuzilmaning yaratilganligi holatini Sirdaryo viloyati misolida nazorat-tahlil tartibida oʻrganish.1. Nazorat-tahlil tadbirini oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tuzish.2. Tegishli masala yuzasidan mutasaddi tashkilotlardan maʼlumot olish hamda nazorat-tahlil tadbirini tashkil etish.3. Oʻrganish yakunlari asosida mutasaddi tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar tayyorlash.4. Nazorat-tahlil tadbiri yakunlarini qoʻmita majlisida koʻrib chiqish.Nazorat-tahlil tadbiri2026-yil iyunOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi12.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit va mavjud vaziyatni oʻrganish boʻyicha aholi oʻrtasida sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazish hamda ularning natijalari yuzasidan aniq vazifalarni belgilash.1. Respublika, hududiy va tuman (shahar) ishchi guruhlarining tarkiblarini tasdiqlash.2. Respublika ishchi guruhiga aʼzo boʻlgan vazirlik va idoralarning 14 nafar rahbar xodimlarini hududlarga biriktirish.Amaliy chora-tadbirlar2026-yil aprelRespublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,Yoshlar ishlari agentligi,Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi3. Tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy-amaliy, madaniy-maʼrifiy hamda targʻibot-tashviqot dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.2027-2028-yillar
