“Veterinariya dori vositalarini ishlab chiqarish uchun moʻljallangan import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan xom ashyolar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida (2502-1-son)
19.03.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining
qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 19-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2502-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 7-avgustdagi 7/9, 39, 73, 10 va 01-02/8-25-son “Veterinariya dori vositalarini ishlab chiqarish uchun moʻljallangan import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan xom ashyolar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2502, 2013-yil 22-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 34-son, 464-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Qishloq xoʻjaligi vaziri I. ABDURAXMONOV
Toshkent sh.,
2026-yil 4-mart,
45-son
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2026-yil 3-mart,
335-son
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L. KUDRATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 18-fevral,
01-21-4-1240-son
