Davlat aksiyalar paketi (ulushlari)ni ishonchli boshqaruvga berish boʻyicha tanlovlar oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash haqida (1410-son)
16.09.2004
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOSHQARISH VA TADBIRKORLIKNI QOʻLLAB-QUVVATLASH DAVLAT QOʻMITASI
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 16-sentabrda 1410-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-avgustdagi 361-sonli, 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli, 2004-yil 25-iyundagi 295-sonli qarorlariga muvofiq, shuningdek xoʻjalik jamiyatlarining ishonchli boshqaruvga beriladigan davlat ulushlaridan samarali foydalanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasi qaror kiladi:
1. Davlat aksiyalar paket (ulushlari)ni ishonchli boshqaruvga berish boʻyicha tanlovlar oʻtkazish qoidalari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining:
2001-yil 17-maydagi 01/06-4-sonli “Aksiyalar (paylar)ning davlat paketlarini ishonchli boshqaruvga topshirish boʻyicha tanlovlarni oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi (2001-yil 25-may, roʻyxat raqami 1034);
2002-yil 26-apreldagi IU-01/45-sonli “Aksiyalar (paylar)ning davlat paketlarini ishonchli boshqaruvga topshirish boʻyicha tanlovlarni oʻtkazish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi (2002-yil 26-aprel, roʻyxat raqami 1034-1);
2003-yil 20-maydagi 01/06-01-2-sonli “Aksiyalar (paylar)ning davlat paketlarini ishonchli boshqaruvga topshirish boʻyicha tanlovlarni oʻtkazish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi (2003-yil 20-may, roʻyxat raqami 1034-2) qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi.Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan paytdan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiritiladi.
Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi M. ASQAROV
Toshkent sh.,
2004-yil 3-sentabr,
01/18-48-son
