Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan orfan dori vositalari hamda kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashxis qoʻyish va ularni davolash uchun moʻljallangan tibbiy buyumlar roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (3258-5-son)
12.03.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 12-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3258-5]
Oʻzbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 8-iyundagi 122-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3258, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3258/1057-son) bilan tasdiqlangan Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan orfan dori vositalari hamda kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashxis qoʻyish va ularni davolash uchun moʻljallangan tibbiy buyumlar roʻyxati ilovaga muvofiq mazmundagi 176 — 180-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. XUDAYAROV
Toshkent sh.,
2026-yil 2-mart,
5-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 2-martdagi 5-son buyrugʻiga ILOVA
“176.DeflazakortDyushenn yoki Bekkerning progressirlovchi mushak distrofiyasi1. Dyushenning progressirlovchi mushak distrofiyasi (asosiy nom)2. Psevdogipertrofik mushak distrofiyasi3. Distrofinopatiya4. X-bogʻliq mushak distrofiyasi5. Ogʻir irsiy mushak distrofiyasi6. Yengil irsiy mushak distrofiyasiG71.0177.GlitserolfenilbutiratGlitserolfenilbutirat1. Argininemiya (asosiy nom)2. Argininosuksinaatsiduriya3. Sitrullinemiya4. Giperammonemiya5. Ornitinemiya (tip I, II)6. Giperammoniyemiya-giperornitinemiya-gomotsitrullinemiya7. Defitsit ornitin-transkarbamilaziE72.2 va E72.4178.Mikofenolat kislotaInson aʼzolari koʻchirib oʻtkazilgandan keyingi holatBuyrak va jigar transplantatsiya jarrohlik amaliyotini oʻtkazgan bemorlarZ94, Z94.0 va Z94.4179.VIII qonning ivish faktoriGemofiliya AGemofiliya AD66180.IX qonning ivish faktoriGemofiliya BGemofiliya BD67”.
